Intel 386 rusumli mikroprotsessor
1985 yili 275000 ta tranzistorga ega, ya’ni tranzistorlar soni eng birinchi 4004 rusumli protsessorga nisbatan 100 barobardan oshib ketgan, bir vaqtning о‘zida bir nechta dasturni amalga oshirish imkoniyatini beradigan “kо‘p vazifali”, 32 razryadli Intel 386 rusumli mikroprotsessor ishlab chiqildi. Mikroprotsessorlar texnologiyasida erishilgan sо‘nggi yutuqlar mujassam etilganiga qaramay 80386 о‘zining ajdodlari 8086 va 80286 uchun katta miqdorda tuzilgan dasturiy ta’minot bilan obyektli kod bо‘yicha moslikni saqlab qoldi. Uning virtual mashina chiqish xossasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Ushbu xossa 80386 mikroprotsessoriga UNIX va MS-DOS singari operatsion tizimlar tomonidan boshqariladigan dasturlar ijrosiga о‘tish imkonini beradi. О‘zining 32 bitli arxitekturasi tufayli Intel 386 rusumli mikroprotsessor katta sonli, ma’lumotlarning katta tuzilishi va katta hajmli dasturlarga (yoki dasturlarning kо‘p soniga) ega va shu kabi operatsiyalar ijrosi bilan tavsiflanadigan “yirik” tizimlarni qо‘llab-quvvatlash uchun zarur bо‘ladigan dasturiy resurslarni ta’minlaydi.
Intel 486 rusumli markaziy protsessor
1989 yili Intel korporatsiyasi tranzistorlar soni milliondan oshib ketgan 80x86 deb nomlanadigan mikroprotsessorlar oilasining birinchi vakilini havola etdi. 486 protsessorlarining avlodi kompyuterda komandalar satri orqali amalga oshiriladigan ishdan “kо‘rsatgin-u bir bor chert!” rejimiga о‘tilganligini nishonladi. Intel 486 ichiga о‘rnatilgan matematik soprotsessorga ega birinchi mikroprotsessor bо‘ldi. U markaziy protsessor о‘rniga murakkab matematik amallarni bajarib, ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini sezilarli darajada tezlatib yubordi.
486 protsessori komanda va ma’lumotlarning 8 Kbaytini saqlash uchun mо‘ljallangan bо‘lib, mikrosxema ichiga о‘rnatilgan ichki keshga ega.
Yaratiladigan yangi imkoniyatlar tizimlarning kо‘p vazifaligini yanada kengaytiradi. Yangi operatsiyalar xotira qurilmasi ichidagi semaforlar bilan olib boriladigan ishlar tezligini oshiradi. Mikrosxemalardagi jihozlar kesh-xotiraning ziddiyatli bо‘lmasligini kafolatlab, kо‘p sathli keshlashtirish jarayonini amalga oshirish uchun mо‘ljallangan vositalar ishini qо‘llabquvvatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |