3-laboratoriyani bajarishga doir ko’rsatma mavzu
Download 1.19 Mb.
|
Labaratoriya-3,5
3-LABORATORIYANI BAJARISHGA DOIR KO’RSATMA MAVZU: EXCEL DASTURIDA TEMIR YО‘L TRANSPORTIGA DOIR MA’LUMOTLAR BAZASI TASHKIL ETIS Ma’lumki ma’lumotlar bazasi (MB) bu korporatv axborot tizimlarining asosi hisoblanadi. Ko’pincha ma’lumotlar bazasi haqda gapirganimizda hayolimizga SQL, ORACLE, MS ACCESS kabilar keladi. So’zsiz ular juda kuchli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridir (MBBT). Ular yordamida kompaniyaning ixtiyoriy darajadagi murakkab ishlarini avtomatlashtirish mumkin. Lekin ba’zan bunday MBBT lariga extiyoj qolmaydi, chunki bu kichik biznes tashkilotlar uchun ortiqcha iqtisodiy xarajat bo’ladi. Shuning uchun bunday xollarda MS Excel e‘lektron dasturi yordamida MBsi qilish maqsadga muvoffiq bo’ladi. Biz bu laboratoriya mashg’ulotimizda qanday qilib MS Excel dasturida MB yaratishni o’rganamiz. Misol tariqasida biror bir transport extiyot qismlari sotadigan do’kon ishini ma’lumotlar bazasini yarataylik. Buning ucun quyidagilarni MB elementlarini yaratamiz: Dokondagi tovarlar haqidagi, mijozlar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi jadvallar; Ma’lumotlarni bazaga kiritish uchun forma; Berilganlarni avtomatik to’ldiruvchi blankalar (to’lov qog’ozlari, hisob-kitob qog’ozlari va boshqalar) Boshqaruv organiga biznes-jarayonni boshqarishga yordam beruvchi hisobotlar 1-qadam. Boshlang’ich berilganlarni kiritish Tovarlar, mijozlar va sovdo haqidagi ma’lumotlarni saqlash uchun 3ta jadval qilamiz. Buni har xil listlarda yoki bitta listda qilish mumkin. Bu jadvallarni yaratishda muhimi ularni avtomatik tarzda o’lchamini o’zgartira oladigan “aqlli jadvallar” ko’rinishida yaratishdir. Bu ish “Форматировать как таблицу” buyrug’i yordamida qilinadi. Excel dasturini ishga tushiring va 1-listni “Ma’lumotnoma” deb nomlab unda quyidagi jadvallarni kiriting. Undagi tovarlar sonini 15ta qiling, yani 15ta transport extiyot qismlari haqida ma’lumot kiriting Jadval nomini o’zgartirish uchun uni “Главная\Форматировать как таблицу\Конструктор” buyrug’i beriladi. Xuddi shu tariqa bu listda yanabir jadval yaratib uni nomini “Mijozlar” deb nomlang, unga 15ta mijoz haqudagi ma’lumotni kiriting. Quyidagi jadvalga qarang Jadval nomini o’zgartirish uchun uni “Главная\Форматировать как таблицу\Конструктор” buyrug’i beriladi. Excelda yangi 2-listni yarating va uni “Ma’lumotlar bazasi” deb nomlang va unda “Savdo” nomli jadval yarating va unga hozircha ma’lumot kiritmang. Quyidagi jadvalga qarang 2-qadam. Kiritish ekrani tayyorlash Ma’lumotlar bazasiga sovda haqidagi ma’lumotni kiritish uchun “Kiritish ekrani” hosil qilish. MS excelda ma’lumotlarni bazaga qo’lda kiritish ham mumkin. Ammo bunda adashib ketishimiz mumkin. Shuning uchun kiritishni avtomatlashtirsak, bu muammoni hal qilgan bo’lamiz. Buning uchun Excelni yangi listini ohamiz va uni “Kiritish ekrani” deb nomlaymiz. So’ng unda quyidagi kabi jadval yaratamiz. Quyidagi rasmga qarang. Bu yerda yacheykalarga quyidagi formulalarni kiritamiz. 1) B3 yacheykaga ТДАТА (NOW) formulasini kiritamiz, agar vaqt kerak bo’lmasa СЕГОДНЯ (TODAY) formulasini ham kiritish mumkin. 2) B11 yacheykaga =ВПР(B7;Narxlar;3;0). Bu funksiya nima ish bajarishini mustaqil o’rganing va albatta hisobotingizga kiriting. 3) B7 yacheykaga ochiluvchi ro’yxat qilamiz. Buning uchun “Данные - Проверка данных (Data - Validation)” buyrug’ini beramiz va ochilgan muloqat oynani quyidagi kabi to’ldiramiz B5 yacheykaga ham xuddi shu usulda ochiluvchi ro’yxatni joylashtuiramiz. Bunda “Проверка вводимых значений” muloqat oynasini quyidagi kabi to’ldiramiz. B13 yacheykaga =B11*B9 formulani yozamiz. 6) B9 yacheykaga mijoz olgan tovar miqdorini kiritamiz. Masalan 4ta shina olgan bo’lsa 4 kiritamiz 3-qadam. Ma’lumotlarni bazaga yozish Kiritish ekranidagi yacheykalar qiymatlar bilan to’ldirilganidan so’ng ularni “Savdo” nomli ma’lumotlar bazasi jadvaliga kiritish kerak bo’ladi. Buning uchun avval bu qiymatlarni A20:E20 yacheykalarga quyidagi formulalar orqali yozamiz: A20 ga =B3; B20 ga =B7; C20 ga =B9; D20 ga =B13; E20 ga esa =B5 formulani yozamiz. Endi bu qiymatlarni “Savdo” nomli ma’lumotlar bazasi jadvaliga kiritish uchun kichik makros dastur yozamiz. Buning uchun Alt+F11 tugmalar kombinatsiyasini yoki “Разработчик” lentasidan “Visual Basik” buyrug’ini beramiz.(Agar “Разработчик” lentasi lentalar satrida bo’lmasa “Файл” menyusining “Параметры\Настроить ленту” buyrug’I beramiz va ochilgan muloqat oynadan “Разработчик” qatorini belgilaymiz.) So’ng quyidagi makros dasturni yozamiz. Sub Add_Sell() Worksheets("Kiritiswh ekrani").Range("A20:E20").Copy n = Worksheets("Ma'lumotlar bazasi").Range("A100000").End(xlUp).Row Worksheets("Ma'lumotlar bazasi").Cells(n + 1, 1).PasteSpecial Paste:=xlPasteValues Worksheets("Kiritish ekrani").Range("B5,B7,B9").ClearContents End Sub Topshiriq. Ushbu mkros qatorlarida qanday ishlar bajarilayotganini aniqlang Kiritish ekraniga bu makrosni ishga tushiruvchi tugma joylashtiramiz. Buning uchun “Разработчик” lentasining “Вставить\Кнопка” buyrug’ini beramiz. Quyidagi rasmga qarang So’ng kiritish ekrani jadvalimizning kerakli joyiga sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda bu tugmani chizish orqali joylashtirib olamiz. Bunda tugmani chizib bo’lishimiz bilan Excel bizdan bu tugmaga qaysi makrosni bog’lash kerakligi haqidagi muloqat oynani chiqaradi. U yerdan ozimiz yog va nomini “Add_Sell” deb nomlangan makrosni tanlaymiz. Keyin tugma ustidagi yozuvni o’zgartiramiz. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichi tugma ustiga keltirilib, uning o’ng tugmasini bosamiz va paydo bo’lgan kontektli menyudan “Изменить текст” buyrug’ini beramiz. So’ng tugma nomini “Bazaga yozish” deb nomlaymiz. Topshiriq: Kiritish ekrani ekrani yordamida bazaga 15ta qiymatni kiriting Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling