3-laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish
Download 0.65 Mb.
|
1 2
Bog'liqGafurova Husnobod TARMOQ HAVFSIZLIGI
3-LABORATORIYA ISHI TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH Ishdan maqsad: Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni olib tashlash (сброс) bo`yicha amaliy ko`nikmalar olish QISQACHA NAZARIY MA`LUMOTLAR . Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo`ladigan parolning yo`qotilishi yoki unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (Сброс) jarayoni ko`rib chiqiladi. Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri konsol kabel orqali ulanishni ko`zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat kirish huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga olinishi kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki yo`qolgan konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli rejimda (Privileged EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha parollarni o`zgartirish. Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik kira olish kerak, ya`ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo`lishi kerak. Marshrutizatorda konfiguratsion registr mavjud bo`lib, ushbu registr marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab qiluvchi xotirada saqlanadi. Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi ketmaketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya`ni marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga, to`rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga o`zgartirish kerak bo`ladi. Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102 bo`ladi. Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda konfiguratsion registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi: Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling