3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1548541
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari

II. Yagonalik. Har bir tushunchaga bitta termin mos kelishi kerak. Bundan kelib 
chiqadiki, terminlar miqdori o‘rganilayotgan tushunchalar miqdoriga mos kelishi kerak. 
Bu prinspga rioya qilmaslik tilde sinonim so‘zlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Tabiiy tilda terminologik dubletlar, ya’ni sinonim so‘zlarni ifodalilikning qudratli 
vositasi deb qaraladi, lekin ilmiy tilde sinonim so‘zlar terminologik sistemani 
chalkashtiruvchi alomat deb hisoblanadi. 
Terminlar sinonimi deb ataladigan bu hol tushunchalar haqida notog‘ri tasavvur 
hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin va shuning uchun o‘rganilayotgan obyekt haqidagi 
noaniq va noto‘g‘ri tasavvur hosil qilishi mumkin. 
Terminlarning bir ma’nolilik va yagonalik prinsplari terminlar va tushunchalar 
o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlarni, ya’ni logikadagi o‘zaro bir qiymatlik moslik 
prinsplari terminlar va tushunchalar o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlarni, ya’ni 
logikadagi o‘zaro bir qiymatli moslik prinsplarini ta’minlaydi. 
Terminlar bilan tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarning sifat tomonlarini esa 
quyidagi prinsplar ta’minlashi mumkin. 
Terminlar tushunchalarni ularning boshqa jins tushunchalari bilan birgalikda 
ma’lum bir sistemani tashkil qilishi shart. 
III. Sistemalilik. Hossalari ilmiy tushunchalarda aks ettiriladigan haqiqiy 
dunyoning buyum va hodisalari o‘zaro mustahkam aloqada bo‘ladi, shuning uchun ular 
bir-biridan ajratilgan holda mavjud emas. Bu shuni ko‘rsatadiki, har bir ilmiy tushuncha 
bir-biri bilan ma’lum tartibda aloqada bo‘lgan tushunchalar sistemasining a’zosidir. Bu 
hol terminlar tushunchaning mazmunini boshqa tushunchalar bilan ma’lum darajada 
tasvirlashini talab qiladi: terminlar har bir tushuncha uchun alohida yaratilmaydi, balki 
ma’lum tushunchalar sistemasiga mos keluvchi terminlar sistemasi yaratiladi. Har bir 
termin aniq terminologiya sistemasining a’zosi bo‘lishi kerak. 
IV. Yaqqollik. Termin imkoniyati boricha tushunchaning mazmuniga mos kelishi, 
uning mohiyati haqida noto‘g‘ri tasavvur hosil qilmasligi kerak. 


Bizningcha, terminlar tuzishda tarixiylik prinspiga ham rioya qilish darkor. 
Terminlarni ha deganda tez-tez o‘zgartiraverish ijobiy natija bermasligi mumkin. 
Shuning uchun bunday hollarda ( huddi “atom” termini kabi ) uzoq davrlardan beri 
qo‘llanilib kelayotgan termini o‘zgartiravermaslik kerak. Lekin o‘qituvchi ana shunday 
terminlar ostida niqoblanib yotuvchi tushunchalarni o‘quvchilarga o‘rgatish protsessida 
terminning lug‘aviy ma’nosi bilan unga mos tushunchaning tabiati o‘rtasidagi 
farqlanishlar yoki o‘xshashliklar ustida to‘xtalib o‘tishi maqsadga muvofiqdir. 
V. Qisqalik. Terminlar imkoni boricha qisqa va talaffuz qilishiga qulay bo‘lishi 
krerak. 
Terminning cho‘ziq va talaffuz qilishga noqulay bo‘lishi ko‘pincha shu termin 
orfografiyasining buzilishiga olib keladi. 
Shuningdek “kesmaning o‘rtasidan unga o‘tkazilgan perpendikulyar” termini 
qisqalik prinspiga mos kelmaydi. Uni “o‘rta perpendikulyar” yoki “mediatrisa” 
terminlarni biri bilan almashtirish mumkin. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling