3-ma’ruza. O’simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi Reja
Download 217.53 Kb.
|
3-m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osmotik bosim
Diffuziya-bu erituvchi va erigan modda molekulalarining vaqt birligi ichida bir tekis taqsimlanish jarayonidir. Diffuziyaning y o ‘nalishi yuqori konsentratsiyadan past konsentratsiyaga qarab, ya’ni kam erkin energiyaga ega bo’lgan to’longa qaralgandir.
Erkin energiya-bu sistemaning ishga aylanishi mumkin bo’lgan ichki energiyasining bir qismidir. Bir molekula moddaga nisbatan olingan erkin energiya kimyoviy potensial deyiladi va u jarayon hamda harakatlanish uchun sarf bo’ladi. Suv boshqa barcha birikmalarga iiisbatan yuqori kimyoviy potensialga ega. Suvda moddalarning erishi o‘z navbatida suvning kimyoviy potensialini, faolligini, erkin energiyasini, kamayishiga olib keladi. Osmos. Suv va boshqa erituvchilaming yarim o‘tkazgish parda orqali diffuziyasi osmos hodisasi deb ataladi. Osmos suvda erigan moddalarning konsetratsiyalarining farqi natijasida paydo bo’ladi. Osmos ikki xil bo’ladi, ya’ni endoosmos va ekzoosmos. Endoosmos-eritmaning ichkariga kirishi. Ekzoosmos-eritmaning tashqariga chiqishi. Osmotik bosim. Eritmalaming osmotik bosimi shu sistemaga suvni kirishini to‘xtatish uchun zarur bosimga miqdori bilan o’lchanadi. Eritmalaming osmotik bosimi ulaming konsentratsiyalariga bog’liq bo’lib, gazlar uchun qabul qilingan Boyl Mariotning gazlar uchun yaratgan qonuniga bo‘ysinadi. Osmotik bosim, eritmaning molar konsentratsiyasiga va haroratga to‘g‘ri proporsionaldir. Chunki harorat oshgan sari, osmotik bosim ham osha boshlaydi. Vant-Goff eritmalaming osmotik bosimi qonuni ham Boyl-Mariot yaratgan gazlar qonuniga bo‘ysunishini ko‘rsatdi. O’simliklar hujayra shirasi eritmalarining osmotik bosimi Vant-Goff formulasi bo‘yicha atmosferalarda (atm) yoki Paskallarda (Pa) o’lchanadi. P=RTCi; P-osm otik bosim; R -gaz doimiysi (0,0821); T -abso- lut harorat (273+t°); C-moddalarning miqdori; i-izotonik koeffitsiyent (i=a+l(n-l). Umuman moddaning diffuziyalanish tezligi uning molekulasining energetik darajasini belgilaydi va kimyoviy potensial deyiladi hamda (psi) bilan belgilanadi. Toza suvning kimyoviy potensiali suv potensiali deyiladi va N2O bilan belgilanadi.. Suv potensialining eng yuqori ko‘rsatkichi kimyoviy toza suvda bo’lib, miqdor 0 deb qabul qilingan. Shuning uchun boshqa har qanaqa biologik va kimyoviy suyuqliklar suv potensiallari manfiy ko‘rsatkichga ega. R.Sleysherning (1970) fikricha suv potensiali bu bog’langan suv potensialini kimyoviy toza suv potensialiga yetkazishda bajarilgan ishga tengdir. Suv potensiali o‘z ichiga erigan modda tufayli bo’ladigan osmotik potensial va gidrostatik bosim tufayli bo’ladigan (p) potensiallami oladi. Download 217.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling