3-Ma`ruza. Kashfiyotlar xaqida tushunchalar. Ehm uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari. Ixtiro


Download 73.63 Kb.
bet4/5
Sana24.03.2023
Hajmi73.63 Kb.
#1291213
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-патент (2)

Qurilma. Qurilmalarga, konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki ularning funksional konstruktiv birlikda b¢lgan majmuidan iborat buyumlar kiradi.
Qurilmalarga mashinalar, asbob-uskunalar, apparat, idishlar, transport vositalari, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, idish-tovoqlar, mebel, poyafzal, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar, bino qismlari va boshqalar kiradi.
Usul. Usullarga moddiy ob’ekt (qurilma, muhit, elektr zaryadi, magnit maydoni va boshqalar) ustida moddiy ob’ektlar yordamida ¢zaro bog‘liq harakatlarni bajarish jarayonlari kiradi.
Modda. Ixtiro turi sifatida moddalarga:
individual kimyoviy birikmalar, bularga shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen muxandisligi ob’ektlari kiritilgan;
kompozitsiyalar (aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);
yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.
Mikroorganizm shtammi, ¢simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari. Mikroorganizm shtammi - bu ¢ziga xos xususiyatlari b¢yicha tanlab olish bilan saqlanib turiladigan, q¢llaganda foydali moddalar hosil qiladigan yoki boshqa foydali xususiyatlarga ega b¢lgan virus, bakteriya va zamburug‘larning irsiy jihatdan bir jinsli turlaridir.
Ixtiro turi sifatidagi mikroorganizm shtammlariga, ¢simlik va hayvonlar hujayralarining turlariga quyidagilar kiradi:

  • mikroorganizmlarning individual shtammlari, ¢simlik va hayvonlar hujayralari turlari;

  • mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari turlarining konsorsiumlari.

Avvaldan ma’lum b¢lgan qurilmalar, usullar, moddalar, shtammlarning yangi maqsadda q¢llanilishiga ularning yangi vazifada ishlatilishi kiradi. Avvaldan ma’lum b¢lgan (tabiiy va sun’iy y¢l bilan olingan) moddalarni ijtimoiy iste’molni qanoatlantirish uchun birinchi marta ishlatilishi yangi maqsadda ishlatishga tenglashtiriladi.
Ixtiro birligining talabi
Talabnoma bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bog‘langan ixtirolar guruhiga tegishli b¢lishi kerak (ixtiro birligi talabi). Quyidagi shartlar bajarilsa ixtiro birligi talabi bajarilgan deb tan olinadi:
bitta mustaqil punktdan iborat ixtiro formulasida bitta ixtiro keltirilgan;
bir necha mustaqil punktlardan iborat ixtiro formulasida ixtirolar guruhi keltirilgan b¢lib, ulardan biri boshqasini olish (tayyorlash) uchun ishlatiladi (masalan qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani to‘laligicha, yoki ularning bir qismini olish (tayyorlash) usuli);
ulardan biri boshqasini amalga oshirish uchun ishlatiladi (masalan usulni t¢laligicha yoki uning harakatlaridan birini amalga oshirish uchun ishlatiladigan usul va qurilma);
ulardan biri boshqasidan foydalanish uchun ishlatiladi (masalan, usulda ishlatishga m¢ljallangan usul va modda; usul yoki qurilma va uning bir qismi; qurilma yoki moddaning yangi maqsadda q¢llanilishi va ularni shu vazifada ishlatish usuli; qurilma yoki moddaning yangi maqsadda q¢llanilishi va ularning tarkibiy qismi b¢lgan qurilma yoki kompozitsiyalar);
bir xil ko‘rinishdagi ob’ektlarga tegishli bo‘lgan, bir xil vazifadagi, bir xil texnik natijani bir xil yo‘l bilan olishni ta’minlovchi echimlar (variantlar).
Patentga layoqatli ixtirolar emas deb tan
olinadigan ob’ektlar
Quyidagilar patentga layoqatli ixtirolar deb tan olinmaydi [3]:

  • ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

  • xo‘jalikni tashkil etish va boshqarish usullari;

  • shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

  • aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

  • elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

  • binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;

  • estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid echimlar;

  • integral sxemalarning topologiyalari;

  • o‘simlik navlari va hayvon zotlari;

  • jamoa manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar.

Ixtiroga patent berish uchun talabnoma
Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patenti berish uchun talabnoma tuzish Qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 yil 6 maydagi 1063-XII sonli qaroriga muvofiq kuchga kiritilgan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari t¢g‘risida"gi Qonunining 2 - moddasi 2 - qismiga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasi ixtiroga patent berish uchun talabnoma tuzish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlari asosida tuzib chiqildi.
Har qanday talabnoma faqat yagona maqsad – yaratilgan ixtiroga muhofaza hujjati (patent) olish uchun tuziladi va Patent idorasiga topshiriladi. YA’ni patent ekspertizasi o‘tkazish vaqtida talabnomada ko‘rsatilgan ob’ekt (qurilma, usul yoki modda) ning patentga layoqatlilikning belgilangan mezonlariga mos kelishi tan olinishi uchun beriladi. SHunga muvofiq ixtiro tavsifi shunday tuzilishi kerakki, undan quyidagilarni aniqlab olish mumkin bo‘lsin [4]:
1. Ixtironing patentga layoqatliligi, ya’ni uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda qo‘llanilishi to‘g‘risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilish;
2. Omma uchun ixtironing texnik mohiyatini to‘liq ochib berish va bu bilan texnika darajasini rivojlantirishga muayan hissa qo‘shish, patent tizimi ham aynan ana shu maqsadlarda faoliyat yuritadi. Buning uchun ixtironing tavsifi o‘z ichiga ixtironi amalga oshirish uchun zarur va etarli axborotni (unda bevosita foydalanish, usul bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish va h.k.) olishi zarur.
SHundan kelib chiqqan holda, ixtiro tavsifi quyidagi mantiqiy sxema bo‘yicha tuziladi [5,6]:

  1. Ixtironing maqsadi, uning qo‘llanish sohasi ochib beriladi;

  2. Ixtirogacha bo‘lgan texnik darajasi bayon etiladi, ilgari ma’lum ixtirolarning kamchiliklari keltiriladi va h.k.;

  3. Texnikaning ushbu sohasi oldida turgan va hal qilinishi zarur

texnik, iqtisodiy va boshqa natijalar beradigan vazifalar, dolzarb muammolar ko‘rsatiladi;
4. Ixtironing o‘zi ochib beriladi, ixtiro qanday qilib qo‘yilgan vazifani hal qilishi, zarur texnik natijalarga erishilishiga dalillar keltiriladi, ixtironi amalga oshirishning aniq misollari keltiriladi va h.k.[7].
Talabnoma tarkibi
Talabnoma quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi:

  • ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berish so‘ralgan ariza;

  • ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi;

  • ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi;

  • ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;

  • referat.

Talabnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilishni asoslovchi hujjat ilova qilinadi.Boj belgilangan miqdordan kam to‘langan holda, boj miqdori kamaytirilishini asoslovchi hujjat qo‘shib beriladi.
YUqorida ko‘rsatilgan hujjatlar talabnoma bilan birga berilishi kerak.
2. Patent vakili orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va patent vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki uning nusxasi ipova qilinadi. Patent idorasiga topshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida rasmiylashtirilayotgan ishonchnoma, oddiy xat shaklida tuziladi va notarius tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Ixtiro hujjatlarining berilishi

Download 73.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling