3-kurs (sirtqi) Matematika va informatika yo’nalishi Po’latov Temur Davlat tili


Download 191.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi191.23 Kb.
#1536011
Bog'liq
Po\'latov



3-kurs (sirtqi) Matematika va informatika yo’nalishi 
Po’latov Temur 
Davlat tili — muayyan 
mamlakatda
 
qonun
 chiqarish, ijroiya va sud 
hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan 
til
. Odatda, koʻp millatli 
mamlakatlarda, mas, 
Hindiston

Kanada

Shveysariyada
 qaysi til yoki tillar rasmiy 
ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan. Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy 
til bilan davlat tili aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til davlat 
tili maqomidan farqlanadi. Mas, Shveysariyada konstitutsiyaga binoan nemis, 
fransuz, italyan tillari — rasmiy til; 
nemis

fransuz
, italyan va retoroman tillari — 
D.t. sanaladi. 
Oʻzbekistonda
 shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish 
ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy hayotda qoʻllanilishi 
tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab 
berdi. Uning natijasi oʻlaroq "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi 
qonun qabul qilindi (1989-yil 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining 
rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning 
tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston 
Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan 
Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq 
tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni 
hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni 
bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq 
masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq 
Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni 
mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning 
koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. 
Natijada 1995-yil 22 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni 
yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida D.t. 
sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va b. qonunlar bilan 


belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun barcha fuqarolarga 
shart-sharoit yaratiladi hamda millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan 
munosabatda boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi. D.t.ni oʻqitish bepul 
amalga oshiriladi (4-modda). D.t.ga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat 
bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini 
erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun 
hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar (24-modda). Mamlakatda demokratik, 
baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, 
ularning til mustaqilligi va tengligi taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek 
tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga 
oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. 
Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish yoki 
shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab boʻladi. 

Download 191.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling