3-ma’ruza Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtalar bilan ishlash. Masofaviy ta’limni rivojlantirish istiqbollari


Download 22.74 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi22.74 Kb.
#1755753
Bog'liq
3-ma’ruza Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtal


3-ma’ruza
Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtalar bilan ishlash. Masofaviy ta’limni rivojlantirish istiqbollari
Reja:

  1. Internet tarmoqlarida axborot makoni

  2. Elektron pochtalar bilan ishlash

  3. Masofaviy ta’limni rivojlantirish istiqbollari

Ishdan maqsad: Elektron pochta bilan tanishish, telekonferentsiya tizimlari xaqida tushunchaga ega bo’lish, elektron pochta texnologiyasi Bilan ishlash.
Elektron pochta - bu dasturiy va boshqa vositalar to‘plami bo‘lib, u kompyuterlar o‘rtasida ma‘lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Ma‘lumotlar oddiy matn ko‘rinishida yoki matnli bo‘lmagan (grafik , dastur, video, rasm , tovush) shaklida bo‘lib, unda ma‘lumotlarni yetkazish uchun bir necha sekundlardan tortib 10 minutgacha vaqt sarflanadi. Elektron ma‘lumotlarni olish, shu bilan birgalikda javobni tayyorlash va jo‘natish masofaviy ta‘limda ishtirok etuvchilarni har biri uchun qulay paytda amalga oshiriladi. Shuning uchun Elektron pochta interaktiv bo‘lmagan telekommunikatsion texnologiyalar safiga kiradi va (OFF LINE) rejimida ishlaydi. Elektron pochta telekommunikatsion texnologtyalarning eng arzon va uncha murakkab bo‘lmagan turlaridan biri hisoblanadi. Lekin Elektron pochta joriy vaqt rejimida (OFF LINE)to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishga ega bo‘lmaganligi uchun uning Masofaviy ta‘limda Pedogogik jarayonda samarasi cheklangandir. Masofaviy ta‘limni amalga oshirishda Elektron pochta quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatish mumkin:
1.Tinglovchiga o‘quv uslubiy materiallarni va mag‘muriy xujjatlarni yetkazish uchun.
2.O‘qituvchiga bajarilgan uy vazifalarini tezkor yetkazish
3.O‘qituvchi va tinglovchi o‘rtasida o‘zaro aloqani o‘rnatish
4.Tinglovchilar o‘rtasida muloqotni amalga oshirish
5. OFF LINE rejimida telekonferensiyalarni tashkil qilish va boshqalar Elektron pochtaning Masofaviy ta‘limda kurslarni o‘tkazish uchun o‘qituvchiga foydali bo‘lgan, quyidagi quyidagi asosiy imkoniyatlarga ega: -Xabarlarni tarqatish ro‘yhatini tuzish -Xatlarga ilovalarni yaratish (Fayllarni biriktirish) -Xabarlarga tayyor fayldan matn yoki rasmni kiritish -Xabarlarni qayta ishlash qoidalarni o‘rganish Telekonferentsiya tizimlari Masofaviy ta‘limda o‘qituvchi tinglovchi va tinglovchilar aro aloqani o‘rnatish uchun telekonferensiyalardan foydalanish mumkin.Bu texnologiya yordamida o‘qituvchi har-bir tinglovchi bilan shug‘ullanishdan ozod bo‘lib,tinglovchi lar jamoasiga bir vaqtni o‘zida ta‘lim beradi. Telekonferensiyalar , zuvlar almashinuvi shaklida elektron pochta yordamida (OFF LINE) rejimi yoki joriy vaqt (ON LINE) rejimida tashkil qilinishi mumkin. Birinchi holatda ma‘lumotlar tinglovchilarga ro‘yhat bo‘yicha jo‘natiladi. Ikkinchi holatda esa telekonferensiya tizimini tashkil qilish uchun mahsus dasturmy tag‘minotdan foydalaniladi.Bunda texnologiyaning o‘zi joriy vaqtda matnli ma‘lumotlarni almashishdan iborat bo‘lib , ma‘lumotlar barcha telekonferensiya ishtirokchilari kompg‘yuterlarining ekranida darhol hosil bo‘ladi. Joriy vaqt rejimidagi telekonferensiya mahsus dasturlarning interfeysi asosan 3 ta elementdan iborat: - Xabar matnini kiritish va tahrirlash maydoni - Asosiy maydon. (Bu yerda hamma qatnashchilar yuborgan matnli xabarlar joylashtiriladi) - Qatnashchilar ro‘yhatini aks ettiruvchi maydon. Ma‘lumotlarni almashinishda konferensiya yakunlangandan so‘ng har-bir qatnashchi matn ma‘lumotlarini fayl tarzida saqlab qolish imkoniyatiga ega.
Masofaviy ta‘limda qo‘llaniladigan asosiy vositalaridan biri, interfeysdagi Web muhitdir. Bu muhit orqali turli ko‘rinishdagi ma‘lumotlarni birlashtirish va ularni istagan masofaga jo‘natish mumkin. Bundan tashqari Web muhit ma‘lumotlarini universal ko‘rinishlarini yaratish bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega. Web muhit yordamida Masofaviy ta‘limning bir necha vazifalarini amalga oshirish mumkin: -O‘quv va test o‘tkazish vositalarini yaratish -Istalgan ko‘rinishdagi matnli, grafikli, audio va video materiallari o‘quv kurslarini saqlash va namoyish etish -Tinglovchilarda hosil bo‘lgan javoblarga tezkor javoblarni jo‘natish -Hamma tarmoq bo‘yicha yuklanadigan ilovalarni yaratish Web muhitda Masofaviy ta‘limni tashkil qilish shuni ko‘rsatdiki, bu muhitdagi o‘quv materiallari ang‘anaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan farq qilgan holda o‘ziga hos hususiyatlarga ega bo‘ladi. SHunday hususiyatlardan biri bu o‘quv jarayonini interaktiv vositalar yordamida olib borishdir. Media server Harakatdagi tasvirlarni va audio axborotni kodlash va dekodlash texnologiyalari web serverlar tarkibiga harakatlanuvchi videoni kiritish imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda web hujjatlarni harakatlantiruvchi video bilan tag‘minlash ikki xil turdagi modellar bilan amalga oshirish mumkin: -Web serverlar va video serverlar funktsiyalarini birlashtirish, -Ikki mustaqil lekin o‘zaro bog‘langan serverlarni tashkil qilish. Ikkinchi modelg‘ grafikli oqimni boshqarishda juda katta imkoniyatlarga ega ,u kommunikatsion tarmoqlarning yuklamalarini kamaytiradi. SHuningdek, mijozlarga qulay bo‘lgan xizmatni taklif etadi. Zamonaviy video serverlar jonli video va audio materiallarni (masalan: jonli mag‘ruzani uzatish imkoniyatlariga) ega bo‘lib, ushbu texnologiyani yaratadi. Media serverlar web o‘quv materiallarining samaradorligini oshirish uchun ham foydalaniladi va turli jarayonni o‘rganishda yordam beradi. Media-video va audioni kodlab jo‘natish. Kompg‘yuterli videokonferentsaloqa tizimlari Auditoriyalarda olib boriladigan ang‘anaviy o‘quv jarayonidagi o‘qituvchi va student orasidagi muloqot kerakli darajada kompg‘yuterli Video konferensiya aloqa Videokonferensiyaning yaratilishi bilan bog‘liq. Audio va video raqamli signallarni uzatish sohasidagi zamonaviy yutuqlar kompg‘yuterli Videokonferensiya aloqa tizimlaridan keng foydalanish imkonini beradi. Kompg‘yuterli Videokonferensiya aloqa sifati ko‘p jihatdan kompg‘yuterli lokal tarmog‘ida ham internet tarmog‘ida ham foydalanuvchilarga o‘zaro aloqa yag‘ni, ma‘lumotlarni almashish turiga bog‘liqdir. Bu tezlik o‘z navbatida kanalning o‘tkazish darajasi hamda bu kanaldagi foydalanuvchilar soniga bog‘liqdir. Afsuski xozirgi paytda talab qilinadigan sifat darajasi ma‘lum bir lokal tarmoq ichidagi taminlamoqda. INTERNET tarmog‘ida bu qoniqarsiz.Sifat darajasi ISDN bilan nomlanadi. Zamonaviy kompg‘yuterli video kanferentsiya aloqa tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilaridan iborat :
- Audio ma‘lumotlarni almashtirish;
- Video ma‘lumotlarni almashtirish;
- Vertual auditoriya doskasini yaratish;
- Klaviatura orqali matnli ma‘lumotlarni kiritib muxokamani tashkil etish;
- Fayllarni jo‘natish;
- Amaliy dasturlardan birgalikda foydalanish;
- Ko‘p tomonlama konfrentsiyalardan foydalanish;
Masofaviy ta‘lim uchun o‘quv uslubiy materiallar. Masofaviy ta‘lim tinglovchisi fan dasturlari chop etilgan yoki Elektronik ko‘rinishdagi darsliklar va o‘quv qullanmalar (darslik,mashqlar to‘plami ) laboratoriya ishlarini bajarish uchun qullanmalar va boshqalar . SHuningdek mashg‘ulotlar bo‘yicha ishlash tashkil qilish uchun uslubiy qullanmalarni o‘z ichiga olgan o‘quv uslubiy narsalarga ega bo‘lish kerak. Masofaviy ta‘limda o‘quv kusining eng to‘la varianti quyidagilardan iborat bo‘ladi.
- Nazorat materiallar;
- Nazariy bilimlarni to‘g‘rilash uchun topshiriqlarni bajarish misollari va eng ko‘p uchraydigan xatoliklarni taxlili kursatilgan material;
- Vertual laboratoriya ishlari;
- Ma‘lumotnomalar va Glossorlar. Glossorlar - ( fanning yil bo‘yicha tarixan rivojlanishi).;
- Bilimlarni rivojlantirish va test o‘tkazish tizimlari. O‘kuv kursining har bir tashkil qiluvchisi o‘rganilayotgan soxasi va ushbu kurs o‘rganilayotgan ta‘lim yunalishiga bog‘liq xolda turli tarzda amalga oshiradi. Masalan: Texnikaviy ta‘lim yo‘nalishlari uchun praktikum mashqlar to‘plami iqtisodiyot topish yo‘nalishlari uchun interaktiv o‘yinlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling