3-laboratoriya ishi: Modda massasining saqlanish qonuniga oid tajribalar. Mis sulfidning eng sodda formulasini aniqlash
Download 126.56 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq03-laboratoriya
3-laboratoriya ishi: Modda massasining saqlanish qonuniga oid tajribalar. Mis sulfidning eng sodda formulasini aniqlash Moddalar massasining saqlanish qonuni tasnifi Kimyoviy reaksiya tenglamasi uning miqdoriy tavsifi hisoblanadi. Kimyoviy reaksiya uchun elementlarning qancha atomi olingan bo’lsa, reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar molekulasida o’shancha atom saqlanadi. Masalan, temir bilan oltingugurt atomlari orasida boradigan reaksiyani olib ko’raylik.: Fe + S = FeS 56g 32g 88g Mashhur ingliz kimyogari Robert Boyl og’zi ochiq retortada turli metallarni qizdirib, metal solingan retortani tajribadan oldin ham, qizdirib sovitilgandan keyin ham tarozida tortib ko’rdi va tajribadan keyin retorta-ning massasi ko’payib qolganini aniqladi. Olim “kimyoviy reaksiyalar natijasida moddalar massasi o’zgaradi” degan noto’g’ri xulosaga keldi. Oradan bir qancha vaqt o’tgach bu tajribani rus olimi M. V. Lomonosov takrorladi. U metalni og’zi kavsharlangan retortada qizdirdi. Retorta sovigandan keyin tortib ko’rilganda uning massasi qizdirishdan ol-dingi massasiga teng ekanligi aniqlandi. So’ngra retortaning uchini sindirib tajribani takrorlaganda tajribadan keyin uning massasi ortganligini kuzatdi. Bu tajriba tafsilotiga asoslanib M.V.Lomonosov “Tabiatda sodir bo’ladigan har qanday o’zgarishning mohiyati shundaki, biror jismdan qancha miqdor kamaysa, ikkinchi jismga shuncha miqdor qo’shiladi”. Demak, materiya biror joyda kamaysa, ikkinchi joyda ortadi degan muhim xulosaga keladi. Demak, shunday qilib, M.V.Lomonosov 1748 yilda modda massasining saqlanish qonunini kashf etdi. Oradan 41 yil o’tgach, mashhur fransuz olimi A.Lavuazye retortada metallarni qizdirish tajribasini mustaqil tarzda takrorlab metal qizdirganda hosil bo’lgan metal quyundisining massasi retorta ichidagi havo tarkibida bo’lgan kislorodning metal bilan birikishi hisobiga ortishini isbotladi va moddalar massasining saqlanish qonunini mustaqil kashf etdi. Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi. Bu xulosa moddalar massasininig saqlanish qonuni deb yuritiladi. Bu qonun Lomonosov – Lavuazye qonuni deb ham ataladi. Moddalar massasining saqlanish qonuninig kashf qilinishi: a) fanda aniq miqdoriy tajribalardan foydalanishga yo’l ochib berish bilan kimyo-ning fan sifatida rivojlanishiga imkon berdi; b) materiyaning abadiyligini, u yo’qdan bor bo’lmasligi va bordan yo’q bo’lmasligini ilmiy tarzda tushuntirib berdi; v) kimyoviy reaksiyalarning tenglamalari shu qonunga asoslanib to’g’ri yozilishini ta’minladi. Bundan tashqari, modda massasining saqlanish qonuni tabiatda uchramaydigan moddalarni tabiy xom ashyolardan olishda ma’lum miqdor tayyor mahsulot olish uchun qancha xom ashyo (dastlabki moddalar) kerakligini reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblab topishga imkon beradi. 4.2. Moddalar massasining saqlanish qonuniga doir mashq va masalalar yechish namunalari 9 – masala. Sanoatda mis oksidiga (CuO) vodorod ta’sir ettirib 1,28g mis olindi. Shu reaksiyada necha mol mis oksidi ishtirok etgan? Yechish. a) reaksiya tenglamasi yoziladi: CuO + H 2 = Cu + H 2 O. b) moddalar masssasining saqlanish qonuniga asosan qancha mol mis oksiddan necha kg Cu olish mumkinligini aniqlanadi: CuO + H 2 = Cu + H2O. 1 mol 64 g (0,064kg) v) 1 mol CuO dan ——— 0,064 kg Cu olinsa x mol CuO dan ——— 1,28 kg Cu olinadi x = 1,28 kg/0,064 kg = 20 mol yoki ν = m/M=1,28kg/0,064 kg = 20 mol. Demak 1,28 kg Cu olinishi uchun 20 mol CuO reaksiyada ishtirok etishi zarur bo’ladi. 10 – masala. Don saqlanadigan omborxonani zararkunanda hasharotlardan tozalash uchun oltingugurt oksidi (SO2) dan foydalanish mumkin. SO2 (sulfit angidrid) odatda oltingugurtni yondirib olinadi. 8 mol oltingu-gurt yonganda qancha massa yoki mol silfit angidrid hosil bo’ladi? Yechish. a) reaksiya tenglamasi yoziladi: S + O2 = SO2 b) tenglama bo’yicha SO2 massasi aniqlanadi. S + O2 = SO2 1 mol 64 g yoki 1 mol 8 mol x g 1 mol S: 64 g(yoki 1 mol) SO2 = 8 mol S : x (x mol) SO2 x = 64∙8/1=512 g SO2 yoki ν=m/M=512/64=8 mol SO2 Demak 8 mol oltingugurt yonganda 512 g yoki 8 mol sulfit angidrid (SO2) hosil bo’ladi. Download 126.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling