3-Ma'ruza O‘zbekiston sharoitida tomchilatib sug‘orish tizimlarini qo‘llashning rivojlanishi Reja


Dunyo mamlakatlari va O‘zbekistonda sug‘orma dehqonchilik


Download 0.66 Mb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1328266
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekiston sharoitida tomchilatib sug‘orish tizimlarini qo‘llashning rivojlanishi

Dunyo mamlakatlari va O‘zbekistonda sug‘orma dehqonchilik
Jaxon qishloq xo‘jaligi yiliga 2,8 ming km3 chuchuk suv ishlatadi. Bu dunyo bo‘yicha chuchuk suv iste’molining 70% ini, yoki jaxon sanoati ishlatadigan suvdan 7 marta ko‘pdir. Bu suvning deyarli xammasi ekinlarni sug‘orishga ishlatiladi.
Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiyaning ma’lumotlari bo‘yicha jaxonda sug‘oriladigan erlar 299,488 mln. ga ni tashkil etadi
Suv resurslarini bugungi kundagi templar bilan sarflanishi uning global defitsitiga olib kelmoqda. YAngi suv resurslarini o‘zlashtirish suv xo‘jaligi tizimlarini ushlab turishga kattadan-katta investitsiyalarni talab qiladi. Har bir kub metr suvning narxi qimmatlashib borib, rivojlanayotgan davlatlarning suv ta’minotida muammolar keltirib chiqaradi. Hozirgi suvdan foydalanish modeli saqlab qolinsa va axoli boshiga to‘g‘ri keladigan suv iste’moli oshib borsa, suv resurslarining defitsiti ham ortib boradi.
Sug‘orma dexqonchilikda suv resurslarini iqtisod qilish muammosini xal qilishning yo‘llaridan biri – tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishdir.
Bugungi kun sharoitida mamlakatimiz barqaror taraqqiyotini ta’minlashda o‘ta muhim ahamiyat kasb etayotgan suv resurslarining tanqisligi yildan-yilga ortib bormoqda. Mazkur vaziyatdan kelib chiqib, zamonaviy suv tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda suvdan samarali foydalanish ustivor masalalardan biridir. Biz yashayotgan mintaqa ya’ni Orol dengizi havzasidagi asosiy suv resurslari Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari suvlaridan tashkil topib, ularning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori 114,4 km3 tashkil qiladi va biz ularni qo‘shni mamlakatlar bilan birgalikda boshqaramiz va iste’mol qilamiz. Jumladan mamlakatimizda foydalaniladigan suvning 20 foizi respublikamiz hududida shakllanib, qolgan 80 % dan ortig‘i qo‘shni davlatlar, ya’ni Tojikiston va Qirg‘iziston hududidagi qorliklar va muzliklar hisobiga shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasi foydalanishi uchun SXEMAlar asosida kelishib, tasdiqlangan suv resurslarining umumiy miqdori 63,0 km3/yilni tashkil qiladi. Iqtisodiyot sohalari suvni turli miqdorlarda ishlatishadi. Bugungi kunda asosiy suv iste’molchisi qishloq xo‘jaligi sanalib, jami ishlatilayotgan suvning 88 % i qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi. SHuningdek, kommunal xo‘jaligi - 5,4%, energetika – 0,5%, sanoat – 1,7%, baliqchilik-1,2% va boshqalar 2,2% ni tashkil qiladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling