3-ma’ruza. O’simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi Reja
Hujayraning so‘rish kuchi. Suvning shim ilishi va harakati
Download 217.53 Kb.
|
3-m
- Bu sahifa navigatsiya:
- S = - P bu yerda: S- hujayraning so‘rish kuchi;
Hujayraning so‘rish kuchi. Suvning shim ilishi va harakati
Tashqi muhitdan hujayraga suvning kirishi hujayraning kolloid va osmotik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, quruq urug‘ tuproqdan suvni shimib bo‘rtadi, hajmi kattalashadi. Urug’ mag‘zida zaxira moddalar, ya’ni oqsillar, kraxmal hamda yog‘laming mavjudligi urug‘ning suvni katta kuch bilan tortishiga (~100 MPa) olib keladi, natijada esa urug‘ qobig‘i yoriladi. Ildizcha va boshqa embrional qism larning shakllanishi natijasida vakuolali hujayralar paydo bo‘la boshlaydi. Shu paytdan boshlab suvning so ‘rilishida osmotik bosim asosiy kuch bo‘lib hisoblanadi. Hujayraga suvni kirish kuchiga hujayraning so‘rish kuchi deyiladi. So‘rish kuchi hujayraning osmotik bosimiga to ‘g ‘ri proporsionaldir, ya’ni: S = - P bu yerda: S-hujayraning so‘rish kuchi; -osmotik bosim; P -turgor bosim. Binobarin, to‘la plazmoliz holatidagi hujayra, osmotik bosimga teng kuch bilan suvni so ‘radi. Chunki bunday holatda R=O ga bo’ladi. Avval aytib o‘tganimizdek, ayrim hollarda S>P bo’lishi mumkin. Bu hoi ko‘pchilik yosh o ‘simliklar hujayralariga xos bo’lib, o ‘simlikga suv etishmaganda plazmoliz kuzatilmaydi. Bunda vakuolaning suvsizlanishi natijasida protoplastning hajmi kichrayadi, biroq qobiqdan ajralmasdan uni o ‘zi bilan torta boshlaydi. Tashqaridan kuzatilganda bu hujayra sirtida to’lqinsimon egilish hosil bo’ladi. Ushbu hodisani sitorriz deyiladi. O’simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz almashinib turadi va bu jarayonni suv rejimi deyiladi. U uch bosqichdan iborat: 1. Ildizlaming suv shimishi; 2. Shimilgan suvning o ‘simlik tanasi bo‘ylab harakati va organlarga taqsimlanishi; 3. Suvning barglar orqali bug’lanishi, y a ’ni transpiratsiyasi. Yuqoridagi uchta holat faqatgina yuksak o ‘simliklargagina xosdir. Tuban o ‘simliklar, Masalan, bakteriyalar, tuban zamburug’lar, ko‘pgina suv o ‘tIari va lishayniklar suvni atmosfera havosidan olishi mumkin. Bunda ulaming bo‘rtish ko‘rsatkichlari ortadi. Masalan, iste’mol qilsa bo’ladigan zamburug’lar va moxlar o ‘zlarining quruq muhitdagi og’lrliklariga nisbatan 10 baravar ko‘p suv saqlashlari mumkin. Barg poyali o ‘simliklar esa suv bug-lantirishdan kutikulalari yordamida himoyalanadilar. Kutikulalar barglar va poyalar yuzasidan suv y o ‘qotishga qanchalik qarshilik qilsalar, namgarchilik sharoitida shunchalik darajada suv yutilishiga ham qarshilik qiladilar. Download 217.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling