3-Ma’ruza : Jahon xo’jaligining tarmoqlar geografiyasi. Reja


Mashinasozlik sanoatining joylashishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 1.95 Mb.
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1325444
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Ma’ruza Jahon xo’jaligining tarmoqlar geografiyasi.

Mashinasozlik sanoatining joylashishiga ta’sir etuvchi omillar.

  • Mashinasozlik sanoatining boshqa tarmoqlaridan o’zining qator xususiyatlari bilan farq qilib, ular o’z navbatida, uning joylashishiga ta’sir ko’rsatadi.
  • Birinchidan, FTI davrida mashinasozlik ilmiy ishlanmalarni keng joriy etilmasdan rivojlantirilishini tasavvur etish qiyin. Shu sababdan, mashinasozlikning fantalab tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan ilmiy bazalarga tobora ko’proq yaqinlashtirilmoqda.
  • Ikkinchidan, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko’p ish vaqtini va qo’l mehnatini talab qiladi. Shu sababli mashinasozlik sanoatining uskunasozlik, radioelektronika, aniq mashinalar ishlab chiqarish tarmoqlari arzon ishchi kuchi bo’lgan joylarda joylashtiriladi.

Kimyo sanoatining tarkibi, xom ashyosi va ishlatilishi

  • Jahon kimyo sanoati quyidagi tarmoqlardan tashkil topgan: tog’ – kimyo (mineral xom ashyo qazib olish), asosiy kimyo (tuz, kislota, mineral o’g’itlar tayyorlash), organik sintez kimyo (uglevodorod xom ashyosi, yarim – fabrikatlar ishlab chiqarish), polimerlar ashyosi (plastmassa, kauchuk, turli tolalar olish), polimer materiallarini qayta ishlash.
  • Kimyo sanoati juda katta va xilma – xil xom ashyo bazalariga, ya’ni tog’ – kimyo xom ashyosi, neft va tabiiy gaz, metallurgiya sanoati chiqindilari, yog’och, qishloq xo’jalik xom ashyolari va boshqalar.
  • Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotlar xo’jalikning ko’p tarmoqlari texnologik jarayonlarida ishlatiladi. Masalan, mashinasozlikka plastmassa, rezina, kislota, tog’–kon sanoatiga portlatuvchi moddalar, to’qimachilikka tola va bo’yoqlar, qishloq xo’jaligiga o’g’itlar, zaharli ximikatlar beradi.

Yog’ochni qayta ishlash sanoatining tarkibi va joylashishi.

  • Yog’ochni qayta ishlash sanoatining tarkibi va joylashishi.
  • Jahon bo’yicha 1965 yilda 2 mlrd.kub.m. yog’och tayyorlangan bo’lsa, 1990 yillarda buning hajmi 3,5 mlrd.m3ga yetdi. XX asr o’rtalarida yog’och va yog’och mahsulotlarini tayyorlash asosan Shimoliy mintaqaga to’g’ri kelgan bo’lsa, hozirgi kunda bu asosan Janubiy mintaqaga to’g’ri kelmoqda.

  • Download 1.95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling