3-Laboratoriyatopshiriqlariva seminar savollari
Download 26.14 Kb.
|
Laboratoriya topshiriqlari va seminar savollari 3
3-Laboratoriyatopshiriqlariva seminar savollari. 1. Shaxs gnezisida bilash jarayonlarning o‘zga hos o‘rni 2. Shaxsning ijtimoiy hususiyatlari va ijtimoiy qiyofasi 3. Shaxsning individul hususiyatlari va uning ijtimoiy qiyofasiga ta'siri Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o`zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o`rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo`lib o`rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o`zi qiyin. Masalan, ko`rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko`ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko`rgan yoki o`qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to`g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo`ladi. Xattoki, tasodifan qo`limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o`sha narsaning bu yerda qanday paydo bo`lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi. Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o`z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o`hshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o`xshash) va uni saqlash (xotira) haqida ko`p gapiradigan bo`lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko`tardi. Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko`ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko`proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko`rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko`rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko`z o`ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o`ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o`rniga 25 kadr berib, o`sha 25-kadrda «Koka-kola iching» degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg`amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro`y bermagan ekan. Analogik xolat xotiramizda ham tez-tez ro`y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o`ylanamiz: qayerda ko`rgan ekanman? hech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko`zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko`rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo`lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o`y-fikrlar kelaveradi. ¤shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi. Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi — odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o`zi uchun «ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o`z ongida barcha mavjud ma’lumotni o`ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o`zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o`ziga xos va qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz. Shaxsning psixologik ko‘rinishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o‘zini tutishi o‘zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo‘lib qolaveradi. Shaxs xususiyatlarining bunday nisbatan barqarorligi unga shaxs sifatida xarakteristika berish, uning ma’lum vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini oldindan belgilashning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar. Shaxs xislatlarining bir butunligi va o‘zaro bog‘liqligi uning psixologik tuzilishini, dinamik strukturasini hosil qiladi. Shaxsni, uning tuzilishini o‘rganishdan maqsad nima? Shaxsni, uning tuzilishini o‘rganishdan maqsad uni boshqa odamlardan ajratib turuvchi individual xususiyatlarni aniqlashdir. Bu boradagi psixologik tadqiqotlar va nazariy ishlar asosida turli «shaxs tillari»ning ajratishga, ularni o‘rganishga olib keladi. Shaxslarning tipologiyasini yaratish turli odamlardagi individual psixologik xususiyatlarni topish va ulardagi umumiy belgilar, xususiyatlar asosida ularni ma’lum toifalarga birlashtirishga to‘g‘ri keladi. Nazariyalar orasida shaxsda ikkita qism, ikkita omilni ajratuvchi yo‘nalishlar ko‘rinarli o‘rin egallagan. Ular shaxs tuzilida ikkita omil, biologik va ijtimoiy omillarni ajratib ko‘rsatadilar. Ma’lumki, shaxs ijtimoiy mavjudod bo‘lishi bilan birga, o‘zida tabiiy, biologik tuzilish belgilarini saqlab qoladi. Ammo ikki faktorni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, ular birlikni tashkil qiladi, birgalikda yuzaga chiqadi. Shaxs tashqi turmush sharoitlari ta’sirida shakllanadi, ammo lekin bir sharoitda tarbiyalangan ikki bola ikkki xil bo‘ladi. Chunki ularning tabiiy qobiliyatlari turlicha bo‘ladi. Demak shaxsning shakllanishiga sotsial omillardan tashqari biologik faktorlar ham ta’sir qiladi. Bu ikki narsa bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manbai masalasini hal etishning ikkita yo‘nalishi mavjud bo‘lgan. Bu yo‘nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik kontseptsialarini nomini olgandir. Biogenetik kontseptsiya inson shaxsning rivojlanishi biologik, asosan rasmiy omillar bilan belgilanishga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojalanishi ichki sabab natijasida (o‘z-o‘zidan) sodir bo‘lish xususiyatiga egadir. Shu nuqtai nazarga binoan kishi tabiatan hissiy taasurotlarning ro‘y berishdagi ba’zi bir xususiyatlarga harakat sur‘atining xususiyatlarigagina emas, balki sababiyatlarining muayyan kompleksiga ham moyil (birovlardan jinoyat qilishga boshqalarga ma’muriyatlik faoliyatida yutuqlar qozonishga moyillik va hokazi) bo‘ladi. Kishida guyo uning psixik holati shakllargagina emas, balki uning mazmuni ham tabiat tomonidan programmalashtirilgan psixik rivojalanish bosqichlari va ularning ro‘y berish tartibi oldindan belgilab qo‘yilgan emish. Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsni tevarak- atrofdagi ijtimoiy mohiyatning bevosita ta’sir natijasi deb, muhitdan olingan nusxa deb hisoblanadi. Bunda ham xuddi biogenetik kontseptsiya kabi rivojlanib borayotgan kishining xususiy faolligini hisobga olinmaydi, uning tevarak atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudodga xos sust rol uynashigina mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik kontseptsiyaga amal qilinadigan bo‘lsa, nima uchun ba’zi vaqtlarga bir xildagi ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar yetishib chiqishini tushuntirib bo‘lmaydi. Shaxsning rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatiga o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarga aniqlanadi. Ehtiyojlarni rivojlantirish, tanlash va tarbiyalash ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo‘lgan ma’naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi jamiyatda ro‘y beradi. Individning shaxs bo‘lishi yangi jamiyatni qurishning faol ishtirokchisi bo‘lish kabi ehtiyoji aynan jamoda to‘laqonli qondiriladi. Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir o‘tkazish tarbiya yetakchi rol o‘ynaydi. Tarbiya shaxsni rivojlantirishning jamiyat tomonidan qo‘yilan maqsadlarda muvofiq tarzda yo‘naltirib boradi va uyushtiradi. Download 26.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling