3-ma’ruza. O’simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi Reja
Suvning tuproqdan yutilishi
Download 217.53 Kb.
|
3-m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Suvning tuproqdan yutilishi. Tuproq ko‘p qavatli jism bo‘lib asosan to ‘rt qismdan y a ’ni qattiq mineral zarrachalar, organik moddalar yoki gumus, tuproq eritmasi va tuproq havosi jamlamasidan iborat. Bulaming birinchi ikkitasi tuproqning tuzilishini belgilasa, keyingi ikkitasi shu tuzilish oraliqlarini to’ldirib turadi.
Atmosferadan yog‘ingarchilik tufayli tuproqga tushgan suv asta sekin harakat qilib tuproqning sizot suvlarigacha yetib boradi. Ammo suvning bir qismi tuproqda ushlab qolinadi va tuproq bo‘shliqlarida yig‘ilib boradi. Tuproqning yuqori qatlamida qolgan suv ya’ni bog‘langan suv, pastga qarab ketgan suv, y a ’ni gravitasion suvning miqdorlari avvalo tuproqning tiplariga va undagi g ‘ovaklar o’lchamiga bog’liqdir. Suvning tuproqlardagi sizish tezligi qum tuproqlarda bir yil mobaynida 2-3 metr, taqir tuproqlarda esa 1-2 metr atrofida bo’ladi. o’simliklaming tuproqdan o‘zlashtirishi mumkin bo’lgan suvning miqdori ulaming nam sig’lmlariga mosdir. Masalan, dala nam sig'imi o ‘simliklar to’lonidan eng yuqori ko‘rsatkichda foydalanilishi mumkin bo’lran suvning ta ’rifidir. O’simlikning o ‘sishi uchun zarur bo’lgan suvning tuproqdagi eng kam miqdori qat'iy so’lish namligi deyiladi va bunday tuproq namligida o ‘simlik asta sekin so’liy boshlaydi va oxir-oqibatda quriydi. Dala nam sig’lmi bilan o ‘simlikning so’lish namligidagi tuproq namligi miqdori orasidagi farq shu tuproqning o ‘simlik o‘zlashtirishi mumkin bo’lgan suvdan qanchalik miqdorda yig’lshini ko‘rsatadi. Wo,t,o,m,b,s,m=Wd,n,s – Wq,s,n bu yerda: Wo,t,o,m,b,s,m –o’simlik tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin bo’lgan suvning miqdori; Wd,n,s -dala nam sig’lmi; Wq,s,n - qat’iy so’lish namligi. Ammo so’lish namligi hamma o ‘simliklar uchun bir xil emas. Masalan, qat'iy so’lish hodisasi soyasevar va suvxo‘r o ‘simliklarda tuproq so‘rish kuchi S = 0,7-0,8 MPa, bo’lganda ro‘y bersa, qishloq x o ‘jalik o ‘simliklarida S = 1-2 MPa, qurg‘oqchilik joylarida o ‘suvchi o ‘simliklarda va daraxtlarda esa S = 2-3 MPa bo‘lganda ro ‘y beradi. Nazorat savollari 1. Suvning fizik- kimyoviy xususiyatlari. 2. Suvni hujayradagi formalari va vazifasi. 3. Suvning o ‘simlik xayotidagi roli. 4. Suvni o ‘simlik bo‘ylab xarakatlanishi. 6 . Ildiz bosimi. 7. Osmos, osmotik,turgor va bo‘rtish bosimlari. 8. Hujayraning so ‘rish kuchi va suvni xarakatlanishi. Download 217.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling