3-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: O’qish-yozish oqimlari (cin,cout). Operatorlar. Rеja
Download 240 Kb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- in c lude int m ain ( ) { int x
- Oper a t or t ushuncha s i
- I++; --j; k+= I ;
3-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: O’qish-yozish oqimlari (cin,cout). Operatorlar. Rеja: O’qish-yozish oqimlari (cin,cout). Operatorlar. Tayanch tushunchalar: operator, cin,cout, Programmaning 1-satrida #include.. preprotsessor direktivasi bо‘lib, programma kodiga oqimli о‘qish/yozish funksiyalari va uning о‘zgaruvchilari e’loni joylashgan «iostream.h» sarlavha faylini qо‘shadi. Keyingi qatorlarda programmaning yagona, asosiy funksiyasi - main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++programmasida albatta main() funksiyasi bо‘lishi shart va programma shu funksiyani bajarish bilan о‘z ishini boshlaydi. Programma tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qо‘llanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan: cout << <ifoda>; Bu yerda Masalan:
Berilganlarni standart oqimdan (odatda klaviaturadan) о‘qish quyidagi formatda amalga oshiriladi: cin >> <о‘zgaruvchi>; Bu yerda <о‘zgaruvchi> qiymat qabul qiluvchi о‘zgaruvchining nomi. Misol: int Yosh; cout<<”Yoshingizni kiriting_” ; cin>>Yosh; Butun turdagi Yosh о‘zgaruvchisi kiritilgan qiymatni о‘zlash-tiradi. Kiritilgan qiymatni о‘zgaruvchi turiga mos kelishini tekshirish mas’uliyati programma tuzuvchisining zimmasiga yuklanadi. Bir paytning о‘zida probel vositasida bir nechta va har xil turdagi qiymatlarni oqimdan kiritish mumkin. Qiymat kiritish О‘zgaruvchilarga qiymat kiritish uchun klaviatura orqali 10 20 3.14 harakati amalga oshiriladi. Shuni qayd etish kerakki, oqimga qiymat kiritishda probel ajratuvchi hisoblanadi. Haqiqiy sonning butun va kasr qismlari ‘.’ belgisi bilan ajratiladi.
Programmalash tili operatorlari yechilayotgan masala algorit-mini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bо‘linadi. Aksariyat holatlarda operator-lar «nuqta-vergul» (‘;’) belgisi bilan tugallanadi va u kompilyator tomonidan alohida operator deb qabul qilinadi (for operatorining qavs ichida turgan ifodalari bundan mustasno). Bunday operator ifoda operatori deyiladi. Qiymat berish amallari guruhi, xususan, qiymat berish operatorlari ifoda operatorlari hisoblanadi: I++; --j; k+=I; Programma tuzish amaliyotida bо‘sh operator - ‘;’ ishlatiladi. Garchi bu operator hech nima bajarmasa ham, hisoblash ifodalarini til qurilmalariga mos kelishini ta’minlaydi. Ayrim hollarda yuzaga kelgan «boshi berk» holatlardan chiqib ketish imkonini beradi. О‘zgaruvchilarni e’lon qilish ham operator hisoblanadi va ularga e’lon operatori deyiladi. Download 240 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling