3-ma’ruza. O’simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi Reja


Hujayradagi suv formalari


Download 217.53 Kb.
bet6/12
Sana23.04.2023
Hajmi217.53 Kb.
#1386086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-m

Hujayradagi suv formalari. o’simliklaming hujayralari va to ‘qimalarida suvning asosan ikki formasi mavjud. Bular erkin va bog‘langan suv molekulalari. Hujayradagi erkin suvning miqdori undagi fiziologik-biokimyoviy jarayonlaming jadalligini belgilasa, bog‘langan suv ularning chidamliligi asoslarini belgilaydi.
Bog’langan suv o ‘z navbatida bir necha xil bo’lishi mumkin.
a) osmotik bog’langan suv (ionlar, molekulalar kabi moddalami gidratlaydi);
b) kolloid bog’langan suv, y a ’ni o ‘z ichiga kolloid sistemaning ichidagi, tashqarisidagi va orasidagi suvni oluvchi suv formasi;
c) kapillar bog’langan suv (o‘tqazuvchi sistemalar va hujayra devoir tarkibidagi suv).
Umuman o‘simlik hujayralaridagi bog’langan suvning miqdori uning turiga, o‘sayotgan joyiga, to‘qimalardagi suvning miqdoriga va o‘simlik qismlariga bog’liqdir. Ammo umumiy suv miqdori ko‘proq o ‘simlikning turiga bog’liqdir. Masalan, arpaning ildiz uchlarida umumiy suvning miqdori 93% bo’lsa, sabzi ildiz uchlarida ushbu ko‘rsatkich 88,2% ni tashkil qiladi. Shuningdek, karam barglarida 86% bo’lsa, makkajo‘xori barglarida 77%. Xuddi shunday mevalardagi suv miqdori ham har xil—
po’lidorida 94.1%, olmada 84,0% dan iboratdir.
O’simliklar urug’lari tarkibidagi umumiy suv miqdori ularning turiga qat'iyan bog’liq bo’lib, urug’laming unuvchanligi va o ‘sish energiyasini belgilovchi bosh mezondir. Masalan, yeiyong‘oqda - 5,1%, makkajo‘xorida - 11,0% bo’lsa, arpa donlarida - 10,2% dir. Umuman urug‘lardagi suvning miqdori o ‘simliklaming turiga qarab 5-20% atrofida bo’lishi mumkin.
O’simlik hujayralaridagi suvning asosiy qismi, ya’ni 98% ga yaqini uning vakuolalarida bo’ladi. Ammo meristema hujayralari bundan mustasno. Masalan, ildiz uchlari meristema to ‘qimalarida oz sondagi mayda-mayda vakuolalar bo’ladi va ulam ing hujayra devorlari juda yupqa bo’lib suvning asosiy qismi sitoplazmadadir.
V.Larxeming (1976) fikricha hujayradagi suv formalari har xil, Masalan, kimyoviy bog’langan suv holatida, zaxira suv holatida, y a ’ni hujayra ko’lpartmentlari suv y ig ‘uvchi bo‘shliqlarida, vakuolda hamda interstitsial suv-hujayra oraliqlaridagi va o ‘tkazuvchi naylar hamda to ‘rsimon naylardagi tashuvchilik vazifasini bajaruvchi suv holatlarida bo’ladi.
Erkin suv yetarli darajada harakatchandir. Masalan, ildizlari yuvilayotgan muhitga nishonlangan og’lr suv formasi (H218O ) kiritilsa, 1-10 daqiqadan so‘ng og’lr suvning ildiz to ‘qimalari ichkarisidagi va tashqi muhitdagi miqdorlari bir xil bo’ladi. Bu o‘z navbatida ildiz hujayralari plazmalemmasining suvni o‘tkazish xususiyatining anchagina yuqori ekanligidan dalolat beradi. B ug‘doyning yosh ildizlari hujayrasidagi suvning 3/4 qismi vakuolalarda joylashgan, 1/4 qismi esa hujayra devori tarkibida va faqatgina 1/20 qismigina sitoplazmada joylashgan. Ammo tarkibida birqancha vakuolalar bo’lgan meristema hujayralarida suvning asosiy qismi sitoplazmada joylashgan.
Hujayralarda suvning ushlab turilishi asosan osmos va biokalloidlarning bo‘kishi natijasida bo’ladi.
Umuman olganda erkin suv miqdori fiziologik jarayonlam ing intensivligini belgilasa, bog’langan suv miqdori o ‘simliklaming noqulay omillarga chidamliligini belgilaydi.
O’simliklarga suv va unda erigan turli xil moddalaming kirishi hamda o‘simlik tanasi b o ‘ylab harakatlanishi muhim fiziologik jarayonlardan biridir. Ushbu jarayonning amalga oshishida o ‘simlik hujayrasining osmotik potensiali alohida ahamiyatga ega va o‘z navbatida diffuziya va osmos qonunlaridan kelib chiqadi.

Download 217.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling