3-kurs smmt-81 guruh talabasi Salimov Dostonjon Bobojon o‘g‘lining
Navoiy viloyat moliya boshqarmasi
Download 251.43 Kb.
|
Salimov Doston SMMT-81 3-курс amaliyot
Navoiy viloyat moliya boshqarmasi
moliya organi rahbari: Ochilov Dilshod Murodullaevich ________ (ismi-sharifi) (imzo) (muhr o‘rni) 3-mavzu. Hududiy moliya organlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi «Mahalliy davlat xokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunida mahalliy davlat xokimiyat idoralarining moliyaviy faoliyati asoslari belgilab kuyilgan. Mazkur qonunning “Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosi” deb nomlangan 11-moddasida ta’kidlanganidek, viloyat, Shahar, shaharning moliyaviy resurslarini byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilgan subvetsiya va dotatsiyalar tashkil etadi. «Mahalliy davlat xokimiyati to‘g‘risida»gi qonunda viloyat, Shahar, shaxar xokimlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy faoliyat bu soxada mahalliy idoralarga berilgan vakolatlar va ularning xukukiy xolati belgilab kuyilgan. Mahalliy davlat idoralari tarkibidagi Moliya boshqarmalari va moliya bo‘limlarining xuquqiy xolatlari belgilangan tartibda ular to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizomlarga ko‘ra belgilanadi. Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjet tizimining ustuvor yo’nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2013 yil 26 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” O’RQ-360-son Qonuni qabul qilindi, hamda mazkur Qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvardan boshlab Byudjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, 2014 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi va “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonulari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan bo‘lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi, “Xorijdan mablag’ jalb qilish to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi "Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qarorlari. Mazkur har moliya yili boshlanishidan oldin qabul qilanadigan qarorlarda mamlakatizmiz byudjetining daromadlari va xarajatlari miqdori tasdiqlanadi. Jumladan, soliq stavkalari miqdori, ulardan tushumlar miqdori va harajatlar yo‘nalishi va miqdori tasdiqlanadi. Hududiy moliya organlari Moliya vazirligiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklariga hisobot beradi. Moliya vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Byudjet kodeksi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi. Moliya vazirligi o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari moddiy-texnik ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti (keyingi o‘rinlarda — Davlat byudjeti), O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Download 251.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling