3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja


Download 118.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana21.11.2023
Hajmi118.68 Kb.
#1791016
1   2   3   4   5   6   7   8
Qoplovchi to’qima Qoplovchi to’qimaning vazifasi o’simliklar tanasini eng 
tashqi tomondan qoplab turib, ularni tabiatning noqulay omillari ta’siridan asrash, 


hamda zararli mikroorganizmlarni ularning ichki qismlariga kirishdan saqlaydi. 
Bundan tashqari qoplovchi to’qimalar gaz almashinuvini ta'minlaydi, qisman 
o’simlik va atmosfera o’rtasida havo almashnuvini idora qiladi. Qoplovchi 
to’qimalar kelib chiqishiga ko’ra 3 xil bo’ladi: 1) Birlamchi qoplovchi to’qima- 
epiderma; 2) Ikkilamchi qoplovchi to’qima-periderma; 3) Uchlamchi qoplovchi 
to’qima-po’stloq (ritodorm) dan iborat. 
Epiderma. Birlamchi qoplag’ich to’qima yupqa parda-epidermisdan iboratdir. 
Epiderma (yunoncha epi-yuqori, derma-teri ma'nosini bildiradi). Epiderma 
sellyuloza po’st bilan o’ralgan tirik parenxima hujayralardan hosil bo’ladi. 
Birlamchi meristemadan hosil bo’lgan epiderma, bir-biriga zich joylashgan 
hujayralardan tuzilgan. Epidermis hujayralari rangsiz bo’lib, ular ichida tirik 
protoplazma va yirik markaziy vakuolalar bor. Xloroplastlar epiderma hujayralarida 
uchramaydi. Bu hujayralarning po’sti esa hamma joyda bir xil qalinlashmaydi, 
bundan tashqari kutin qavati, mum qatlami yoki mayda tukchalar zich bo’lib 
joylashgan. Tukchalar oddiy va bezli bo’ladi. Bezli tuklarda efir moylari’ kislotalar 
va fermentlar mavjud. Bu tukchalar ham himoya vazifasini bajaradi. Epiderma 
tashqi muhit bilan maxsus og’izchalar yordamida bog’lanadi. Og’izchalar orqali gaz 
almashinuvi va suv bug’latish kabi muhim hayotiy jarayonlar amalga oshadi. 
Og’izchalar ikkita loviyasimon hujayralardan va ular o’rtasida joylashgan hujayra 
oralig’i og’izchadan iborat. Og’izchalar atrofida joylashgan epiderma hujayralari 
ko’pincha boshqa hujayralardan farq qiladi va ular og’izchaning yordamchi 
hujayralari deyiladi. Loviyasimon hujayra bilan birga yordamchi hujayralar 
murakkab og’izcha apparatini hosil qiladi. Og’izchaning ustki va ostki tomonlarida 
oldingi va keyingi druzlar hamda og’izcha tagida havo bo’shlig’i joylashgan. 
Og’izchalarning ochilib va yopilib turishi ichki va tashqi omillarga bog’liq. Tashqi 
omillardan biri o’simlikni suv bilan ta'minlanganlagiga qarab og’izchalarning 
ochilishi va yopilishi kuzatiladi. Loviyasimon hujayralarning harakati turgor va 
plazmoliz hodisalariga ham asoslangan. 
Epidermis hujayralari orasida ko’pgina yoriqsimon teshiklar ustitsalar bor
ular o’simliklar tanasidan suv bug’lanishi va ular ichiga gazlar kirishi uchun xizmat 


qiladi. Ustitsalarni hosil bo’lishida xloroplast bo’lgan ikkita yirik, dukkaksimon 
hujayra kattalashadi. Uchlari bilan bir-biriga birikkan va o’rta qismi erkin bo’lgan 
bu hujayralar qamrovchi hujayralar deb ataladi. Ustitsa yorig’ini kengaytirish va 
toraytirish xususiyatiga ega. Qamrovchi hujayralarning turgor holati kuchaysa 
ustitsalar ochiladi, bosim kamaysa u yopilib qoladi. 

Download 118.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling