3-laboratoriya ishi: Modda massasining saqlanish qonuniga oid tajribalar. Mis sulfidning eng sodda formulasini aniqlash


Download 126.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi126.56 Kb.
#1389292
  1   2
Bog'liq
03-laboratoriya



3-laboratoriya ishi:
Modda massasining saqlanish qonuniga oid tajribalar. 
Mis sulfidning eng sodda formulasini aniqlash 
Moddalar massasining saqlanish qonuni tasnifi 
Kimyoviy reaksiya tenglamasi uning miqdoriy tavsifi hisoblanadi. Kimyoviy 
reaksiya uchun elementlarning qancha atomi olingan bo’lsa, reaksiya natijasida 
hosil bo’lgan moddalar molekulasida o’shancha atom saqlanadi. Masalan, temir 
bilan oltingugurt atomlari orasida boradigan reaksiyani olib ko’raylik.:
Fe + S = FeS
56g 32g 88g
Mashhur ingliz kimyogari Robert Boyl og’zi ochiq retortada turli metallarni 
qizdirib, metal solingan retortani tajribadan oldin ham, qizdirib sovitilgandan keyin 
ham tarozida tortib ko’rdi va tajribadan keyin retorta-ning massasi ko’payib 
qolganini aniqladi. Olim “kimyoviy reaksiyalar natijasida moddalar massasi 
o’zgaradi” degan noto’g’ri xulosaga keldi. Oradan bir qancha vaqt o’tgach bu 
tajribani rus olimi M. V. Lomonosov takrorladi. U metalni og’zi kavsharlangan 
retortada qizdirdi. Retorta sovigandan keyin tortib ko’rilganda uning massasi 
qizdirishdan ol-dingi massasiga teng ekanligi aniqlandi. So’ngra retortaning uchini 
sindirib tajribani takrorlaganda tajribadan keyin uning massasi ortganligini kuzatdi. 
Bu tajriba tafsilotiga asoslanib M.V.Lomonosov “Tabiatda sodir bo’ladigan har 
qanday o’zgarishning mohiyati shundaki, biror jismdan qancha miqdor kamaysa, 
ikkinchi jismga shuncha miqdor qo’shiladi”. Demak, materiya biror joyda 
kamaysa, ikkinchi joyda ortadi degan muhim xulosaga keladi. Demak, shunday 
qilib, M.V.Lomonosov 1748 yilda modda massasining saqlanish qonunini kashf 
etdi. Oradan 41 yil o’tgach, mashhur fransuz olimi A.Lavuazye retortada 
metallarni qizdirish tajribasini mustaqil tarzda takrorlab metal qizdirganda hosil 
bo’lgan metal quyundisining massasi retorta ichidagi havo tarkibida bo’lgan 
kislorodning metal bilan birikishi hisobiga ortishini isbotladi va moddalar 
massasining saqlanish qonunini mustaqil kashf etdi. Kimyoviy reaksiyaga 
kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga hamma 
vaqt teng bo’ladi. Bu xulosa moddalar massasininig saqlanish qonuni deb 
yuritiladi. Bu qonun Lomonosov – Lavuazye qonuni deb ham ataladi. Moddalar 
massasining saqlanish qonuninig kashf qilinishi: a) fanda aniq miqdoriy 
tajribalardan foydalanishga yo’l ochib berish bilan kimyo-ning fan sifatida 
rivojlanishiga imkon berdi; b) materiyaning abadiyligini, u yo’qdan bor 
bo’lmasligi va bordan yo’q bo’lmasligini ilmiy tarzda tushuntirib berdi; v) 
kimyoviy reaksiyalarning tenglamalari shu qonunga asoslanib to’g’ri yozilishini 
ta’minladi. Bundan tashqari, modda massasining saqlanish qonuni tabiatda 
uchramaydigan moddalarni tabiy xom ashyolardan olishda ma’lum miqdor tayyor 
mahsulot olish uchun qancha xom ashyo (dastlabki moddalar) kerakligini reaksiya 


tenglamasi bo’yicha hisoblab topishga imkon beradi. 4.2. Moddalar massasining 
saqlanish qonuniga doir mashq va masalalar yechish namunalari 9 – masala. 
Sanoatda mis oksidiga (CuO) vodorod ta’sir ettirib 1,28g mis olindi. Shu 
reaksiyada necha mol mis oksidi ishtirok etgan? Yechish. a) reaksiya tenglamasi 
yoziladi: CuO + H
2
= Cu + H
2
O. b) moddalar masssasining saqlanish qonuniga 
asosan qancha mol mis oksiddan necha kg Cu olish mumkinligini aniqlanadi: 
CuO + H
2
= Cu + H2O.
1 mol 64 g (0,064kg)
v) 1 mol CuO dan ——— 0,064 kg Cu olinsa x mol CuO dan ——— 1,28 
kg Cu olinadi x = 1,28 kg/0,064 kg = 20 mol yoki ν = m/M=1,28kg/0,064 kg = 20 
mol. Demak 1,28 kg Cu olinishi uchun 20 mol CuO reaksiyada ishtirok etishi 
zarur bo’ladi. 10 – masala. Don saqlanadigan omborxonani zararkunanda 
hasharotlardan tozalash uchun oltingugurt oksidi (SO2) dan foydalanish mumkin. 
SO2 (sulfit angidrid) odatda oltingugurtni yondirib olinadi. 8 mol oltingu-gurt 
yonganda qancha massa yoki mol silfit angidrid hosil bo’ladi? Yechish. a) 
reaksiya tenglamasi yoziladi: S + O2 = SO2 b) tenglama bo’yicha SO2 massasi 
aniqlanadi. S + O2 = SO2
1 mol 64 g yoki 1 mol
8 mol x g
1 mol S: 64 g(yoki 1 mol) SO2 = 8 mol S : x (x mol) SO2 x = 64∙8/1=512 g SO2 
yoki ν=m/M=512/64=8 mol SO2 Demak 8 mol oltingugurt yonganda 512 g yoki 
8 mol sulfit angidrid (SO2) hosil bo’ladi. 

Download 126.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling