3-Ma`ruza. Kashfiyotlar xaqida tushunchalar. Ehm uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari. Ixtiro


Download 73.63 Kb.
bet2/5
Sana24.03.2023
Hajmi73.63 Kb.
#1291213
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-патент (2)

Bugungi kunda kompyuter insonlarning o‘zaro munosabatlari, axborot bilan almashishning bosh vositasiga aylandi.
Kompyuter har qanday ishda insonning eng yaqin yordamchisidir. Lekin kompyuterning o‘zi to‘laqonli yordamchi emas. Uning qandaydir masalani hal qilishdagi foydaliligi to‘laligicha u ishlaydigan dasturga bog‘liqdir. Dasturiy ta’minot kompyuterning jonidir.
Har qanday EHM ni ikki qismga bo‘lish mumkin: apparat-texnik (hardware) va dasturiy ta’minot (software).
Dasturiy ta’minot yoki EHM uchun dastur bu EHM, uning tarmoqlari va boshqa kompyuter vositalarining muayyan natijalar olish maqsadida ishlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va buyruqlar majmuidir.
EHM, yangi kommunikatsiya vositalarining keng tarqalishi axborot resurslarining keskin ko‘payishiga olib keldi. Bizni o‘rab turgan axborot (ilmiy-texnik, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqalar) yil sayin geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payib bormoqda. SHu munosabat bilan zarur ma’lumotlarni izlash, ularga ishlov berish va tahlil qilishni engillashtish maqsadlarida bunday axborotlarni sistemalashtirish vazifasi yuzaga keladi. Bu dasturiy ta’minotdan yana bir intellektual mulk ob’ekti – ma’lumotlar bazalari ajralib chiqishiga olib keldi.
Ma’lumotlar bazalari bu ma’lumotlar (masalan, maqolalar, hisob-kitoblar) majmui bo‘lib, u shunday tartibga solinganki, elektron hisoblash mashinalari yordamida ularni topish va ishlov berish mumkin.
EHM paydo bo‘lgan dastlabki vaqtda uning apparat-texnik qismi dasturiy ta’minotidan juda (bir necha tartibga) qimmat edi. Lekin shundan beri EHM rivojida doimiy ravishda bir yo‘nalish kuzatilmoqda – apparat-texnik qismlar qiymati tushib, dasturiy ta’minot qiymati tobora oshib bormoqda. Bugungi kunda dasturiy ta’minot EHMning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, EHMni qo‘llash sohasi, u yoki bu muayyan masalani hal qilish qobiliyatini belgilab beradi. SHunga muvofiq EHM va ma’lumotlar ba’zalari uchun dasturlar ishlab chiqarish katta intellektual sarf-xarajatlarni talab qiladi va katta tijorat qimmatiga ega. Lekin har qanday intellektual mulk ob’ekti kabi bu ob’ektlarning tijorat qimmati ham ularning huquqiy muhofazasiga bevosita bog‘liqdir.
Bugungi kunda jahonning 30 dan ortiq mamlakatida EHM va ma’lumotlar bazalari dasturlari va algoritmlari huquqiy jihatdan himoyalangan.
Oldingi bo‘limda ko‘rsatib o‘tilganidek, EHM va ma’lumotlar ba’zalari uchun dasturlar mualliflik huquqi me’yorlari asosida huquqiy muhofazalanadi, chunki ular quyidagi asosiy tamoyillarni qanoatlantiradi deb tan olinadi:

  • qandaydir ob’ektiv shaklda o‘z ifodasini topgan;

  • fan, san’at sohasiga tegishli;

  • o‘ziga xos.

Lekin EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlar mualliflik huquqining odatdagi obektlaridan bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi, ya’ni EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlar adabiyot va san’at asarlari kabi bevosita ob’ektiv shaklda namoyon bo‘lmaydi, balki EHMning apparat-texnik qismi orqali u bajaradigan ishlarda, u aks ettiradigan audiovizual tasvirlarda bilvosita namoyon bo‘ladi.
Barcha dasturlar va ma’lumotlar bazasi dastlabki matn shaklida dasturlashtirishning biror-bir tilida yaratiladi [1].
Dasturlashning biror-bir tilida yaratilgan va biror-bir kompilyator bilan qayta ishlanmagan matn dastlabki matn hisoblanadi.
Lekin, EHM dastlabki matnni bevosita qabul qilmaydi, balki ob’ektga kodini – dastlabki matnni mashina kodiga aylantirish natijasida olingan dasturni qabul qiladi.
Birinchi marta 1972 yil Jenevada EHM dasturlarini huquqiy muhofazalash bo‘yicha ekspertlar guruhining birinchi sessiyasida Parij va Bern konvensiyalarining qoidalari EHM dasturlarini muhofazalashni kafolatlay olmasligi ta’kidlandi. EHM dasturlarining huquqiy muhofazasini ta’minlaydigan va mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka asoslanadigan hamda maxfiy ishlab chiqarishlar va noqonuniy raqobatning oldini olish to‘g‘risidagi qonunchilikni hisobga oladigan maxsus qonuniy hujjatlarni joriy etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Keyinchalik jahon amaliyotida EHM ob’ektlarini muhofazalash masalalarini hal qilishda ikki yo‘nalish keng tarqaldi [2]:

Download 73.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling