3-Laboratoriya ishi Yo‘l qoplamasi ko‘ndalang ravonligi va g‘ildirak izini o‘lchash va baholash
Download 21.57 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-Laboratoriya ishi
3-Laboratoriya ishi Yo‘l qoplamasi ko‘ndalang ravonligi va g‘ildirak izini o‘lchash va baholash O‘lchovlar vizual ko‘rib tekshirishda yo‘l izi mavjudligi aniqlangan uchastkalarda to‘g‘ri va aks yo‘lnalishlarda harakatning o‘ng tashqi tasmasida o‘tkaziladi. O‘lchovlar stvorlarining kattaligi va stvorlar orasidagi masofalar mustaqil va o‘lchov uchastkalarning uzunligiga qarab qabul qilinadi. Vizual baholaganda yo‘l izining ko‘rsatkichlari taxminan bir xil bo‘lgan uchastka mustaqil uchastka hisoblanadi. Bunday uchastkaning uzunligi 20 m dan bir necha km gacha o‘zgarishi mumkin. Mustaqil uchastka har biri 100 m lik o‘lchov uchastkalariga bo‘linadi. Agar mustaqil uchastkaning umumiy uzunligi har biri 100 m lik o‘lchov uchastkalarining butun soniga teng bo‘lmasa, qo‘shimcha qisqa o‘lchov uchastkasi ajratiladi. Butun mustaqil uchastkaning uzunligi 100 m dan kam bo‘lganda ham qisqa o‘lchov uchastkasi belgilanadi. Har bir o‘lchov uchastkasida bir-biridan teng masofada 5 ta o‘lchov stvorlari ajratiladi (100 metrlik uchastkada har 20 m oralab), ularga 1 dan 5 gacha raqamlar beriladi. Bunda avvalgi o‘lchov uchastkasining oxirgi stvori keyingisining birinchi stvoriga aylanadi va 5/1 raqamiga ega bo‘ladi. Qisqa o‘lchov uchastkasi ham bir-biridan teng masofada joylashgan 5 ta stvorlarga ajratiladi. Reyka tashqi yo‘l izining bo‘rtib chiqqan joylariga yotqiziladi va har bir stvorda yo‘l izining eng katta chuqurligiga mos kelgan nuqtada vertikal o‘rnatiladigan tayoq yordamida bitta hisoblash nuqtasi hK 1 mm gacha aniqlikda olinadi; yo‘lning bo‘rtib chiqqan joylari bo‘lmaganda reyka qatnov qismiga o‘lchanadigan yo‘l izi qoplanadigan qilib qo‘yiladi. Agar o‘lchov stvorida yo‘l qoplamining nuqsoni (chuqurcha, darz va hokazo) bo‘lsa, o‘lchov stvori ushbu nuqsonning o‘lchanayotgan ko‘rsatkichga ta’sirini istisno etish uchun 0,5 m gacha masofaga odinga yoki orqaga surilishi mumkin. Har bir stvorda o‘lchangan yo‘l izining chuqurligi qaydnomaga kiritiladi, uning shakli va to‘ldirish misoli 3.9-jadval da keltirilgan. Har bir o‘lchov uchastkasi bo‘yicha yo‘l izining hisoblangan chuqurligi aniqlanadi. Buning uchun o‘lchov uchastkasinig 5 ta stvoridagi o‘lchov natijalari tahlil qilinadi, eng katta qiymati olinmaydi, kamayish qatoridagi undan keyingi yo‘l izi chuqurligining kattaligi esa ushbu o‘lchov uchastkasidagi hisobiy kattaligi deb qabul qilinadi (hKH). 3.1-Jadval Download 21.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling