3-ma’ruza standartlashtirish haqida reja


– rasm. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish bosqichlari


Download 0.93 Mb.
bet7/7
Sana17.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1025613
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-ma\'ruza

3 – rasm. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish bosqichlari.
O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy shartlarning loyihalari va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar standartlashtiriash texnika qumitalari (bundan keyin –
TQ) tomonidan ishlab chiqiladi. Asoslangan hollarda texnikaviy shartlar loyihalarini vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar, konsernlar yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari, davlat, kooperativ, ijara, aksionerlik korxonalari, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tegishli TQlar bilan kelishib ishlab chiqadilar.
Texnikaviy shartlarning amal qilish muddatini uzaytirish, cheklash va cheklovni bekor qilish haqidagi qaror texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora tomonidan mazkur texnikaviy shartlarning amal qilish muddati tugashidan kamida 3 oy muqaddam qabul qilinishi kerak.
Texnikaviy shartlar mazkur texnikaviy shartlar o‘rniga boshqa me’yoriy hujjat ishlab chiqilayotganda yoki uni qo‘llanishi bundan buyon maqsadga muvofiq bo‘lmay qolganda, yoki mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtatilganda bekor qilinadi. Texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora ularni bekor qiladi.
Texnikaviy shartlar ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi)ning buyurtmachi bilan kelishuviga muvofiq, yoki ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan buyurtmachi bilan birgalikda, yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.Tasdiqlash uchun ushbu texnikaviy shartlarning 4 – bo‘limiga muvofiq manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan texnikaviy shartlar taqdim qilinishi kerak.
Texnikaviy shartlar texnika qumitasi raisi yoki ishlab chiquvchi rahbariyati imzolagan ilova xati, texnikaviy shartlar kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlar, qabul komissiyasi, davlat sinovlari va boshqa sinov bayonnomalari, texnologiya yo‘riqnomasi yoki ishlab chiqarish qoidalari (oziq – ovqat va kimyo sanoati mahsulotlariga) bilan birga taqdim etiladi.
Texnikaviy shartlarni (texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni) tasdiqlash hujjatning titul varag‘idagi «Tasdiqlayman» grifi ostiga korxona rahbari (rahbar o‘rinbosari) qo‘yadigan imzo bilan rasmiylashtiriladi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni (texnikaviy hujjatlar kompleksini topshirish haqida shartnomada boshqa shart qo‘yilmagan bo‘lsa) texnikaviy shartlar asl nusxasini saqlovchi tasdiqlaydi.
Texnikaviy shartlar buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib, amal
qilish muddati ko‘pi bilan 5 yilga tasdiqlanadi. Asoslanilgan taqdirda amal qilish
muddati cheklanmaydi.
Texnikaviy shartlar «TSH (Tsh)» indeksidan, O‘zbekiston Respublikasining qisqartirilgan nomi “O‘z”dan, texnikaviy shartlarni tasdiqlaydigan tashkilotning shartli raqamli ifodasidan, texnikaviy shartlar tartib raqamidan va tasdiqlanish yilining 2 oxirgi raqamlaridan iborat bo‘ladi.Masalan: O‘zTSH 205 – 150 – 92
Bu yerda: 205 – OKPO bo‘yicha «Mahalliy sanoat» birlashmasining
shartli raqamli ifodasi, 150 – Texnikaviy shartlar tartib raqami, 92 – Tasdiqlangan yili. Texnikaviy shartlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun texnikaviy shartlarni tasdiqlagan korxona joylashgan hudud bo‘yicha texnikaviy shartlar davlatlararo standartlarning va O‘zbekiston Respublikasi standartlarining majburiy talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligini nazorat qilish maqsadida hamda texnikaviy shartlar xususida markazlashgan axborot vujudga keltirish maqsadida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston davlat markazi (O‘zdavstandart) ga taqdim etiladi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlar O‘zstandart Agentligi idoralarida texnikaviy hujjatlar asl nusxasini saqlovchi korxona joylashgan hudud bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun texnikaviy shartlardan ko‘chirma unga bundan avval kiritilgan o‘zgartirishlar bilan taqdim etiladi.
Ishlab chiquvchi korxonalar texnikaviy shartlarni (ularga doir o‘zgartirishlarni) tasdiqlangan paytidan kechi bilan bir oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
– Texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar)ning asl nusxasi, 2 –nusxasi va ko‘chirmasini;
– «A» ilovasiga muvofiq katalog varag‘ini;
– Texnikaviy shartlar (o‘zgartirishlar) kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etadi.
Mabodo katalog varag‘i mazmuni o‘zgaradigan bo‘lsa, mahsulotning katalog varag‘i texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlar bilan taqdim etiladi.
Texnikaviy shartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uni tikilgan holda taqdim qilinadi, muqovada mahsulot nomi va texnikaviy shartlar belgichi ko‘rsatiladi.
O‘zstandart Agentligi idoralari texnikaviy shartlarni (ularga doir o‘zgartirishlar) ular olingan paytdan boshlab 15 kun ichida O‘zstandart Agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar) ko‘chirmasini ro‘yxatga olgan idora nomi, davlat ro‘yxatiga olingan sana va tartib raqamini ko‘rsatgan holda korxonaga qaytaradi.
Texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar), mahsulotning katalog varag‘i ro‘yxatga olgan idorada qoladi.
Texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi yoki asl nusxasini saqlovchi korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlarni asl nusxa varagiga o‘tkazadi.
Quyidagi mahsulotlarning texnikaviy shartlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:
– tajriba namunalari (tajriba turkumlari);
– esdalik sovg‘alari va xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari
(qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bundan mustasno);
xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlarning texnologiya sanoat chiqitlari, mustaqil ravishda yetkazib berilishi mo‘ljallanmagan yoki bitta korxonaning bevosita buyurtmasi bo‘yicha tayyorlanadigan buyumlar, yarim fabrikatlar, moddalar va ashyolarning tarkibiy qismlari;
– alohida birlik yoki arzimagan bir to‘p tarzida har zamonda ehtiyoj to‘g‘ilganda ishlab chiqariladigan texnologik jihatdan qurollanish vositalari (o‘lchash vositalari bilan sinash vositalari bundan mustasno).
Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling