3. 7. Tana detallariga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni
Tana detallari yaxlit mashinani yaratish maqsadida yig’ish
jarayonida yig’ish birliklari va alohida detallarni o’zida biriktiruvchi
hisoblanadi. Yig’ilayotgan buyum tanaga va o’zaro muayyan aniqlikda
joylashishi kerak. Shu sababli yig’ilgan elementlarning o’zaro maksimal
ish yuklanishini ko’tarishi hamda ekspluatatsiaya xususiyatlarini
yo’qotmaslik uchun tana detallari talab etilgan aniqlik, qattiqlik va
titrashga barqaror parametrlariga ega bo’lishi kerak. Mashina korpus
detallari xizmat vazifasi, konstruktiv tayyorlanish shakli va bir xil
yuzalarning mavjudligiga ko’ra bir necha guruhlarga bo’lish mumkin.
Bunday tasnif har bur guruh detallarini tayyorlashda zarur aniqlik
parametrlariga erishishni ta’minlaydigan muayyan texnologik yechimlar
qabul qilishga imkon beradi.