3-ma’ruza mavzu: eritmаlаr, ulаrning turlаri. Suyultirilgаn eritmаlаr хоssаsi, оsmоtik bоsim. Elеktrоlit eritmаlаr. Tuzlar gidrolizi. Ma’ruza rejasi


Dispеrs sistеmаlаrning umumiy xarakteristikasi va sinflanishi. Gеtеrоgеn vа gоmоgеn dispеrps sistеmаlаr


Download 0.54 Mb.
bet6/25
Sana19.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1619160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
3-MA’RUZA

1.3. Dispеrs sistеmаlаrning umumiy xarakteristikasi va sinflanishi. Gеtеrоgеn vа gоmоgеn dispеrps sistеmаlаr.
Biri ikkinchisida juda mayda zarrachalar hamda tarqalgan ikkita moddadan iborat sistema dispers sistema deyiladi. Tarqalgan modda dispers faza, dispers modda tarqalgan modda esa dispersion muhit deyiladi. Dispers faza zarrachalarining o’lchami 10 mk dan 100 mmk (10 mkm dan 100 nm) gacha bo’lgan sistema dag’al dispers sistema deyiladi. Bularga suspenziya va emulsialar kiradi. Maydalangan qattiq modda suyuqlikda tarqalgan sistemalar suspenziyalar deyiladi. Masalan, bo’rning mayin kukuni suvda chayqatilsa suspenziya hosil bo’ladi. dispers faza ham, dispersion muhit ham suyuq moddalardan iborat bo’lgan sistema emulsiya deyiladi. emulsiyaga sut misol bo’la oladi: unda yog’ning juda mayday tomchilari muallaq holda bo’ladi. suspenziya va emulsiyalardagi dispers faza zarrachalarini mikroskop ostida, ba’zan esa hatto oddiy ko’z bilan ham ko’rish mumkin. Dispers faza zarrachalarining o’lchami 100-1 mmk (nm) orasida bo’lgan sistemalar kolloid eritmalar, boshqacha aytganda zollar deyiladi. Kolloid eritmalar zarrachalarini ultramikroskop deb ataluvchi maxsus optic asbob yordamidagina payqash mumkin. Agar tarqalgan modda molekula yoki ionlar holiday bo’lsa, dispers sistema chin eritma deyiladi. Ko’rsatilgan dispers sistemalar bir-biridan ma’lum darajada farq qilsa ham ular orasida keskin chegara yo’q. Chin eritmalar bir jinsli (gomogen) sistema bo’lib, tarqalgan modda bilan muhit orasida chegara sirti yo’q. Suvli muhitdagi eritmalar eng katta ahamiyatga ega.
Moddalarning erish protsessida odatda, issiqlik yutiladi yoki chiqadi, bu esa kimyoviy reaksiyalar uchun xosdir. D.I.Mendeleev moddalarning eritmalardagi holatini tekshirib, erish protsessining kimyoviy xususiyati to’g’risidagi tushunchani rivojlantirdi. U eritmada erigan modda va erituvchidan iborat birikmalar hosil bo’ladi, degan xulosaga keldi. Bunday birikmalar solvatlar deb ataladi. Agar erituvchi suv bo’lsa, eritmada hosil bo’lgan birikmalar gidratlar deyiladi. D.I.Mendeleevning solvatlar nazariyasi eritmalar haqidagi hozirgi zamon ta’limotining asosidir.
Suv molekulalari, ko’pincha erigan modda molekulalari bilan shunday mahkam bog’lanib qoladiki bunda erigan modda cho’kmaga tushishi natijasida kristallogidratlar ya’ni tarkibida suv bo’lgan kristall moddalar hosil bo’ladi. kristallogidratlarning tarkibi quyidagicha:
Na2CO3 · 10H2O; CuSO4 · 5H2O; MgSO4 · 7H2O va h.k.
Gidratlar hosil bo’lishini, shuningdek, moddalarning erish natijasida issiqlik yutilishi yoki chiqishini nazarda tutib eritmalarni kimyoviy birikmalardek qarash lozim edi. Biroq eritmalar tarkibining o’zgaruvchanligi, ya’ni erigan modda bilan erituvchining miqdorlari orasida ekvivalent nisbat yo’qligi ularda mexanik aralashmalarga yaqinlashtiradi. Demak, eritmalar mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oralig’idadir.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling