SERVERLAR
Serverlar ShKlardan o’zlarining kuchliligi (kuchli serverlar) bilan farq qiladi va monitor va boshqa periferik qurilmalar qatnashmasligi ham mumkin. Tarmoqlarda ishlatiladi. Serverlarda odatda xotiralar oshiriladi (TX va qattiq disklar) va yuqori tezlikdagi tarmoq interfeyslari o’rnatiladi. Serverlarda ma’lumotlar va dasturlar saqlanadi (ajratilgan fayl serverlar va server ilovalari). Server protsessorlari odatda foydalanuvchilar va ma’lumotlarga kirish huquqlarini boshqaradi. Hisoblashlar mijoz-kompyuterlarda amalaga oshiriladi.
MEYNFREYMLAR
Meynfreymlar oz’ida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni markazlashtirgan katta kompyuterlarni tavsiflaydi. Foydalanuvchilar asosan ma’lumotlarni kiritish va chiqarishga mo’ljallangan terminallar (klaviatura+monitor) va/yoki ShK lar orqali murojaatni amalga oshiradilar. Ulangan terminallar soni odatda bir necha yuzlab bo’ladi.
Meynfreymlar yuqori ishonchliligi bilan xarakterlanadi.
Meynfreymlarning kuchi, ShK va serverlarga qaraganda ko’proq bo’lsada, ular ko’p emas. Lekin ular kiritish-chiqarish jarayonlarining yuqori tezligiga va doimiy xotiraning katta hajmlariga egalar.
Meynfraymlar juda qimmat turadi (bir necha million dollar). Katta tashkilotlarda ishlatiladi (banklar, aeroportlar, davlat idoralari).
SUPERKOMPYUTERLAR
Superkompyuterlar – bu o’tgan asrning 60-yillarida paydo bo’lgan judayam kuchli tizimlar (kuchli protsessorlar). Katta hajmdagi murakkab hisoblashlarni talab qiladigan masalalarni yechish uchun ishlatiladi. Bir necha o’z million dollar turadi.
?
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |