3-ma’ruza Mavzu: Tizimli dasturiy ta’minot. Operasion tizim, Mobil Operasion tizimlar va ularning turlari. Windows, Linux operasion tizimlari va ularni kompyuterga o’rnatish. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar


Kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash va ularning xarakteristikalari bilan tanishish


Download 1.65 Mb.
bet3/20
Sana28.10.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1731518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
3-ma\'ruza (1)

Kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash va ularning xarakteristikalari bilan tanishish

Shaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: tizimli blok, monitor, klaviatura va sichqoncha.


Tzimli blok-asosiy platani va unga ulanadigan qurilmalarni o’zida jamlab turuvchi sistema bloki.Klaviatura-ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga yordam beruvchi qurilma.Monitor-kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda aks ettirib beradi.Sichqoncha-kompyuterdagi bajaradigan ishlarga yordam beruvchi qurilma.
SHKning imkoniyatini oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular SHKning qo'shim cha qurilmalari deb nomlandi. Ular
qatoriga:
Printer — kompyuterdagi m a’lumotlarni qog'ozga chop qilish qurilmasi. Disk (axborot tashuvchi qurilma) - axborotlami ko'chirish, saqlash, tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma. Plotter - chizmalarni qog'ozga chiqaruvchi qurilma. Skaner - kompyuterga matnli yoki tasvirli m a’lumotni kirituvchi qurilma. Tarmoq adapteri - kompyutemi mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma. Audio-video ad ap ter - kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini va turli videoroliklarni ko'rishni ta’minlovchi qurilma. Modem - telefon tarmog'i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashuvini ta ’minlovchi qurilma. Multimedia qurilmalari - kompyuter yordamida tovushli va video tasvirlami ko’rish imkoniyatini yaratib beruvchi qurilmalar


Disklarga xizmat koʻrsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash.

Kompyuterni ishlatish jarayonida diskda juda ko‘p keraksiz fayllar va bak kengaytmali fayllar hosil bo‘ladi. Qattiq disklarni xotirani kengaytirish, tozalash maqsadida keraksiz fayllardan tozalash uchun WipeInfo dasturidan foydalanish mumkin.


Foydalanuvchi kompyuterdan qancha ko‘p foydalansa, qattiq diskning fayllarga to‘lib qolish ehtimoli shuncha ortadi. Albatta, har qanday axborot ishlatib bo‘lingach, uni xotiradan o‘chirish kerak bo‘ladi. Lekin shunda ham ba’zi bir «keraksiz» fayllar soni ko‘payib ketadi. Bunday hollarda (ba’zan, axborot hajmi etarlicha katta bo‘lganda), axborotlarni «siquvchi» maxsus arxivlash dasturlari qo‘llaniladi. Arxivlash dasturlari maxsus uslublarni qo‘llash hisobiga axborotlarni «siqish» imkonini beradi, ya’ni axborotning nisbatan kichik hajmdagi nusxasini yaratish hamda bir nechta faylni bitta faylga birlashtirish imkonini beradi.
Kompyuterlar axborotlarni qayta ishlovchi qurilma sifatida xizmat qilar ekan, undan foydalanish inson uchun qulay va sodda bo‘lishi kerak. Bunday imkoniyatni esa, har bir foydalanuvchi o‘ziga moslab «yaratib oladi».
Qattiq diskka xizmat ko‘rsatish amallari deganda Diskni tekshirish (Proverka diska), Diskni defragmentatsiyalash (Defragmentasiya diska), Formatlash kabi amallar tushuniladi.
Yuqoridagi amallardan birortasini ishga tushirish uchun:

  1. “Moy kompyuter” ilovasini ishga tushiramiz. Avval diskni tanlaymiz va disk belgisi ustida “sichqonchaning” o‘ng tugmasini bosib, kontekstli menyuni ekranga chiqarib, “Svoystva” buyrug‘ini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan oynada

«Obщie», «Servis», «Oborudovanie», «Dostup», «Perevod» punktlari mavjud bo‘lib, biz «Servis» punktini tanlaymiz.

  1. Pusk” / Programmы / Standartnыe / Slujebnыe programmы qism menyusidan kerakli amalni tanlashimiz mumkin.


Ekranda quyidagi oyna namoyon bo‘ladi:


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling