3-laboratoriya ishi topshiriqlari Mavzu: Python tilida modullar bilan ishlash


Download 20.74 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi20.74 Kb.
#1056090
Bog'liq
Laboratoriya-3


Tuzuvchilar: Z.Dj.Yusupova, “Matematika va AT” kafedrasi dots.v.b., PhD
D.M.Sotvoldiyev, “Matematika va AT” kafedrasi dots.v.b., PhD

“Iqtisodiyotda dasturlash” fanidan


3-laboratoriya ishi topshiriqlari
Mavzu: Python tilida modullar bilan ishlash
Ushbu laboratoriya ishida har bir talabaga variyant bo’yicha topshiriq beriladi. Ularni bajarib, o’qituvchiga ko’rsatiladi va lms tizimiga yuklanadi.
Topshiriq. Variantda berilgan modul kompyuteringizda o’rnatilganligini tekshiring. Agar mavjud bo’lmasa, internetdan yuklab oling va o’rnating. Qo’yilgan masalani yechish dasturini tuzing.
VARIANTLAR

  1. Rim raqamlari bilan ishlashga mo’ljallangan py-romanify paketini o’rnating va klaviaturadan kiritilgan arab raqamlari ustida +-*// amallarini bajarib, natijalarini xam arab, xam rim raqami ko’rinishida chiqaring.

  2. Ekran ko’rinishini rasmga olish (skrinshot) uchun mo’ljallangan pyscreenshot paketini quyidagi komanda yordamida o’rnating.

pip install Pillow pyscreenshot
grab() va save() komandalari yordamida kompyuteringiz ishchi stoli ekran ko’rinishi skrinshotini oling va saqlang.

  1. OS moduli yordamida kompyuteringiz c va d disklaridagi fayllar va kataloglar ro’yhatini ekranga chiqaring va ro’yhatdagi bironta faylni (yoki katalogni) nomini o’zgartirish dasturini tuzing.

  2. OS moduli yordamida “my documents” papkasida yangi katalog hosil qiling va uning to’liq yo’lini ekranga chiqaring. (os.path. moduli bilan ishlash kerak)

  3. Kompyuterizdagi ishchi stolda turgan bironta faylni kopiyasini yarating va d diskdagi bironta papkani ichiga joylang. Nusxa olingan faylning oxirgi kirilgan vaqti va oxirgi o’zgartirilgan sanasini ekranga chiqaring.

  4. Rim raqamlari bilan ishlashga mo’ljallangan py-romanify paketini o’rnating va klaviaturadan kiritilgan arab raqamini rim raqam ko’rinishiga va rim raqamlarni arab raqam ko’rinishiga o’tkazish dasturini tuzing.

  5. Tasodifiy sonlardan ro’yhat hosil qiling va nechtasi toq va nechtasi juftligini aniqlash dasturini tuzing.

  6. 3 xonali tasodifiy sonlarning nechtasi [a,b] oraliqqa tushishini aniqlash dasturini tuzing.

  7. Tasodifiy hosil qilingan sonlarning ichidan tub sonlarni ajratib ko’rsatish dasturini tuzing.

  8. Talabalar ismidan tuzilgan ro’yhat va sorinlar ro’yhati berilgan bo’lsin. Random moduli yordamida talabalar orasidan yutuqqa sovrindorlarni aniqlash dasturini tuzing. (choices() funksiyasidan foydalaning)

  9. Kartalardan iborat ro’yhat tuzing:

6♠,6♥,6♦,6♣,
7♠,7♥,7♦,7♣,
8♠,8♥,8♦,8♣,
9♠,9♥,9♦,9♣,
10♠,10♥,10♦,10♣,
V♠,V♥,V♦,V♣,
D♠,D♥,D♦,D♣,
K♠,K♥,K♦,K♣,
T♠,T♥,T♦,T♣
Ushbu kartalardan qaysi 6 tasi 1-o’yinchiga va qaysi 6 tasi 2-o’yinchiga tushishini aniqlash dasturini tuzing.

  1. 11-variyantdagi kartalardan iborat ro’yhat tuzing. Tasodifiy ko’zerni va o’yinchiga tasodifiy 6 ta kartani tanlang. O’yinchiga nechta ko’zer karta tushganligini aniqlash dasturini tuzing.

  2. 11-variyantdagi kartalarni Random modulining shuffle() metodi yordamida aralashtirib, karta yuzini yashirib ekranga chiqaring va foydalanuvchi tanlagan 6 ta kartalardan ro’yhat hosil qiling.

  3. 3ta idishlardan birining ostida sharik yashirilgan bo’lsin. Ular aralashtirilgandan so’ng foydalanuvchi tanlagan idish ostida sharik bor-yo’qligini aniqlash dasturini tuzing.

  4. Joriy vaqtdan K ta (kamida 2 xonali son) soat o’tgach, nechi kun o’tib, qaysi sana, xafta kuni, soat va minut bo’lishini aniqlash dasturini tuzing.

  5. Joriy vaqtdan K ta (kamida 2 xonali son) kun oldin xaftaning qaysi kuni va vaqtiga to’g’ri kelishini aniqlash dasturini tuzing

  6. Kiritilgan tug’ilgan yil va sanaga qarab, nechi kun va soat yashalganligini aniqlash dasturini tuzing.

  7. 9 ta katakdan iborat kvadratning tasodifiy katakchasida sovrin yashirilgan. Tanlangan katakchada sovrin chiqish yoki chiqmasligini aniqlang. 3 ta urinishga ruxsat beriladi.

  8. Berilgan 3 xonali sonning bo’luvchilarini aniqlash va berilgan 2ta sonning EKUBini aniqlash dasturini tuzing.

Download 20.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling