3-ma’ruza. O’simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi Reja


Download 217.53 Kb.
bet3/12
Sana23.04.2023
Hajmi217.53 Kb.
#1386086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-m

Issiqlik sig’lmi. Suvning issiqlik sig‘imi, y a ’ni uning qaynash haroratini 1°C ga oshirish uchun zarur bo’ladigan issiqlik miqdori boshqa moddalarnikiga nisbatan 5-30 marta ko‘pdir. Faqatgina vodorod va ammiakning issiqlik sig’lmi suvnikiga nisbatan yuqori. Agar biz suv va qumning issiqlik sig’lmini solishtiradigan bo’lsak, qumning issiqlik sig’lmi suvnikiga nisbatan 5 marotaba kamligini ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun ham bir xil quyosh haroratida qum suvga nisbatan kamroq isiydi, ammo suv qumga nisbatan shuncha ko‘proq o ‘zida issiqlikni ushlab tura oladi.
Suvning bug‘ hosil qilish va qaynash issiqligining nisbatan yuqori bo’lishi uning tarkibidagi vodorod bog’lariga bog’liqdir. Buni biz ikkita bir-biriga o‘xshash birikmalarda C2H5OH va (CH3)2O ko‘rishimiz mumkin:

Suv mana shu o ‘zining yuqori issiqlik sig’lmi xossasi tufayli havo harorati birdaniga isib ketganida ham o ‘simlik to ‘qimalarini haddan tashqari qizib ketishdan saqlasa, suvning par hosil qilish issiqlik sig’lmi esa o ‘simliklar tanasining termoregulatsiyasida ishtirok etadi.
Sirt tarangligi tortishuvi va adgeziya. Suv yuzasida ular molekulalarining o‘ziga xos birikishi natijasida sirt tarangligi vujudga keladi va 18°C haroratda 0,72 mn/sm ga teng bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkich suyuq moddalarnikiga nisbatan eng yuqorisidir. Sirt tarangligi tortishuvi tabiiy moddalardan faqatgina simobniki suvnikiga nisbatan yuqori, ya’ni 5 mn/sm.
Suv shuningdek, yopishish, ya’ni adgeziya xossasiga ham egadir. Bu xususiyat suvning yem ing tortish kuchga qarshi o ‘simliklar tanasi bo‘ylab ko‘tarilishida namoyon bo’ladi.
Suvning molekular tuzilishi. Suv molekulasidagi ikki ju ft elektron vodorod va kislorod yadrolari uchun umumiy hisoblanadi. Ushbu suv molekulalaridagi H va O ato’llari o ‘zaro elektrostatik ta’sir qilib to ‘rtta suv molekulasini bog‘lab turadi.
Kislorod va vodorod atomlarining o‘zaro elektrostatik ta’siri natijasida yuzaga kelgan va kovalent bog‘laming juda kam kuchiga ega b o ig a n bog‘lar vodorod bog‘lari deyiladi. Vodorod bog‘lar juda kuchsiz bo‘lib suyuq suvda ulami uzish uchun bor yo‘g‘i 18,84 kJ/mol energiya zarurdir xolos. Bu yerda shuni eslash zarurki, kovalent bog’larni uzilishi energiyasi 460,4 kJ/mol ga teng. Demak, sovuq suvning vodorod bog‘lari kovalent bog’larga nisbatan deyarli 25 baravar kuchsizroq ekan. Shuning uchun ham, vodorod bog‘lari doimiy ravishda sintezlanib va uzilib turadi. Ulaming yarim yemirilish davri 10-9 soniya atrofida.
Ionlanish. Suv molekulasidagi elektronlaming vodorodga nisbatan kislorodga kuchliroq bog‘langanligi tufayli, doimiy ravishda protonlaming uzilishi ro‘y berib to ‘radi. Buning natijasida suv molekulalari dissotsialanadi.
H2O H+ + OH-
Ammo hosil bo’lgan vodorod ionlari erkin holda tura olmaydi va boshqa bir suv molekulasiga birikadi.
H2O+H+  H3O+
Bu ikkalajarayonni birlashtirib quyidagi holatda yozish mumkin.
H2O+H2O  OH- + H3O+
Ayrim hollarda gidroksoniy ioni (H3O ) sodda H+ ko‘rinishida yozilishi mumkin.
Kimyoviy sof suvning harorati 25°C bo’lganda vodorod va gidroksil ionlarining miqdori o‘zaro teng, ya’ni ularning har birining miqdori 10-7 mol/1 ga teng bo’ladi. Ushbu ko‘rsatkich pH=7 deb qabul qilingan.

Download 217.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling