3-ma’ruza baholash va kalkulatsiya baholash va uning ahamiyati
Download 22.15 Kb.
|
Baholash va kalkulatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amortizatsiya qilinadigan qiymat
Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlan- g‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir.
Tugatish qiymati — asosiy vositalarning foydala- nish muddati tugashi natijasida vujudga kelishi mo‘ljal- lanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutila- yotgan xarajatlar ayirmasidir. Amortizatsiya qilinadigan qiymat — bu asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati bilan nazarda tutilayotgan (baholangan) tugatish qiymati o‘rtasidagi farqdir. Asosiy vositalarning yuqorida sanab o‘tilgan baholash natijasida vujudga keladigan qiymatlari Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining (BHMS) 5-sonli standartida keltirib o‘tilgan. Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda haqiqiylik va bir xillik prinsipiga rioya qilinishi shart. Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘larining so‘mda baholanilishini to‘g‘ri amalga oshirilishini talab etadi. Xo‘jalik mablag‘larining baholanishida bir xillik prinsipi quyidagicha namoyon bo‘ladi. Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart. YUqorida tovarlar hamda asosiy vositalar bahola- nishi haqida ma’lumotlar keltirildi. SHuningdek, materiallarni to‘g‘ri baholash ham korxona iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Materiallar aylanma mablag‘lar hisoblanib, ular- ning korxona xo‘jalik faoliyatidagi harakati tez amalga oshadi. Materiallarning har bir turini tayyorlash, ularning haqiqiy tannarxini aniqlash, hisoblash ko‘pgina hisob-kitob hamda vaqtni talab etadi. Materiallarni baholashda reja bahosi va haqiqiy tannarx baholaridan foydalaniladi. Materiallarning haqiqiy tannarxi va reja bahosi bo‘yicha baholari o‘rtasidagi farq analitik hisob orqali aniqlanadi va 1610 — «Materiallar qiymati o‘rtasidagi farqlar» schyotda aks ettiriladi. Jahonda sarflangan materiallarning haqiqiy tan- narxini aniqlashda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: — FIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum — birinchi xarajat; — LIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum — oxirgi xarajat; — AVEKO — o‘rtacha tannarx. O‘zbekiston Resbulikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining 4 – standartida materiallarni baholashda korxonaning ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan xolda ma’qul usulidan foydalanish tavsiya etilgan. Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul ko‘rinishida aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan majburiyat summasi esa sudning tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi. Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymat- da, bozor qiymatida, balans (hisob) qiymatida va shu kabi usullardan foydalaniladi. Download 22.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling