3-ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Til ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar. (2soat) Ma’ruza rejasi
Darslardan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi
Download 36.32 Kb.
|
1-Slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘garakka nom qo‘yish.
4.Darslardan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi. Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zlaylaydi. Uning ta`limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchi bu jarayonda qo‘shimcha bilim, malaka va ko‘nikmalatga ega bo‘ladi. Tarbiyaviy ahamiyat esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ojodiy faoliyat ko‘rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o‘z ifodasini topadi.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mazmuni. Ona tilidan sinfdan tashqari doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin.Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt – vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbirlardir. To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka a`z obo‘lish ixtiyoriy, ammo uning mashg`ulotlarida ishtirok etish majburiydir. Ona tili to‘garagining a`zolari 12-15 o‘quvchidan oshmasligi lozim. To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. O‘quvchilar to‘garakning maqsadi, vazifalari, yillik ish rejasi biln tanishtiradi. Mashg`ulotlar 15 kunda bir marta o‘tkazilgani ma`lum. To‘garak ishini rejalashtirishda o‘quvchilarning qiziqishlari inobatga olinadi. Quyida to‘garak mashg`ulotlaridan ikkitasini namuna sifatida keltiramiz. 5-sinflar uchun Birinchi mashg`ulot To‘garakka nom qo‘yish. O‘quvchilarni to‘garakning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. “To‘garak bizga nima beradi?” mavzusida suhbat. O‘quvchilardan til odobi, so‘zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni so‘rash va mazmunini sharhlash. Topshiriqlar: Til odobi va so‘zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini yog`ish va ularning ma`nolarini aniqlash. To‘y –tomoshalarni ifodalovchi so‘zlar lug`atini tuzish va ularning ma`nolarini sharhlash. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning ona tili faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etish vositasidir. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol – javob kechalari, uchrashuvlar, o‘tkir zehnlilar mushoirasi kabilarni kiritish mumkin. Savol – javob kechasida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga jaqvoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. Oquvchilar maktabda tashkil topgan qutiga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashaydialr. Uchrashuvlar juda kata tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos olimlar, hukumat mukofotiga sazovor bo‘lgan ona tili o‘qituvchilari taklif etilishi mumkin. Ayniqsa, shular orasida maktabning sobiq talabalari bo‘lsa, ularni taklif etish juda kata tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘tkir zehnlilar mushoirasining mavzusi 1-1,5 oy oldin e`lon qilinadi. Bellashadigan guruhlar o‘zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shatlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko‘radi. Mushoira odatda guruhlarning o‘zaro tabrigi bilan boshlanadi. Asosiy qism savol – javobdan iborat. Savollar o‘qituvchi yoki bellashayotgan guruhlar tomonidan tuzilishi mumkin. Download 36.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling