3-Ma'ruza. Metallar strukturasi Reja


Metallarning deformatsiyalanishi


Download 0.75 Mb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#234550
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Ma'ruza. Metallar strukturasi

3.2. Metallarning deformatsiyalanishi.
Jismning o‘lchami va shaklini, unga qo‘yilgan tashqi kuchlar ta’sirida o‘zgarishiga deformatsiya deyiladi.

Deformatsiyaning tashqi kuchlar (jismga qo‘yilgan yuklanishlar) hamda turli fizik-mexanikaviy jarayonlar yuzaga keltirib, unga masalan, jismlarni qizdirishda (sovitiishda) bir xil bo‘lmagan holda kengayishi (torayishi), faza o‘zgarishlarda hajmni o‘zgarishi va boshqalar kiradi.

Deformatsiya ikki xil bo‘ladi: elastik va plastik.

Elastik deformatsiya deganda jismga qo‘yilgan yuklanishlar ta’siri olib tashlangandan keyin, uning boshlang‘ich o‘lchami va shakli holatiga kelishi tuuniladi.

Plastik deformatsiya deb, yuklanishlar ta’siri olingandan so‘ng, jism o‘lchami va shaklini boshlang‘ich holatga kelmasligiga aytiladi.

Jismda hosil bo‘ladigan u yoki bu deformatsiya turiga kuchlanishlar katta ta’sir ko‘rsatadi. kuchlanishlar asosan jismga qo‘yilgan kuchga (kuch qanchalik katta bo‘lsa, kuchlanish shunchalik katta bo‘ladi) va jism o‘lchamiga (qanchalik jismni ko‘ndalang kesim yuzasi katta bo‘lsa, unda shunchalik kichik kuchlanish hosil bo‘ladi) bog‘liq.

Kuchlanish birligi Megapaskal (MPa) da o‘lchanadi.

Texnikada ko‘proq kuchlanishlarning quyidagi birliklari ishlatilishi mumkin: 1 кgk/mm2 = 9,806665 МPа.



Sterjenni o‘q bo‘ylab cho‘zishda uni ko‘ndalang kesim yuzasidagi kuchlanish σ cho‘zuvchi kuch P ni sterjenni ko‘ndalang kesim yuzasi F ga nisbati bilan topiladi: σ = P / F (3.6-rasm).

3.6-rasm. Kuchlanishni aniqlovchi sxema.
Cho‘zilgan sterjenni qiya yuzasiga ta’sir etayotgan kuch P kesim tekisligiga perpendikulyar emas. Bu kuchlanishni ikkita tashkil etuvchilarga ajratish mumkin: normal kuchlanish σ (kesim tekisligiga perpendikulyar) va kesim tekisligiga ta’sir qiluvchi urinma kuchlanish τ (3.7-rasm).

3.7-rasm. Sterjen o‘qiga qiya bo‘lgan kesimda normal σ va urinma τ kuchlanishlarni hosil bo‘lish sxemasi.


Normal kuchlanishlar cho‘zuvchi va siquvchi bo‘ladi. Kuchlanishlar ta’sirida material donachalari orasidagi masofa ortadi (donalar bir-biridan uzoqlashadi) yoki kamayadi (yaqinlashadi). Bu esa materialni yemirilishga olib keladi. Shartli va haqiqiy kuchlanishlar ham bo‘ladi. Shartli kuchlanishlarni hisoblashda kuchni detal yoki na’munani boshlang‘ich kesim yuzasiga bo‘lingani olinadi. Bunda deformatsiya jarayonida kesim yuzasini o‘zgarishi e’tiborga olinmaydi. Haqiqiy kuchlanishlarni hisoblashda esa, ta’sir qiluvchi kuchni deformatsiya natijasida, real o‘zgargan kesim yuzasiga nisbati sifatida olinadi.

Shu bilan birga jismda turli sabablarga ko‘ra kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Bu kuchlanishlarni ichki qoldiq kuchlanishlar deyiladi. Bu kuchlanishlar issiqlik yoki termik (bu kuchlanish tez qizdirish yoki sovitish natijasida buyumni yuza qatlami va o‘zagini bir xil bo‘lmagan kengayishi va torayishi oqibatida hosil bo‘ladi), fazali (faza o‘zgarishlarda hajmni bir xilda o‘zgarmasligi oqibatida paydo bo‘ladi), strukturali (struktura o‘zgarishlarini bir xilda bo‘lmasligi natijasida hosil bo‘ladi) bo‘lishi mumkin. Ichki qoldiq kuchlanishlarni hosil bo‘lishi, masalan, kristallanish jarayonida, bir xilda bo‘lmagan deformatsiyalashda, termik ishlashlarda kuzatilishi mumkin.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling