3-laboratoriya ishi sirpanish relesini sinash


Download 113.21 Kb.
bet1/3
Sana26.09.2023
Hajmi113.21 Kb.
#1688238
  1   2   3
Bog'liq
3-лабаратория иши

3-LABORATORIYA ISHI

SIRPANISH RELESINI SINASH


Ishdan maqsad:

  1. RB-192, RB-496 boksovaniya relelarining konstruksiyasi, xarakteristikasi, tuzilishi, asosiy ma’lumotlari bilan tanishish hamda uni stendda sinash.

  2. Sirpanish relesini stendda sinash

Umumiy nazariy ma’lumotlar RB-192, RB-469 texnik xarakteristikasi.
Sirpanish (боксования) relesi g‘ildirak juftligining sirpanishini avtomatik tarzda kamaytirish va mashinist kabinasiga sirpanish to‘g‘risida signal uzatishdan iborat. Sirpanish relesining ishlash prinsipi 3.1-rasmda ko‘rsatilgan.


3.1-rasm. Sirpanish relesi.

Rele chulg‘ami tortuv dvigateli yakor chulg‘amlari orasidagi nuqta (a) va sun’iy zanjir rezistorlari orasidagi nuqta (b) ga ulanadi. Tortuv dvigatellar yakorlari bir xil aylanganida ulardagi EYuKlar teng, (a) va (b) potensiallari ham teng. Shuning uchun RB dan tok oqmaydi.


Agar birorta dvigatelda sirpanish boshlansa, u holda dvigatel yakorlariga tushayotgan kuchlanish qayta taqsimlanadi. Sirpanayotgan dvigatelda ortadi, sirpanmayotganida kamayadi. Misol uchun 1-dvigatelda sirpanish yuz bersa, (a) nuqtadagi potensial kamayadi, 2-dvigatel sirpansa (a) nuqtadagi potensial ortadi. Har ikkala holda ham (b) nuqtadagi potensial o‘zgarmas. Potensiallar farqi natijasida rele chulg‘amidan tok oqib o‘tadi va ishlaydi. U o‘zining blok kontaktorlari orqali machinist kabinasidagi chiroq signalni ulaydi va tezlanish relesini ko‘tarish chulg‘amini ishga soladi. U holda tezlanish relesi xolati kamayadi va sirpanayotgan g‘ildirakli lokomotivning reostatli kontrolleri keying pozitsiyaga kamaytirilgan tezlanish bilan o‘tadi.
Tortuv rejimida g‘ildirak juftligi siqilganda dvigatelning EYUK nolga teng va a nuqtaning potentsiali o‘zgargani uchun rele bu holatda ham ishlaydi. Rezistorlarning biri kuyganda ham sirpanish relesi ishlaydi. Sirpanish relesi konstruktsiyasini ko‘rsak, unda u G-shakldagi 1 g‘altak ichiga o‘rnatilgan magnito‘tkazgich 5 (8.2-rasm, a)dan iborat. Yakor 3 diamagnit prokladka 2 ga maxkamlangan, hamda ikkita ko‘priksimon blok-kontaktlar 7 orqali izolyatsion planka 6 ulangan bo‘ladi. Qotirilgan qo‘zg‘almas kontaktlar shpilkalar 8 uzun gaykalardan tuzilgan. Yakorning izalyatsion planka o‘rtasidagi ovval shaklidagi tirqishga yoqib-o‘chirish prujinasi 4 o‘rnatilgan. Releni ulash toki shpilka yonidagi sozlash gaykasi orqali amalga oshiriladi. Yakorni uzish rele prujinasi va diamagnit prokladkalar yordamida o‘zgartiriladi.



Download 113.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling