3-Ma`ruza: Koordinatsion birikmalarning nomenklaturasi


Download 150.49 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi150.49 Kb.
#243871
1   2   3
Bog'liq
3-Ma'ruza

Kation komplekslarni nomlashda dastlab ligandlar soni va nomi o‘qilib, so‘ngra kompleks hosil qiluvchining o‘zbekcha nomi o‘qiladi va qavs ichida uning valentligi yoki oksidlanish darajasi ko‘rsatiladi. Ligandlarni nomlashda avval anion, so‘ngra neytral ligandlar va oxirida tashqi sfera ionlari o‘qiladi. Ular ikki so‘zni hosil qiladi: [Cu(NH3)4]SO4 - tetramminmis(II) sulfat; [Pt(NH3)5Cl]Cl3 -xloropenta-amminplatina (IV) xlorid; [Co(NH3)5Br]SO4 - bromopentaamminkobalt (III) sulfat.

Anion komplekslarni nomlashda dastlab tashqi sfera kationi o‘qilib, so‘ngra ligandlar soni va nomi o‘qiladi. Oxirida kompleks hosil qiluvchining lotincha nomiga - at qo‘shimchasi qo‘shiladi va oksidlanish darajasi ko‘rsatiladi. Anionlarni nomlashda dastlab oddiy anion, keyin esa ko‘p atomli anionlar aytiladi. Masalan: K[Ag(CN)2]-kaliy disianoargentat; K3[Fe(CN)6]- kaliy geksasianoferrat(III).

Neytral kompleks birikmalarni nomlashda datslab ligandlar soni va nomi o‘qilib, songra markaziy atom o‘qiladi, lekin uning valentligi yoki

oksidlanish darajasi ko‘rsatilmaydi. Neytral komplekslar bir so‘z bilan nomlanadi. Masalan:

[Cr(H2O)3PO4] - fosfatotriakvaxrom; [Cu(NH3)2(SCN)2]- dirodanidodiamminmis.


Nazorat savollari:


  1. Kompleks birikmalar tarkibida ligand suv bo‘lsa qanday nomlanadi?

  2. Аniоnlаrni аtаshdа ulаrning nоmigа qaysi qo‘shimchа qo‘shilаdi?

  3. Halqarо nаzаriy vа аmаliy kimyo ittifоqi kоmissiyasi tоmоnidаn nomеnklаturа nechanchi yildan bоshlаb tаsdiqlаngаn?

  4. Kompleks birikmalar nomenklaturasida nimalarga asosiy e’tibor qaratish kerak bo‘ladi?

  5. Kompleks birikmalar kompleks ion zaryadiga qarab qanday komlekslarga bo‘linadi?

  6. Neytral kompleks birikmalar deb nimaga aytiladi?

Download 150.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling