3-Ma`ruza. Kashfiyotlar xaqida tushunchalar. Ehm uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari. Ixtiro
Download 73.63 Kb.
|
3-патент (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari
3-Ma`ruza. Kashfiyotlar xaqida tushunchalar. EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari. Ixtiro. Reja: 3.1. Kashfiyotlar xaqida tushunchalar. 3.2. EHM uchun dasturlar. EHM ma’lumotlar bazalari. 3.3. Ixtiro umumiy tushunchalar 3.1. Kashfiyotlar xaqida tushunchalar. Kashfiyot haqida tushuncha. Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o‘zgartirish olib kiradigan ilgari noma’lum bo‘lgan ammo ob’ektiv mavjud bo‘lgan moddiy dunyoning hodisa, xossa va qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi ta’limotga aytiladi. Kashfiyotni himoya qilish maqsadi: Ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun; Muallif va davlat ustunligini o‘rnatish; Kashfiyot muallifining xususiyatlarini tan olish va unga tegishli imtiyozlar berish; Kashfiyot bilan bog‘liq ilmiy-texnologik masalalarni hal qilishda ko‘maklashish; Fan va texnikada, foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi; Kashfiyot quyidagi hollarda e’tirof etiladi: 1. Ilgari noma’lum bo‘lgan, agar birinchi topilgan kungacha davlatimizda yoki xorijda e’lon qilinmagan bo‘lsa, uchinchi shaxsga etkazilmagan bo‘lsa; 2. Agar jiddiy xususiyatga ega bo‘lib dunyoni ilmiy o‘rganishga muhim hissa qo‘sha olsa, bilim darajasiga tubdan o‘zgartirishlar olib kirsa shu jumladan fan va texnika ravnaqi borasidagi yangi yo‘nalishlar va yangi texnika echimlarga asos solsa; 3. Ilgari ma’lum bo‘lgan nazariy tushunchalarni umuman o‘zgartirib yuborsa; 4. Ilgari ilmiy jihatdan tushuntirilmagan ilmiy haqiqatlarni izohlay olsa. Kashfiyot quyidagi hollarda e’tirof etilmaydi: Foydali qazilmalar, ijtimoiy fanlar sohasidagi jo‘g‘rofiy va arxeologik kashfiyotlar tan olinmaydi. Kashfiyotni himoya qilish maqsadi: Ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun; Mualliflik va davlat ustunligini o‘rnatish; Kashfiyot muallifining xizmatlarini tan olish va unga tegishli imtiyoz berish; Kashfiyot bilan bog‘liq ilmiy texnik masalalarni hal qilishda ko‘maklashish Fan va texnikada foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi. Kashfiyot ob’ektlari uchta tushunchadan iborat bo‘lib ular quyidagilardir: 1. Hodisa deb ilgari noma’lum bo‘lgan bilim darajasini tubdan o‘zgartirishga olib keladigan ob’ektiv mavjud bo‘lgan moddiy dunyo mohi-yatining namoyon bo‘lish shakliga aytiladi. 2. Xossa deb, ilgari noma’lum bo‘lgan bilim darajasini tubdan o‘zgartirishga olib keladigan moddiy dunyoni borlig‘ining ob’ektiv mavjud sifatli tomoniga aytiladi. 3. Qonuniylik deb, ilgari noma’lum bo‘lgan bilim darajasini tubdan o‘zgartirishga olib keladigan moddiy dunyo hodisalari va xossalari o‘rtasidagi ob’ektiv mavjud bo‘lgan barqaror munosabatiga aytiladi. Kashfiyot ustunligi ilmiy qoidaning birinchi marta ta’riflab berilgan kundan, uning matbuotda e’lon qilingan vaqti uchinchi shaxsga etkazilgan kundan belgilanadi. Kashfiyotni aniqlash tartiblari. Kashfiyotlarni aniqlash deb – insonlarga javob beruvchi muhim ilmiy qoidalarni ma’lum qilmoq ilgari noma’lum bo‘lgan ob’ektiv mavjud bilim darajasiga tubdan ¢zgartirish kiritadigan ilmiy dalillarni belgilashga aytiladi. Kashfiyotni aniqlash to‘rt bosqichda o‘tkaziladi: 1 - bosqich – asos, qidiruv tadqiqotni ilmiy-amaliy muxandis tadqiqotdan ajratish lozim tadqiqotning ob’ektini tabiiy yoki texnik obekt b¢lishi mumkin va uni tartibli amalga oshirish kerak. Tadqiqot-ning ob’ekti tabiiy yoki texnik b¢lishi mumkin va uni tartibli amalga oshirish kerak. 2 - bosqich – Kashfiyot predmeti xodisa, xossa, qonu-niylikni oldindan belgilashga aytiladi. 3 - bosqich – Kashfiyot shakliga muvofiq kashfiyot predmeti qat’iy shakllanadi. 4 - bosqich – Bunda ilmiy qoida jamoatchilik tomonidan muhokama qilinadi. 3.2. EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari Kompyuterlar va axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga jadal sur’atlarda kirib kelmoqda. Bugungi kunda inson faoliyatining elektron hisoblash mashinalari (EHM)dan foydalanmaydigan sohalari deyarli qolmadi. Agar 80-yillarning o‘rtalarigacha EHMdan faqat fan va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanilgan bo‘lsa, shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan EHM larning keng tarqalish davri boshlandi. Hozir hech amaliy masalani EHM siz hal qilib bo‘lmaydi, fan va ishlab chiqarish sohasidan tashqari, deyarli barcha korxona va tashkilotlarning ish yuritishi EHMdan keng foydalanishga asoslangan. Download 73.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling