3 laboratoriya ishi. Temir yo‘l transportida poyezdlar xarakati va manyovr ishlarida qo‘llaniladigan tovushli va xavf signallari hamda maxsus ko‘rsatkichlari
Ikkilangan tortishda harakatlanganda
Download 302.83 Kb. Pdf ko'rish
|
3-laboratoriya ishi
Ikkilangan tortishda harakatlanganda
Bitta qisqa Ikkita qisqa Ikkita uzun va ikkita qisqa Ikkinchi lokomotiv mashinistiga tortishni kamaytirish haqida talab ikkinchi lokomotiv mashinistiga tortishni Bosh lokomotiv mashinisti; ikkinchi lokomotiv mashinisti signalni takrorlaydi kuchaytirish haqida talab ikkinchi lokomotiv mashinistiga “Tok qabul qilgichni tushir” talabi Izoh. Poyezdning ikkilangan tortishda suruvchi lokomotivi bilan harakatlanganda ikkinchi lokomotiv mashinisti barcha signallarni suruvchi lokomotivdan so„ng takrorlaydi. Bu holda suruvchi lokomotiv mashinistining «Tok qabul qilgichni tushir» signalini uzatish tartibi AJ boshqaruvi raisi tomonidan o„rnatiladi.Radio aloqa mavjud hollarda poyezdlarning ikkilangan tortishda yokisuruvchi lokomotiv bilan harakatlanganida tovushli signallar mashinistlarning o„zaro so„zlashuvi bilan almashtirilishi mumkin. Xabarlovchi signal - lokomotiv (motorvagon poyezdi)ning, o„zi yurar maxsus harakat tarkibining bitta uzun hushtagi, teskari yo„l bo„ylab harakatlanganda-bitta uzun, qisqa va uzun hushtagi quyidagi hollarda uzatiladi: - poyezdning stansiyalarga, yo„l postlariga, yo„lovchi to„xtash punktlariga, tezlik kamaytirishlikni talab qiluvchi olib qo„yiluvchi yo„l signallariga, “S” signal belgisiga, yo„lning egri joylariga, tonnellarga, temir yo„l o„tish joylariga, yo„ldan olinuvchi drezinalar, ta'mirlash moslamalari, yo„l vagonchalariga va boshqa yo„ldan olinuvchi harakat birliklariga yaqinlashganida: - poyezdning ogohlantirishda ko„rsatilgan ish joylaridan avvalgi kilometrdan boshlab olib qo„yiluvchi signallar bor-yo„qligidan qat'iy nazar; - signalchi uzatayotgan “Tok qabul qilgichni tushir” yo„l signali qabul qilinganda; - yo„lda turgan odamlarga yaqinlashganda va “O„TY”AJ boshqaruvi raisi buyruqlarida ko„rsatilgan boshqa hollarda. Poyezdning tuman, qor bo„roni va ko„rinishni susaytiruvchi boshqa noqulay sharoitlarda harakatlanganida xabarlovchi signal bir necha marta takrorlanadi. Poyezd qabul qilinishi tufayli manyovrlarni poyezd tuzuvchilar, signalchilar va strelka posti navbatchilari xabarlovchi signal bo„yicha o„z uchastkalarida qabul qilinuvchi poyezd harakati xavfsizligi ta'minlanganligini tekshirish va unga ishonch hosil qilishi shart. Hushyorlik signali lokomotiv (motorvagon poyezd), maxsus o„zi yurar harakat tarkibining bitta qisqa va bitta uzun hushtagi orqali uzatiladi va dambadam takrorlanadi: - qizil chiroqli, shartli-ruxsat etuvchi signalli o„tish svetoforiga yaqinlashganda va keyinchalik blok-uchastka bo„ylab harakatlanganda; - oq-oy chiroqli taklif etuvchi signalli kirish svetoforiga yaqinlashganda va poyezdni stansiyaga kirish signalining taqiqlovchi ko„rsatkichida yoki asosiy chiroqlarining o„chiq holatida qabul qilinishining boshqa hollarida; - poyezdni teskari yo„l bo„ylab (bu yo„lda kirish signalining yo„qligida) qabul qilinishida. Bu signal poyezdning stansiya bo„g‟izi bo„ylab harakatlanishi mobaynida ham berilishi kerak. Poyezdlarning ikki yo„lli uchastkalarining peregonlarida uchrashganida bitta uzun hushtak orqali xabarlash signallari uzatiladi: birinchichsi - qaramaqarshi poyezdga yaqinlashganda, ikkinchisi - qarama-qarshi poyezdning oxiriga yaqinlashganda. Poyezdning yaqinlashishi haqida tovushli signallar quyidagilar tomonidan uzatiladi: peregonda - temir yo„llar va sun'iy inshootlar ko„ruvchilari, o„tish joylari navbatchilari, yo„l ishlari va kontakt tarmog‟i bo„yicha ishlar rahbarlari, yo„ldan olinuvchi ta'mirlash moslamalari va yo„l vagonchalarini kuzatuvchi ishchilar; stansiyada - signalchilar va kirish strelka post navbatchilari. Toq yo„nalish poyezdining yaqinlashishi haqida xabar bitta, juft yo„nalish poyezdining esa ikkita uzun tovushli signal orqali uzatiladi. Signalchilar va kirish strelka postlari navbatchilari poyezd jo„natilish signalini eshitgach, bitta uzun tovushli signal beradilar. “O„TY” AJ boshqaruvi raisi belgilagan ro„yxat bo„yicha yirik shaharlar va aholi punktlari, nazorat joylarda joylashgan stansiyalar va peregonlarda lokomotivlar (motorvagon poyezdlar), maxsus o„zi yurar harakat tarkibi tomonidan uzatiladigan tovushli signallar, lokomotivlarning poyezdlarda turtki tartibida harakatlanganda, odamlar yoki to„siqlarni bosib ketish xavfi tug‟ilganda hamda hushyorlik va xavf (trevoga) signallarini uzatish hollaridan tashqari vaziyatlarda past tovushda uzatilishi kerak. Ushbu stansiyalarda poyezdlarning jo„natilishida, avtotormozlarni sinashda va depo yo„llari bo„ylab harakatlanganda lokomotiv (motorvagon poyezd), maxsus o„ziyurar harakat tarkibi hushtagi orqali signallar uzatilmaydi. Bunday stansiyalarda yo„lovchilarni poyezdlar jo„nash haqida ogohlantirish tartibi “O„TY” AJ boshqaruvi raisi tomonidan o„rnatiladi. Download 302.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling