3-ma’ruza: Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari. Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish Reja
Jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish
Download 0.95 Mb.
|
Husnixat 3-ma\'ruza
Jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish. Birinchi sinfda qadam qo’yayotgan o’quvchilarning jismoniy hamda ruhiy chiniqishlarini (imkoniyatlarini) hamma vaqt hisobga olib turish lozim. Chunki bu yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan tashqaridagi ruhiy va jismoniy yuklamani juda qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Xususan, yozuv darslari agar ular imkoniyatlari darajasida tashkil etilmasa, ular tez charchaydilar va ularning bilim olish ishtiyoqlari tez so’nadi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining qo’l va barmoq muskullari ham etarli darajada taraqqiy etmaganligi bois ularni yozuv darslarida zo’rlab yozdirish salbiy oqibatlarga olib kelishini o’qituvchi bilishi lozim. Bolalarni zo’riqtirib qo’ymaslik uchun dars jarayonida turli xildagi jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish ijobiy samara berishi tajribalarda isbotlangan. Faqat shuni unutmaslik lozimki, jismoniy mashqlar bolalarning yosh xuxsusiyatlariga mos bo’lishi hamda faqat qo’l va barmoq muskullarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Taniqli rus olimi, atoqli pedagog K.D.Ushinskiy maktabga endigina qadam qo’yayotgan bolalar bilan jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish borasida quyidagilarni yozib qoldirgan edi: “Birinchi darsdayoq o’qituvchi bolalarni komanda bilan bajariladigan harakatlarga o’rgatishi kerak. Bu harakatlar bolalarga, charchagan a’zolarini harakatlantirish bilan birga, o’zlarini tetik tutishlari uchun ham katta yordam beradi” (Ushinskiy K.D. Tanlangan asarlar. T.II. Uchpedgiz, 1939, 126-bet). Tan olish lozim hozirgi vaqtda ayrim o’qituvchilar kasbdoshlari bilan musobaqaga kirishib, sifat borasida batamom unutib qo’yadilar. Bunday o’qituvchilar shogirdlarimni boshqalardan oldinroq savodli, tez va chiroyli yozadigan qilaman deb, o’quvchilarni tanaffusga ham chiqarmay, ularning charchashlarini ham hisobga olmay nihoyatda ko’p yozdiradilar. Yosh fiziologiyasi va jismoniy imkoniyatlariga mos kelmaydigan bunday yuklama natijasida o’quvchilar tez toliqadilar, harakatlari sust bo’lib qoladi. Tabiiyki, charchoq natijasida ularning yozuvlari xunuklashib, ko’p xato qiladigan bo’ladilar. Ortiqcha yuklamadan charchagan o’quvchilar yelkalarini chiqarib, ko’kraklarini partaga tirab, kerishib o’tiradilar. Bu hol qonni yuritish uchun beixtiyor qilinadigan harakatlardir. Chunki organizm o’z faoliyatini yaxshilash uchun beixtiyor harakat qiladi. Bunday harakatlarning oldini olish uchun vaqt-vaqti bilan jismoniy mashq lahzalarini tashkil etib turishning katta ahamiyati bor. Bu borada taniqli o’zbek olimi va metodisti Mirhabib G’ulomov quyidagi asosli fikrlarini keltirgan edi: “O’quvchilarga dars protsessida bajariladigan mashqlar oson bo’lib, kam vaqt olishi, ularning jismoniy jihatdan o’sishlariga, qo’l muskullarining mukammallashishiga va qaddi-qomatlarini to’g’ri, erkin tutishlariga yordam berishi lozim. Yozuv darslarida (10-15 minut o’tgandan so’ng) o’quvchilar betoqat bo’lib, orqalariga yoki yonlariga yastanib o’tiradilar, o’rinlaridan turib ketadilar, bu ularning charchaganlarini bildiradi” (“Husnixat metodikasi”. – Toshkent: O’qituvchi, 1976, 13-bet). Ta’kidlaganimizdek, dars jarayonida, har 10-15 daqiqada o’quvchilarning nafas olishlarini yaxshilash, qo’l va oyoq muskullarini chigalini yozish maqsadida lahzalik jismoniy mashqlar tashkil etilishi lozim. Shuning uchun barmoq va qo’l harakatlarini o’stiruvchi mashqlarni partada o’tirgan holda yoki parta yonida turib bajarnirish mumkin. Dars jarayonida bunday mashqlar bir necha marta o’tkazilishi mumkin. O’qituvchi shogirdlarining ahvolini hisobga olib mashqlarni qachon o’tkazishni belgilaydi. Metodik talablarga muvofiq mashqlarni avval o’qituvchining o’zi amalda bajarib ko’rsatadi. O’quvchilarga quyidagi mashqlarni bajartirish tavsiya etiladi: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling