3-ma’ruza uglevodorod uyumlarini o’rganishda sistemali- strukturaviy tahlil
Download 203.5 Kb.
|
3-MA’RUZA
3-MA’RUZA UGLEVODOROD UYUMLARINI O’RGANISHDA SISTEMALI- STRUKTURAVIY TAHLIL 3.1. KON GEOLOGIYASIDA SISTEMA TUSHUNCHASI Neft va gaz konlarini ishlatish tajribasidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, uyumning geologik tuzilishining turli-tumanligi neft va gaz konlari geologiyasi masalalarini o’rganishda hal qiluvchi omillardan ekan. Har qanday ob’ektning har xilliligi materiyaning strukturaviy tuzilishi va sistemaliligi bilan bog’liq. Sistema deganda bir-biriga o’zaro ta’sir etuvchi, muayyan sharoitlarda o’zaro bog’liq bo’lgan har qanday (moddiy yoki ideal) ob’ektlar majmui tushuniladi. Har qanday ob’ekt sistema ko’rinishida ma’lum miqdordagi kichik ob’ektlardan, ular ham o’z navbatida yanada kichikroq ob’ektlardan tarkib topadi. Bo’linishning bunday tartibi o’rganilayotgan hodisaning eng kichik zarrasigacha davom etishi mumkin. Shu sababli uning eng past darajasi echilayotgan masalaning maqsadidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Agar sistemani hosil qiluvchi har bir ob’ekt o’rganilayotgan masala shart-sharoitidan kelib chiqqan holda, o’z navbatida, kichik ob’ektlar yig’indisidan iborat bo’lsa, kichik sistema deb ataladi. Bir qator mayda kichik sistemalarni birlashtirgan va o’ziga xos tomoni bilan ajralib turgan yirikroq kichik sistemalar sistema komponenti deyiladi. Zaruriyat tug’ilganda har bir komponent yoki kichik sistema mustaqil sistema sifatida o’rganilishi mumkin. Bunday hollarda mustaqil sistemaga dahldor barcha masalalar uni o’rganish chog’ida hal qilinadi. Sistemani yoki kichik sistemani hosil qiluvchi ob’ektlardan biri bo’laklarga bo’linmaydi deb qaraladigan bo’lsa, u vaqtda ushbu ob’ekt sistema (kichik sistema)ning elementi deb hisoblanadi. «Element» va «kichik sistema» tushunchalarini keskin farqlash kerak. Element sistemaning bir qismi bo’lib, unga bo’laklarga mutlaqo bo’linmaydigan ob’ekt, bo’linmaslik ramzi sifatida qaraladi. Lekin, umuman olganda, element ham bo’laklarga bo’linadi, ammo ushbu o’rganayotgan aniq sistemamiz uchun uni mutlaqo bo’linmas deb qabul qilamiz. Kichik sistema sistemaning bir qismi bo’lib, unda oraliq holatni egallaydi, ya’ni u sistemadan kichik, elementdan esa katta ko’pdan-ko’p elementlar yig’indisidan iborat. «Komponent», «kichik sistema» va «element» tushunchalari sistema to’g’risidagi mumkin bo’lgan turli tasavvurlarning asosi bo’lib, ularning tarifi 2 paragrafda beriladi. Kichik sistema va elementlar xususiyatlarining majmuiga sistemaning asosi deb qaraladigan bo’lsa, sistemani barpo etuvchi elementlar xususiyatlarida sistemada uchramaydigan o’ziga xos tomon mavjud bo’ladi. Bunday xususiyat emerjent yoki o’ziga xos sistemali (integral) xususiyat deb atalib, uni elementlar xususiyatidan biron-bir tahlil yordamida ajratib bo’lmaydi. Masalan, samolyotni sistema deb qarasak, uning mustaqil ucha olish qobiliyati emerjent xususiyatini bildiradi. Samolyotning element(qism)lari alohida-alohida olinganda uchish xususiyatiga ega bo’la olmaydi, shu sababli ularni ayrim-ayrim o’rganish orqali uning uchish qobiliyatini anglatuvchi ma’lumotlarni to’plab bo’lmaydi. Emerjent xususiyat sistemaning yaxlitligini bildiradi. Bunday yaxlitlik uning hamma elementlarining o’zaro bog’liqligi va butunligi bilan tavsiflanadi. Elementlarning o’zaro bog’liqligi va munosabatlari yig’indisi sistema strukturasi deb ataladi. Aynan sistemaning emerjent xususiyatini belgilaydi. Sistemada emerjent xususiyatlarning mavjudligi fanda va ishlab chiqarishda ko’pgina masalalarni echishda muhim rol o’ynaydi, ayniqsa sistemali-strukturaviy yondoshishning yuzaga kelishi va keng tarqalishi sistema xususiyatlarini o’rganishda qo’l keladi. Download 203.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling