3-Ma`ruza. Kashfiyotlar xaqida tushunchalar. Ehm uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari. Ixtiro


Download 73.63 Kb.
bet3/5
Sana24.03.2023
Hajmi73.63 Kb.
#1291213
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-патент (2)

- mualliflik huquqi to‘g‘risidagi mavjud qonun-chilikka o‘zgartirishlar kiritish;
- EHM dasturlari uchun mualliflik huquqi to‘g‘ri-sida maxsus qonun ishlab chiqish.
Bu yo‘nalishlar O‘zbekiston qonunchiligida o‘z aksini topdi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlar mualliflik huquqi obektlariga kiritilgan. Demak, tegishlicha EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarga mualliflik huquqining barcha tamoyillari tarqaladi.
SHuni qayd etib o‘tamizki, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lgan va ob’ektiv shaklda taqdim etilgan EHM va ma’lumotlar bazalari uchun har qanday dasturlarga, ularning maqsadi va qimmatidan qat’iy nazar, tarqaladi. EHM yoki ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarga mualliflik huquqi uning aksi isbotlanmaguncha tarqaladi.
EHM yoki ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni noqonuniy ko‘chirib olish yoki tarqatish, shu jumladan o‘zgalarning nomi bilan chiqarish mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarining nusxalariga qonuniy egalik qiluvchi shaxslarga huquq egasidan qo‘shimcha ruxsatnoma olmasdan dasturning maqsadiga muvofiq ravishda ishlashini ta’minlash bilan bog‘liq har qanday harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan EHMga yozish va xotirasida saqlash, shuningdek uning ko‘rinib turgan xatolarini tuzatish huquqi beriladi. Bunda agar huquq egasi bilan tuzilgan shartnomada boshqa holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, qonun bilan faqat bitta EHM yoki tarmoqdagi bitta foydalanuvchining dasturlarni yozib olishi va xotirada saqlashiga yo‘l qo‘yiladi.O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun bu ob’ektlarni huquqiy muhofazalashning muhimligi va o‘ziga xosligini xisobga olgan holda “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi qonun bilan EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqlari (mualliflik huquqining boshqa har qanday ob’ektlari kabi) ular yaratilgandan so‘ng vujudga keladi va qandaydir ro‘yxatga olish yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilishni talab qilmaydi [3]. Muallif o‘z dasturini o‘z istagiga ko‘ra va faqat o‘z mualliflik huquqining muhofaza darajasini oshirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Masalan, dasturlarni davlat ro‘yxatiga olish nizoli holatlarda, ishni sudda ko‘rishda (asl variant (dastlabki matn)ni aniq belgilash zaruriyati tug‘ilgan va hokazo) o‘z mualliflik huquqi hajmlarini identifikatsiyalashni osonlashtiradi [4].
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatga olish uchun Davlat patent idorasida EHM uchun dasturlar va ma’lumot--lar bazalarini huquqiy muhofazalash agentligi (bundan keyin -Agentlik) tashkil etilgan. O‘z dasturi yoki ma’lumotlar bazasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun muallif (yoki boshqa huquq egasi) Agentlikka tegishli talabnoma berishi zarur [5].
Bunday talabnoma bitta EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar baza-lariga taalluqli bo‘ladi va quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi [6]:
-huquq egasi, muallifi, asar nomi va boshqa belgilangan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatga olishga talabnoma;
-dastur yoki ma’lumotlar bazalarini aynanlashtiruvchi va dastur yoki ma’lumotlar bazasining maqsadi, qo‘llanish sohasi va funksional imkoniyatlari ko‘rsatilgan referatni o‘z ichiga olgan deponentlangan materiallar, shuningdek dastur yoki ma’lumotlar bazasining dastlabki matni listing(bosma nusxasi)ning dastlabki 25 va oxirgi 25 beti. Listingga dasturni identifikatsiyalash uchun zarur boshqa materiallar, masalan displey ekranida olinadigan tasvirning qog‘ozga bosib chiqarilgan nusxalari (standart videokassetalardagi yozuvlar yoki fotografiyalar berilishi mumkin) ilova qilinishi mumkin.
- dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatga olish uchun tegishli ro‘yxatga olish bojlari to‘lanadi.
Agentlik ro‘yxatga olish uchun buyurtma tushgandan so‘ng rasmiy ekspertiza o‘tkazadi (bunda zarur hujjatlarning mavjudligi hamda qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi) va tekshirish natijalari ijobiy bo‘lsa, Agentlik EHM uchun dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini tegishlicha Dasturiy maxsulotlar davlat reestri yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reestriga kiritadi, buyurtma beruvchiga dastur yoki ma’lumotlar bazalarining rasmiy ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi hamda Agentlikning rasmiy byulletenida ro‘yxatga olingan EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.
Agentlik shuningdek EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ham ro‘yxatga oladi. Bunda qonun bilan bunday shartnomalarni tomonlarning roziligi bilan ro‘yxatga olish mumkinligi belgilab qo‘yilgan, ro‘yxatga olingan dasturlarga mulkiy huquqlarning to‘laligicha boshqa shaxslarga berilishi to‘g‘risidagi shartnomalar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi shart.
Xulosada yana bir bor shuni ta’kidlab o‘tamizki, hisoblash texnikasi ob’ektlarini (EHM uchun dasturlar va algoritmlar va ma’lumotlar bazalari) huquqiy muhofazalash fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi va demak, davlatimiz iqtisodiy farovonligining oshishiga ko‘maklashuvchi omildir.
3.3.Ixtiro. umumiy tushunchalar
Ixtiro inson yaratgan dastlabki intellektual mulk ob’ektidir. Ixtirolar tarixi ibtidoiy odam ¢zining birinchi mexnat qurolini ¢ylab topgan vaqtdan boshlangan b¢lsa kerak. O‘sha vaqtlardan beri aynan ixtirolar texnikani, demak umuman jamiyatni rivojlantirishning omili hisoblanadi [1].
Intellekt–insonni hayvonat dunyosidan ajratib turadigan asosiy belgi bo‘lib rivojlanishni sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘taradi. Intellekt so‘zi lotincha intellectus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, insonning aqli, ongi, fikrlash qobiliyatini bildiradi.
Eng avvalo intellektual mulk intellektual faoliyat natijasidir. Barcha intellektual faoliyat ham intellektual mulk bo‘la olmasligi aniq. Inson fikrlaydi, uning xayolida behisob g‘oyalar, loyihalar tug‘iladi, lekin ularning hammasi ham hayotda amalga oshmay, qolib ketadi. Faqat boshqalar tomonidan ob’ektiv ravishda qabul qilinadigan, ya’ni o‘zining muayyan chegaralariga ega bo‘lgan g‘oya va fikrlargina mulk bo‘la olishi ravshandir.
Intellektual faoliyatning keyinchalik qandaydir biror-bir ob’ektiv (moddiy) shaklda ifodalana oladigan natijalarigina intellektual mulk bo‘ladi deb aytish mumkin.
Ixtirolarni yaratishning asosiy sababi, eng avvalo jamiyatning tobora oshib borayotgan moddiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlaridir. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu ehtiyojlar bir tomondan yanada to‘laroq, ikkinchi tomonidan esa kamroq xarajat bilan qondirib borilishi zarur.
Ixtiro bu yangi g‘oya, texnik echim bo‘lib, amaliyotda texnikaning istalgan sohasidagi muayyan muammoni hal qilish imkonini beradi va belgilangan mezonlarga jovob beradi.
SHuni qayd etib o‘tamizki, texnika k¢p qirrali tushuncha b¢lganligi sababli turli-tuman ob’ektlar ixtiro b¢lishi va ularning har biri ¢ziga xos b¢lishi mumkin [2].
Nihoyat, biz intellektual mulkning muhim atamasi – patent degan tushunchani qarab chiqamiz. Patentni haqli ravishda intellektual mulkning asosiy bosh hujjati deb aytish mumkin, u intellektual mulk huquqlarining asosiy mohiyatini yig‘iq holda aks ettiradi va industrial rivojlanishda etakchi rol ¢ynaydi. Patent s¢zi lotincha patentis s¢zidan kelib chiqqan b¢lib, ochiq, aniq degan ma’noni bildiradi. Patent ixtirochi va jamiyat ¢rtasidagi ¢ziga xos almashinuv hisoblanadi. Ixtirochi ¢z ijodini jamiyatga ochib beradi, bu bilan texnik taraqqiyot darajasini oshiradi., buning uchun esa ¢zining patentlangan ixtirosiga davlat tomonidan kafolatlangan mutloq (monopol) huquqqa ega bo‘ladi.
Patent davlat nomidan sanoat mulki ob’ektiga beriladigan va muayyan xududda muayyan vaqt oralig‘ida amal qiladigan muhofaza hujjatidir.
Patent ¢z mohiyatiga k¢ra, ob’ektlarga mutloq egalik huquqini beradigan hujjat b¢lganligi sababli muayyan davlatda bunday mutloq huquqlarni berish masalasi shu davlatning alohida vakolati hisoblanadi. Ma’lumki, bir davlatning patenti ikkinchi davlatning hududida amal qila olmaydi.
Ixtironing ta’rifi, uning turlari haqidagi asosiy tushunchalarni qarab chiqamiz. Ixtiro, ya’ni aqliy mulk mahsuloti quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) ixtiro sifatida k¢rsatilgan ob’ekt yangi ixtirochilik darajasiga ega b¢lsa va uni sanoatda q¢llash mumkin b¢lsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi va ixtiro deb tan olinadi;
2) ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum b¢lmasa, yangi deb hisoblanadi;
3) ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon b¢lmasa, ixtirochilik darajasiga ega b¢ladi;
4) texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor b¢lgan har qanday ma’lumotlarni ¢z ichiga oladi;
5) ixtironi sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda q¢llash mumkin b¢lsa, sanoatda q¢llash mumkin deb hisoblanadi.
Ixtiro turlari
Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, ¢simliklar va hayvon hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum b¢lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda q¢llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi.

Download 73.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling