Ishorali butun sonlarning tasvirlanishi
Teskari kodda ishorali sonlarni qo‘shish va ayirish
Teskari kodga qo‘shish quyidagicha bo‘ladi: odatiy algoritmga bo‘yicha, barcha razryadlar, jumladan ishora ham qo‘shiladi. k - pazryadli to‘plam uchun bunday qo‘shish natijasida k +1 uzunlikka ega bo‘ladi (agar qo‘shishda operandlarning katta razryadida siljish bo‘lsa, natijaning eng chap razryadi birga, aks holda nolga teng bo‘ladi). Chapdagi k +1 - razryadning qiymati natijaning eng kichik razryadiga qo‘shiladi. k -razryadlar to‘plamini hosil bo‘ladi, bu teskari koddagi ikkita son yig‘indisi bo‘ladi.
Masalan ( k =3):
+310 +(–1 10 ) = 0112 + 110 2 = 1 001 2 001 2 + 1=010 2 =+210.
Teskari kodidagi sonlarni x - y ayirish x+ ( -y ) qo‘shishga keltiriladi .
Ishorali butun sonlarning tasvirlanishi
Ishorali sonlarni to‘ldiruvchi kodlarda qo‘shish va ayirish
To‘ldiruvchi kodda qo‘shish quyidagicha: odatiy algoritmga ko‘ra, barcha ra razryadlar, jumladan, ishora ham qo‘shiladi; k +1- razryadga o‘tgandagi bi o‘chiriladi (ya'ni 2k modul bo‘yicha qo‘shiladi ).
Masalan ( k =3):
+310 +(–110) = 0112+ 1112 = 10102 0102 = +210.
Ayirishda ham odatdagi algoritm ishlaydi va agar kamayuvchi ayirmadan kichik bo‘lsa, kamayuvchining ikkilik kodi chap tomoniga bir yoziladi (ya'ni 2k qo‘shiladi) va shundan keyingina ayirish amalga oshiriladi (bu usuli 2k modul bo‘yicha ayirish deb ataladi).
Masalan ( k =3):
110 -3 10 = 001 2 - 011 2 1 001 2 - 011 2 = 110 2 = -2 10 .
Haqiqiy sonlarning tasvirlanishi
Kompyuter texnikasida haqiqiy sonlar (butun sonlardan farqli ravishda) deb, kasr qismi bo‘lgan sonlarga aytiladi. Ko‘plab dasturlash tillarida ularni tasvirlanganda vergul o‘rniga nuqta qo‘yish qabul qilingan olingan. Masalan, 5 soni butun son, 5.1 va 5.0 sonlari esa haqiqiy son hisoblanadi. Yetarlicha keng diapazondan (ya’ni juda kichik va juda katta) qiymatlarni qabul qiluvchi sonlarni aks ettirish qulayligi uchun sanoq tizimi asosining tartibi bilan sonlarni yozish shakli qo‘llaniladi. Masalan, 1.75 o‘nlik soni ushbu shaklda quyidagicha ifodalanishi mumkin:
1,75•100 = 0,175•101 = 0,0175•102 = ... ,
yoki shunga o‘xshash:
17,5•10 -1 = 175,0•10 -2 = 1750,0•10 -3 = ....
Do'stlaringiz bilan baham: |