3-Ma'ruza. Metallar strukturasi Reja
Metallarning qayta kristallanishi
Download 0.75 Mb.
|
3-Ma'ruza. Metallar strukturasi
3.3. Metallarning qayta kristallanishi.
Deformatsiyalangan metalni yuqoriroq temperaturagacha qizdirilganda, uni rekristallanishi (qaytadan kristallanishi) tufayli xossasi va strukturasi birdaniga o‘zgaradi. Rekristallanish - yangi deformatsiyalanmagan donachalarni hosil bo‘lishi va o‘sish jarayonidir. Birlamchi rekristallanish - deformatsiyalangan donalar atrofida yangi deformatsiyalanmagan donani hosil bo‘lishi va o‘sish jarayoni hisoblanadi. Rekristallanish markazlari dislokatsiya zichligi katta va kristall panjara ko‘proq qiyshaygan joylarda hosil bo‘ladi. Asosan bu markazlar deformatsiyalangan donachalar chegarasida vujudga keladi. Temperatura oshishi bilan yangi markazlar hosil bo‘ladi, bu markazlardan yangi donachalar o‘sadi va deformatsiyalangan struktura yo‘q bo‘lib ketgunicha davom etadi. Sovvuq holda deformatsiyalangan metalni rekristallanishi quyidagicha tushuntiriladi: deformatsiya vaqtida panjarani bir tekisda bo‘lmagan qiyshayishi vujudga keladi va bu yerda hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni taqsimlanishi ham bir tekisda bo‘lmaydi. Barqaror bo‘lmagan kuchlanish tufayli qiyshaygan panjara qizdirilganda kristall panjarada barqaror donachalar kurtagi paydo bo‘ladi. Keyinchalik esa kristall panjarani qiyshayishi to‘g‘rilanadi. Sovuq deformatsiyalanish oqibatida hosil bo‘ladigan strukturani qaytadan tiklashda birlamchi rekristallanishdan foydalaniladi. Rekristallangan donacha hosil bo‘ladigan eng kichik qizdirish temperaturasi rekristallanishni boshlanish temperaturasi deyiladi. Berilgan metal uchun erish temperaturasiga o‘xshab rekristallanishni boshlanish temperaturasi doimiy emasdir. Bu kattalik dastlabki deformatsiya darajasiga, qizdirish davomiyligi, metalni tozaligi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Rekristallanishni boshlang‘ich temperaturasiga metalning dastlabki deformatsiyasi katta ta’sir ko‘rsatadi. Har xil metallar uchun rekristallanish temperaturasi turlicha bo‘ladi. Masalan, temir uchun - 450oC, mis uchun - 2700S, alyuminiy uchun - 1000S, nikel uchun - 4000S, molibden uchun - 9000S, volfram uchun - 12000S, qo‘rg‘oshin uchun esa - 300S va hokazo. Rekristallanish temperaturasi rus olimi A.A.Bochvar tomonidan taklif etilgan formula orqali topiladi: Тrek = 0,4 * Ter Bu erda: 0,4 - koeffitsiyent texnik toza metallarga tegishli hisoblanadi. O‘ta toza metallar uchun koeffitsiyent 0,25 - 0,3 qilib olinadi, ya’ni: Тrek = (0,25 - 0,3) * Ter Plastik deformatsiyalangan metalning deformatsiyalanishidan oldingi strukturasini tiklash uchun, bu metalni rekristallanish temperaturasidan yuqori temperaturagacha qizdirishni rekristallizatsion yumshatish deyiladi. Metallarga rekristallanish temperaturasidan yuqori temperaturada ishlov berish qizdirib bosim bilan ishlov berish deyiladi. Rekristallanish temperaturasidan past temperaturada ishlov berish esa sovuq holda bosim bilan ishlov berish deb ataladi. Metallarni bosim bilan ishlashga bolg‘alash, kiryalash, juvalash, presslash va boshqalar kiradi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling