3-rasm. Microsoft Word 2007 dasturlarida yetarli aniq ko'rsatmalar
Albatta, bu funksiyalar Microsoft Word 2007 versiyasida ham saqlanib
qolgan . Shu bilan birga, hozir faqat jihozlarning vazifasi bilan birga u bilan
qanday harakat qilish mumkinligi hamda uni bajarish haqida gapiriladi(3-rasm).
Asosiy menyuning tasma va qo'yilma qurilmalaridan tashqari, Microsoft
Office 2007 ning hamma ilovalarida tez erishmoq paneli (Quick Access Toolbar)
qatnashadi. U tasmadan tepada joylashgandir. Unda faylni saqlash, hujjatni chop
etish, oxirgi qilingan harakatni bekor qilish va h.k amallarni bajaradigan
tugmachalar joylashgan. Bu panelni tasmadan tepada yoki pastda joylashtirish
mumkin, shuningdek o'z xohishingizga ko'ra, sozlashingiz mumkin (4-rasm).
4-rasm. Oynaning yuqori qismida tez erishmoq paneli joylashgan
Tez erishmoq paneli joylashgan o'rnini o'zgartirish uchun unda
sichqonchaning o'ng tugmasini bosing va menyuning mos keluvchi bandini
tanlang:
«Разместитьпанельбыстрогодоступаподлентой»
yoki
«Разместитьпанельбыстрогодоступанадлентой». Tasmada joylashgan kerakli
tugmada sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, tez erishmoq panelini boshqa
buyruqlar bilan to'ldirish uchun "Добавитьнапанельбыстрогодоступа" bandini
tanlang.
Hamma ilovalar oynasining chap yuqori burchagida "Office" tugmasi joylashgan.
Ular yordamida fayllar bilan ishlash, oxirgi ko'rilgan hujjatlar ro'yhati va dasturni
sozlash oynasiga kirish mumkin.
Matn muharriri oynasining tarkibi
Matn muharriri - maxsus dastur bo'lib, matnli hujjatlar bilan ishlash uchun
mo'ljallangan barcha Office paketining ajralmaydigan tarkibiy qismidir.
Word 2007 dasturining interfeysi Microsoft Officening barcha ilovalari uchun
standart tartibga egadir. Sarlavha satrida joriy hujjatning va dasturning nomi
ko'rsatiladi: yuqori o'ng burchakda oynani yopish, ochish va o'lchamini o'zgartirish
tugmachasi joylashgan. O'rtada - matn kiritish uchun maydon, pastki qismida -
holat satri, ekranning o'ng chegarasi yonida zarur paytda masalalar sohasi hosil
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |