3-ma’ruza Mavzu: Gidroliz, gidratatsiya va eterifikatsiya jarayonlari
Download 423.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Этерефикация
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarayon texnologiyasi
Glitserin– siropsimon shirin ta’mli suyuqlik (qaynash temperaturasi 290
o C). Uni ftal angidrid bilan polikondensatsiya reaksiyasi mahsuloti-gliftal polimerlari olishda, nitroglitserin poroxlar tayyorlashda, triatsetat erituvchi (glitserin triatsetat) sifatida, shuningdek kosmetik va meditsina preparatlari olishda keng qo‘llaniladi. Glitserin tabiatda turli hayvonlar va o‘simliklar yog‘larida murakkab efir holida uchraydi. Murakkab efirlar gidrolizi natijasida bir vaqtning o‘zida glitserin va sovun olishda birinchi va hozirgi kungacha glitserin olishning asosiy usuli hisoblanadi: Sintetik glitserin olish usuli 1948 yilda sanoatga tatbiq qilindi. Bunda propilendan allilxlorid, dixloridrin glitserin, epixloridrin va undan sintetik glitserin olindi. Jarayon texnologiyasi. Gidrolizlovchi agentlar sifatida 5-10% Na 2 CO 3 yoki NaOH eritmasi qo‘llaniladi. Epixlorgidrinni suv bilan Na 2 CO 3 yordamida katalizlash orqali glitserin olish mumkin: Gidratatsiya jarayonining katalizatorlari sifatida kuchli protonli kislotalar: fosfat kislota (tashuvchida), polivolfram kislota, sulfokationlar qo‘llaniladi. Degidratatsiya jarayonlarida esa katalizator sifatida fosfat kislota (tashuvchida), alyuminiy oksid, sulfat kislota, fosfatlar (masalan, CaHPO 4 ) v h.k. qo‘llaniladi. Gidratatsiya jarayonlaridagi katalizatorning vazifasi oraliq - va -komplekslar hosil qilish orqali olefinlarni protonlashdan iborat bo‘lib, unda teskari degidratatsiya reaksiyasi o‘sha bosqichlar bilan, lekin qarama-qarshi yo‘nalishda boradi: Olefinlar gidratatsiyasi elektrofil mexanizmi yuqorida aytilgan Markovnikov qoidasi bo‘yicha birikish yo‘nalishini, shuningdek olefinlarni quyidagi qator bo‘yicha reaksiyaga kirishishini aniqlaydi: Olefinlarni gidratatsiyaga kirishish reaksiya qobiliyati spirtlarni degidratatsiyalanish qatoriga o‘xshash bo‘ladi: Uchlamchi > Ikkilamchi > Birlamchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling