3-klass triangulyat
Rudalarning moddiy va miqdoriy tarkibi
Download 1 Mb.
|
jas jan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Muruntog’ oltin koni hududidagi geodezik tayanch tarmoq holatining tahlili.
Rudalarning moddiy va miqdoriy tarkibi
Konning rudalari o’z ichiga jilali va rudali minerallarni oladi. Jiladagi minerallardan asosiysi – kvarts bo’lib, u 90 – 95 % kvartsli jila, trojilka va metosematik o’zgargan tog’ jinslarida uchraydi. Rudali minerallar bu tabiiy sof oltin, perit, sheelit va sfemitlardan iborat. Oltin asosan kvarts bilan hamroh bo’lib, ba’zan sulfidlarda ham uchraydi. Kondagi oksidlanish zonasi 50 – 60 m chuqurlikgacha tarqalgan. Konning rudalari birlamchi va oksidlangan rudalar konning umumiy zahira balansining 20 % ni tashkil etadi. Birlamchi rudalar ikki xil: asosiy kvartsli va alevrolit, slanets, kvarts, va sulfid bilan minerologik tarkibi bo’yicha konning rudalari kamsulfidli formatsiyaga kiradi. Sulfidlarning miqdori 0,5 – 3,7 % ni tashli etadi. Oltin zarralarining o’lchami bo’yicha ikki xil ko’rinishga ega: ko’rinib turadigan va mayda zarrali. Zarralarning shakllari minerallardagi darzchalarning marfologiyasiga va zarra oralig’i fazosiga bog’liq bo’ladi. Oltinning asosiy aralshmalaridan biri bu – kumush bo’lib, ular o’zaro bog’liq holda uchraydi. Oltinning probasi 577 – 960 tashkil etadi. Konning geologik plani Qirqim А-А Qirqim В-В 2.2 Muruntog’ oltin koni hududidagi geodezik tayanch tarmoq holatining tahlili. Kon hududidagi asosiy geodezik topografik ishlar 1960 -1966 –yillarda amalga oshirilgan. 3, 4 -sinf triangulyatsiya va analitik tarmoqlar barpo etilgan, , va masshtabli topografik tasvirga olish ishlari bajarilgan. Barcha topografik ishlar 1963 –yilda qabul qilingan shartli koordinatalar sistemasida hisoblangan. 3 -sinf triangulyatsiya sakkizta ketma -ket joylashgan markaziy sistemadan iborat bo’lib, ikkinchi sinf triangulyatsiya punktlari ”Murun – Tomdi” va ”Sarmyu – Tenbay” bazasiga tayanadi. Hudud triangulyatsiya tarmog’iga oltita 2 -sinf triangulyatsiya punktlari kiritigan. 4 –sinf triangulyatsiya tarmog’i to’rtta alohida markaziy sistemani tashkil etadi, ulardan ikkitasi tutashtirilgan: biri – tayanch uchburchakka. Joylardagi gruntning xossasiga qarab 3 va 4 – sinf triangulyatsiya punktlari to’rt xil markazlar yordamida o’z o’rinlarida mustahkamlangan va betonli pilenlar va monolitlar o’rnatilgan. Markazlarning ko’rinishi chizmada keltirilgan. Vizirlash uchun geodezik piramidaga o’rnatilgan balandligi metr diametri metr bo’lgan, radial yo’naltirilgan silindrlardan foydalanilgan. Punktlarning atroflari to’rt tomonlama ariqchalar bilan ajratib qo’ygan. Gorizontal yo’nalish va zenit masofalar ”OT – 0,2” teodoliti yordamida kuzatilgan: 3 – sinf triangulyatsiya punktlarida pryom bilan, 4 – sinf punktlarida 6 – pryom bilan. Zenit masofa barcha punktlarda 4 ta pryomda ob’ektivning markaziy ipidan sanoq olish yo’li bilan o’lchangan. Punktlardagi markazga keltirish va reduksiya elementlari grafik usulda ikki marotabadan (kuzatish boshida va oxirida) markazlashtiruvchi varoqlarda aniqlanilagan. Gorizontal yo’nalishni o’lchash xatoliklari quyilmalardan oshgan emas: boshlang’ich predmetga kuzatishi boshida va oxirida sanoqlar ayirmasi - ; juft kollimotsiya qiymatining farqi - ; umumiy nolga keltirilgandan keyin yo’nalishlarda har bir pryomda olingan sanoqlar farqi - zenit masofasi va zenit o’rnining farqi - Triangulyatsiya tarmog’i shartli o’lchashlar asosida ikki guruhlik tenglash usulida o’zaro muvofiqlashtirilgan. 3 – sinf triangulyatsiya tarmog’i ikkita alohida sistemada ketma –ket tenglashtirilgan 4 –sinf triangulyatsiya punktlarning koordinatalari qat’iy usulda alohida sistemalar bilan 3 – sinf tarmog’i punktlari orasida tenglashtirilgan. 3 va 4 sinf triangulyatsiya tarmog’i xatoliklari quyidagilardan iborat:
Joylarda bajarilgan o’lchashlarning xatoliklari va punkt markazlarining o’rnatilishi yo’riqnoma talablariga to’liq javob beradi. Triangulyatsiya punktlarining balandliklarini tenglash ketma – ket yaqinlashish usulda amalga oshirilgan. Bunda tayanch punktlar sifatida ”Markaziy”, ”Razvedka”, ”Janubiy bazis”, ”Shimoliy bazis”, ”Aero”, ”Myutenbay”, ”Quyoshli”, ”Djomen -Djar”, ”G’arbiy chap”, ”Sharqiy chap”, ”Djomentau”, ”Razezd” punktlar orasidagi nisbiy balandlik bir tomonlama o’lchangan trigonometrik nivelirlash formulasidan hisoblangan. Bir tomonlama hisoblangan nisbiy balandliklarning tenglashdagi vazni, ikki tomonlama kuzatuvdan aniqlangan nisbiy balandlikning yarmiga teng qilib qabul qilingan. Bitta chiziq bo’yicha topilgan nisbiy balandliklarning ayirmasi 1,00 metrdan oshmagan (masofa 10, 00 km). Uchburchaklardagi balandlik bo’yicha xatolik 0,33 metrdan oshmagan va , formulasidan topilgan xatolikdan oshmagan. - 10 kilometrdan ortiq bo’lgan tomonlar kvadratining yig’indisi, 10 kilometrga keltirilgan holda. n – 10 kilometrda kichik bo’lgan tomonlar soni. Hudud bo’yicha punkt balandligining hisoblangan xatoligi (atrofdagi punktlarga nisbatan) - metr. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling