3-ma’ruza. O’simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi Reja
Suvning hujayradagi taqsimoti
Download 217.53 Kb.
|
3-m
Suvning hujayradagi taqsimoti
Hujayra devori. Yetuk o‘simlik hujayrasi atrofida uchta qavat farqlanadi. Birlamchi hujayra devori ko‘proq yosh hujayralarda bo’lib, asosan, tarkibida pektin moddasini tutgan selluloza fibrillari ko‘p bo’ladi. Pektin bu geterogen guruh bo’lib, uning tarkibiga bir biri bilan bog’lanib ketgan gidratlangan polimerlar kiradi. Gidratlangan polimerlar manfiy zaryadlari ko‘proq bo’lgan galakturonat kislotasi qoldiqlaridan tuzilgandir. Mana shu manfiylik xossasi tufayli pektin ko’lponentlami yaxshi biriktiradi. Agar tarkibida pektin moddasi ko‘p bo’lgan eritmaga Ca2+ ionlarini qo‘shsak, u pektin molekulalarini tikishi natijasida jelatinlanish hodisasi vujudga keladi. Yetuk hujayralarda birlamchi hujayra devoridan tashqari, ayrim hollarda o‘z tarkibida selluloza va pektin moddalaridan tashqari lignin va kutin moddalarini tutgan ikkilamchi hujayra devori ham vujudga keladi. Ikkilamchi hujayra devori o‘simlik to‘qimalari pishiqligini, mustahkamligini belgilaydi va yog‘ochlik hamda qog‘oz materiallarini asosini tashkil qiladi. Hujayra devorlari oralig’lda kaisiy pektatdan tashkil topgan o ‘rta plastinka ham mavjuddir. Hujayra devorlari gidrofillik xususiyatiga ega bo’lganligi sababli o ‘zida anchagina suv ushlaydi. Undagi suv ikki qism dan-harakatchan va kamharakatchan suv formalaridan iboratdir. Hujayra devorining harakatchan suviga selluloza mikrofibrillari orasidagi yirik kapillarlarda harakatlanuvchi suv kiradi. Mikrofibrillar yuqori tartibli kristalllsimon sof agregatlar bo‘lib, 60-70 dona bir-biriga yaqin va parallel joylashgan hamda bir to’longa y o ‘nalgan selluloza zanjirlari orasida vodorod bog‘larining vujudga kelishidan hosil bo’ladi. Mikrofibrillaning o‘zi ham kam tartibli selluloza molekulalari hamda gemiotselluloza bilan o ‘ralgandir. Gemioselluloza bu polisaxaridlar geterogen guruhining yig‘ma nomi bo’lib, har xil o‘simliklarda turlicha bo’ladi. Ular vodorod bog’lari orqali bir biri bilan va mikrofibrillar bilan bog’lanib m ikrofibrillam ing murakkab turini hosil qiladi. Selluloza mikrofibrillaridagi va mikrokapillar bo‘shliqlaridagi suv kam harakatchan suvdir. Umuman hujayra devoridagi suv miqdori uning tarkibidagi selluloza miqdori va shirasi konsentratsiyasiga bog’liqdir. Agarda hujayra devori tarkibida selluloza bo’lmagan moddalar ko‘p bo’lsa, undagi suvning miqdori 50% va undan kam bo’lishi mumkin. Hujayra devorida ko‘p fibril-oraliq bo‘shliqlari bo’lsa undagi suv miqdori ham 50% va undan k o ‘p bo’lishi mumkin. Download 217.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling