3-laboratoriya ishi. Mavzu: Ikki tayanchli balkada ko’ndalang kuch va eguvchi momentlarni aniqlash
Download 1.05 Mb.
|
1 2
Bog'liq3-laboratoriya ishi
3-LABORATORIYA ISHI.Mavzu: Ikki tayanchli balkada ko’ndalang kuch va eguvchi momentlarni aniqlash.Ishdan maqsad: Ikki tayanchli balkadagi ko’ndalang kuch – Q va eguvchi moment – M larni tajriba yordami bilan aniqlash hamda nazariy ma’lumotlar bilan solishtirish. Tajriba: WP-960 qurilmasi yordamida bajariladi. Qurilmada Qy va Mx aniqlanadi. Materiallar qarshiligidagi kesish usulini (KOAM qoidasini) namoyishi. Balkadagi Qy- ko’ndalang kuchni aniqlash. Balkadagi Mx –eguvchi momentni aniqlash. 7.1-rasm. Mx –eguvchi moment tpyurasi. Balka uzunligi – 1000 mm
7.2-rasm. Mx –eguvchi moment tpyurasi. Balka uzunligi – 1000 mm Balka ko’ndalang kesimida hosil bo’luvchi ichki kuchlar. 7.2-rasm. M va Q-larni o’lchash uchun erkinlik darajasi ikkiga teng sharnir. a) Balkada hosil bo’ladigan Qy va Mx-larni to’g’ridan-to’g’ri o’lchash uchun tayanchlar oralig’ining L/3 qismida erkinlik darajasi 2 ga teng bo’lgan ishqalanishsiz ishlaydigan sharnir va 2 ta kuchni o’lchash asbobi o’rnatilgan. b) Kuchni o’lchash asbobini siljib ketmasligi va balkani gorizontal holatida ushlab turish uchun 2 ta pasangi rolikli podshipnikdan iborat tayanch. v) Qy =0, Mx =0, Nz ≠0 Normal kuch balkada paydo bo’luvchi boshqa kuchlarga bog’liq emas. Balkani kesim usulidan foydalanib 2 ga ajratamiz. Nz – normal kuch balkani cho’zilishida (siqilishida) hosil bo’ladi. Qy – balka kesimidagi urinma kuchlanishga mos keladi. Mx – normal kuchlanishga mos keladi. D.I.Juravskiy teoremasiga asosan . - bog’lanish o’rinli TAJRIBANI O’TKAZISH TARTIBI. Chizmada keltirilgan uskunani quyidagicha sozlang: WP-960 qurilmasi yordamida bajariladi. 7.3-rasm. WP-960 - Tayanchlar orasidagi masofani 800 mm qilib ularni eng pastki rama mahkamlang. - Balkaning markazini tayanchlar oralig’ining markazi bilan ustma-ust tushsin. - Balkani vintlar yordamida to’g’rilang (1). - Kuch o’lchagich uskunalardagi qiymatlarni aniqlang va belgilab qo’ying. - Yuk ilgichdan foydalanib 20 N yukni (2) balkaning markaziga (tayanchlardan 400 mm masofada) qo’ying. - Vintlardan foydalanib (1) yana balkani to’g’rilang. - Har ikki kuch o’lchagichlardagi qiymatlarni aniqlang va belgilab qo’ying. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling