3-ma’ruza. Fonetika reja: Fonetika haqida umumiy ma’lumot. Nutq apparati


Download 303.89 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.01.2019
Hajmi303.89 Kb.

 

3-ma’ruza. FONETIKA 



Reja: 

1. Fonetika haqida umumiy ma’lumot. 

2.   Nutq apparati. 

 

 

 

 1.  Fonetika haqida umumiy ma’lumot 

 

Fonetika  trilshunoslikning  bir  bo‘limi  bo‘lib,  unda  nutq  tovushlari,  ularning  hosil  bo‘lishi,  turlari, 

o‘zgarishi, so‘z ma’nolarini farqlashdagi roli, shuningdek, urg‘u, intonatsiya(ohang)   nutqning fonetik bo‘linishi, 

kabi masalalar o‘rganiladi.  

 

Fonetika tovushlarni nutq oqimida o‘rganadi. Tovush oqimi tovushlarning uzluksiz chiziqli izchilligidir. 



Tovush nutq oqimining ma’noga ega bo‘lmagan eng kichik birligi sanaladi.  

 

Tovush ma’no ifodalamasa ham leksema, morfema kabi ma’noli til birliklarini shakllantiradi, ular uchun 



moddiy baza sanaladi; leksema, morfema kabi ma’noli til birliklari tovushlardan tuziladi. Masalan, o‘zbek tilida 

kitobi leksemashakli tarkibidagi kitob leksemasi [k], [i], [t], [o], [b] tovushlari vositasida, -i morfemasi [i] tovushi 

vositasida shakllangan.   



Nutq tovushlarining tabiat hodisalari sifatida akustik (eshitilish) tomoni, artikulyatsion (aytilish) tomoni 

mavjud.  Bu  ikki  tomon  orasida  artikulyatsion  tomoni  amaliy  jihatdan  muhimroqdir.  Bundan  tashqari,  nutq 

tovushlarining ijtimoiy tomoni – so‘z ma’nolarini anglash va ajratishdagi  roli yanada muhimroqdir.  

 

Akustik (eshitilish tomon)dan tovush biror jismning boshqa bir jism ta’sirida tebranishi va bu tebranishning 



quloqqa  eshitilishidir.  Biror    jismning  tebranishi  havoni  to‘lqinlantiradi  va    natijada  tovush  hosil  bo‘ladi.  Nutq 

tovushlari  un  (ovoz)  paychalarining  tebranishidan  hosil  bo‘ladigan  ovozdan,  nutq  a’zolarida  paydo  bo‘ladigan 

shovqindan iborat bo‘ladi.   

 

Akustik jihatdan tovushning balandligikuchitembri va cho‘ziqligi farqlanadi.  



 

Tovushning balandligi tebranishning miqdori bilan belgilanadi: tebranish qancha ko‘p bo‘lsa, tovush ham 

shunscha baland bo‘ladi va tebranish oz bo‘lsa, tovush ham past bo‘ladi.  

 

Tovushning kuchi tebranishning shiddatiga bog‘liq. Tebranish darajasi qancha katta bo‘lsa, tovush ham 



shuncha kuchli ciqadi. Tovushning tembri (sifati) asosiy ton va obertonlarning , shuningdek, rezonator tonlarning 

qo‘shilishidan  hosil  bo‘ladi.  Tembr  bir  tovushni  boshqa  tovushdan,  bir  kishining  ovozini  boshqa  kishining 

ovozidan, dutorning ovozini karnay ovozidan farqlaydi.   

 

Tovushning cho‘ziqlik darajasi tebranish davom etgan vaqt bilan o‘lchanadi.  



 

   Nutq apparati 

 

Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida ishtirok etadigan a’zolar nutq a’zolari deb ataladi. Nutq a’zolarining  

jami nutq apparati  deb yuritiladi.   

Nutq apparati quyidagi qismlardan iborat: 



A. Nafas apparati (bunga o‘pka, bronxlar va traxeya yoki nafas yo‘li kiradi).  

B.  Bo‘g‘iz  bo‘shlig‘i  (bunga  halqasimon,  piramidasimon,  qalqonsimon  tog‘aylar,  muskullar  va 

mushaklar hamda un (ovoz) paychalari kiradi). 



D.  Og‘iz  bo‘shlig‘i  (bunga  til,  qattiq  tanglay,  yumshoq  tanglay,  kichik  til,  yuqori  va  pastki  lablar, 

yuqori va pastki tishlar tishlar kiradi).  



E. Burun bo‘shlig‘i. Bu qism ba’zi tovushlarning hosil bo‘lishida qisman qatnashadi.  

Nutq tovushlarini hosil qilishda

qatshanadigan a’zolar

 

1-rasm 



 

2-rasm 


 

Nutq  a’zolari  tovushlarning  talaffuz  qilinishidagi  roliga  ko‘ra  faol  va  nofaol  a’zolarga  bo‘linadi.  Faol 



a’zolar turli harakatlar bajaradi; ularga un (ovoz) paychalari, til, lab, yumshoq tanglay, kichik til, pastki jag‘ kiradi. 

Nofaol a’zolar harakat qilmaydi, ularga tishlar, qattiq tanglay, ustki jag‘, burun bo‘shlig‘i kiradi.  

 

Nutq tovushlarini hosil qiladigan vosita (tebrantiruvchi kuch) o‘pkadan nafas yo‘li (traxeya) orqali avval 



bo‘g‘izga va undan og‘iz bo‘shlig‘iga, ba’zan burun bo‘shlig‘iga o‘tadigan havo oqimidir. Demak, o‘pka va bir juft 

bronxlar nutq tovushlarini talaffuz etish uchun zarur bo‘lgan havo oqimining manbaidir.  

 

So‘zlash  paytida  havo    oqimi  bo‘g‘iz  bo‘shlig‘iga  kelib,  u  yerda  joylashgan  un  (ovoz)  paychalarini 



tebratadi va ovoz hosil qiladi. Unlilar, sonor va jarangli undoshlardagi ovoz bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan un 

(ovoz) paychalarining tebranishi natijasidir, shuning uchun bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbai hisoblanadi.  

 

Bo‘g‘iz orqali o‘tgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘iga kelganda, turli nutq a’zolarining to‘sig‘iga duch keladi 



va buning natijasida shovqin paydo bo‘ladi. Demak, og‘iz bo‘shlig‘i shovqin va rezonator tonlar manbaidir.  

 

Burun  bo‘shlig‘i  ba’zi  tovushlarning  hosil  bo‘lishida  qisman  qatnashadi.  Masalan,  m,  n,  ng  tovushlari 



o‘pkadan kelayotgan havo oqimining bir qismi og‘izdan yarim portlab, bir qismi burun bo‘shlig‘i orqali chiqishi 

natijasida hosil bo‘ladi.   

 

Har qanday tovushni talaffuz qilishda biror nutq a’zosining faolligi yetarli bo‘lmaydi.  Bunda a’zolarning 



ma’lum izchillikdagi kompleks ishtiroki zarur bo‘ladi. Nutq a’zolarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va 

holati artikulyatsiya deyiladi. Artikulyatsiyada ikki narsa farqlanadi: artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya usuli.  

Tovush hosil qilishda u yoki bu nutq a’zosining faol qatnashgan qismi artikulyatsiya o‘rni deyiladi. Masalan, b, p 

kabi  tovushlarni  hosil  qilishda  lablar,  d,  t  kabi  tovushlarni  hosil  qilishda  esa    tilning  oldingi  qismi  qatnashadi. 

Demak, b, p tovushlarining artikulyatsiya o‘rni lablar, d, t tovushlarining artikulyatsiya o‘rni esa til oldi.  

 

Tovush hosil qilish paytida havo oqimining ikki nutq a’zosining bir-biri bilan jipslashishi natijasida portlab 



chiqishi yoki a’zolarning  jipslashmay, ular orasidan sirg‘alib o‘tishi artikulyatsiya usulu deb ataladi. Masalan, b, p, 

d, t  tovushlarining artikulyatsiya usulu – portlash, v, f, z, s tovushlarining artikulyatsiya usulu sirg‘alishdir.  

 

Artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya usuli nutq tovushlarini tasvirlash va tasnif qilish uchun muhimdir. 



 

 Nutq tovushlari, yuqorida aytilganidek, leksema, morfema kabi til birliklarini shakllantiradi  hamda  ularni 

bir-biridan  ajratish  uchun  xizmat  qiladi.  Bunday  tovushlar  turi  fonema  deb  yuritiladi.  Masalan,  o‘zbek  tilida     

unlisi cho‘ziq (muhim, ta’sir, litr kabi so‘zlarda) talaffuz etiladi, lekin adabiy tilda i unlisinig bu variantlari bitta 

fonemaga birlashadi.  

Tilshunoslikning fonemalarni o‘rganadigan   bo‘limi fonologiya



1

 deyiladi. Fonemalar leksemashakllarni 

qurish va ularning tovush turlarini farqlash  uchun xizmat qiladigan tilning bo‘linmas tovush birliklari sanaladi.  

Chunonchi,  bor    leksemashaklida  tilda  har  biri  farqlash  vazifasini  bajaradigan  tilning  uchta  tovush  birliklarini 

ajratish  mumkin:  b|o|r.      Mazkur  leksemashaklning  har  qaysi  tovush  birligi    boshqa  leksemashaklning  tovush 

birliklariga  zid  qo‘yilishi  mumkin.  Quyidagi  leksemashaklllarning  tovush  turlari  o‘zaro  bir  fonemasi  bilan 

farqlanadi:  [b]or - [z]or - [d]or - [t]or; b[o]r - b[e]r - b[u]r - b[o‘]r; bo[r] - bo[t] - bo[q] - bo[g‘].  

Fonema nutq oqimida belgilanadigan tovushdan o‘zining mavhumlashish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan 

farq qiladi. Chunonchi, kanop va kitob leksemashakllaridagi [p] tovushi bir xil talaffuz qilinadi. Ammo til tizimida 

kanop leksemashaklidagi [p] va kitob leksemashaklidagi [b] har xil fonemalar hisoblanadi.  

     

Takrorlash uchun savollar

 

                         



1

 Fonologiya  grekcha fhone – tovush, ovoz va logos – ta’limot so`zlaridan olingan.  



 

1. Fonetika nimani o`rganadi? 



2. Tovush va fonemaning farqini ayting. 

3. Fonologiya haqida nimalarni bilasiz? 

 

4. Fonema qanday belgilarga ega? 



5. Fonetik akustika haqida qanday ma’lumotga egasiz?   

6. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 

7. Nutq a’zolarining vazifalari nimalardan iborat? 

8. O`zbek tilining fonetik vositalariga nimalar kiradi? 

9. Fonetik vositalar haqida nimalar bilasiz? 

10. Fonetik birliklarga nimalar kiradi?  

11. Urg`u nima va uning qanday turlari bor? 

  



Tayanch tushunchalar  

 

Fonetika –  tilshunoslikning nutq tovushlarini o‘rganadigan bo‘limi. 

Fonologiya – tovushlarning so`z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadigan bo‘lim. 

Tovush - nutq a'zolari yordamida hosil qilinadigan eng kichik, bo‘linmaydigan nutq birligi 

Fonema – so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turi. 

Fonetik akustika - nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan soha. 

Nutq a’zolari  - nutq tovushlarini hosil qilishda qatnashadigan inson a’zolari. 

Artikulyatsiya - nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati. 

Unli  tovushlar  –  o‘pkadan  chiqadigan  havo  to‘lqining  hech  qanday  to‘siqqa  uchramasdan  chiqishi 

natijasida hosil bo‘ladigan tovushlar. 



Undosh  tovushlar  -  o‘pkadan  chiqadigan  havo  to‘lqining  turli  to‘siqlara  uchrashi  natijasida  hosil 

bo‘ladigan tovushlar. 



Qo`sh tovushlar  - so‘zning turli qismlarida yonma-yon keladigan bir xil tovushlar. 

Fraza – ikkita cho‘ziq pauza orasidagi nutqiy bo‘lak. 

Takt  - ikkita qisqa pauza orasidagi nutqiy bo‘lak. 

Fonetik so`z – o‘z mustaqil urg‘usiga ega bo‘lgan so‘z yoki bir  umumiy urg‘u ga ega bo‘lgan birdan ortiq 

so‘z. 


Bo`g`in  - o‘pkadan chiqadigan havo to‘lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan bir tovush yoki tovushlar 

yig‘indisi. 



Urg`u  - so‘z tarkibidagi bir unli tovushning yoki gap tarkibidagi bir so‘zning kuchliroq talaffuzi. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling