3-Ma’ruza Mavzu: O‘lchash qurilmalarining elementlarini asosiy xossalar va texnikaviy vositalari
Download 87.76 Kb.
|
№3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.7.Induktivlik
- 3.8.CHastota
3.6.Sig’imTo’rtta koaksial tsilindrlardan, sig’imi tsilindrlar uzunligiga bog’liq holda, kondensator loyihasini tuzish mumkin. Bunday kondensator uzunlikni aniq belgilagani uchun, sig’im etaloni sifatida ayniqsa qulay hisoblanadi. Optik interferentsiya usullarida, buni juda aniqlik bilan bajarish mumkin. Bu tsilindrsimon kondensatorlar, Tompson-Lampar (Tompson-Lampard) kondensatorlari deb ham nomlanadi va 10-8 dan kam xatolikka erishishga imkon yaratadi. Noqulaylik shundan iboratki, sig’im juda kam (taxminan 1 metrga 1,9 pF). Past tartibdagi etalonlar sifatida elektrodlarning boshqa konfiguratsiyalaridan foydalaniladi, ular ham katta xatoliklarga ega, ammo sig’imning katta qiymatlari (10 – 100 pF) bilan ta’minlangan. 3.7.InduktivlikInduktivlikning aniq etalonlarini yaratish murakkab. Bu g’altaklarning ancha murakkab geometriyasini belgilab beruvchi va g’altak induktivligini belgilashga ta’sir qiluvchi, ko’p sonli parametrlar bilan bog’liq. Bundan tashqari, xatolik simning qarshiligi, yaqinlik effektlari va uyurma toklar hisobiga ko’payadi. Hozirda mavjud induktivlik etalonlari aniqligi tahminan 10-5ni tashkil etadi. 3.8.CHastotaCHastota etaloni kvant-mexanik effektiga asoslangan. Kvant-mexanik effekti shundan iboratki, elektron atomda energiya darajalarining cheklangan miqdorining, faqat bittasini egallashi mumkin. Elektron, energiyaning yuqoriroq yoki quyiroq darajasiga sakrab o’tganda, tegishlicha ravishda foton yutilishi yoki nurlanishi yuz beradi, ΔE darajalar energiyasi ayirmasiga teng foton energiyasi, fotondagi tebranishlar chastotasi bilan ΔE =hƒ0 nisbat bilan bog’liq. Atomlarga, ƒ0 chastotadagi elektr magnit nurlanish bilan ta’sir etilganda, ko’p elektronlar, energiyaning yuqoriroq darajalariga o’tadi. Asosiy holatning bu ikki energetik darajalari o’rtasida mos keluvchi o’tishlarga tseziy-133 ega (l=3, m=0 holatdan l=4, m=0 holatga, bunda l – harakat miqdori orbital kvant soni, azimutal kvant soni). Ta’riflash bo’yicha, bu o’tishga mos chastota ƒ0 = 9,19263177160 GGts ga teng. Vaqt o’lchov birligi ƒ0 davrlar aniq joylashadigan interval sifatida belgilanadi. Talab etiladigan o’tish, yuz bergan atomlar, magnit maydonida og’ish yo’li bilan tanlab olinadi. Keyin (neytral) atomlar cho’g’lanish tolasi yordamida ionlashtiriladi va ionlar detektorda tok tashkil etadi, bu tok qiymati bir soniyadagi ionlar soni bilan belgilanadi. Etalon chastotasini yuz berayotgan o’tishlarning aksariyatiga mos keluvchi chastota qiymatiga, aniq sozlash uchun teskari aloqa sirtmog’ida kvarts generatoridan foydalaniladi. Bunday sozlangan etalonning Q sifatliligi tahminan 2x107 ga teng. Bu atom standartining nisbiy xatoligi chastotasi juda kichkina bo’lishi mumkin, tahminan 10-12. [1] Nazorat savollari Passiv informatsiya -deganda nimani tushinasiz? Aktiv informatsiya -deganda nimani tushinasiz? O’lchash-tushinchasiga tarif bering. O’lchash natijasi “tanlanuvchi” bo’lishi mumkinmi? Aktiv va passiv obektlardan ma’lumotlarni olish jarayonini sxematik tasvirini ko’rsating. O’lchov tizimi - tushinchasiga tarif bering. Birliklar - deganda nimani tushinasiz? Birlamchi etalon - tushinchasiga tarif bering. Past darajadagi etalon - deganda nimani tushinasiz? Tok tarozisining ishlash jarayonini tushintiring. Download 87.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling