3-ma’ruza zamburug`lar. Suv o’tlar


Ayrim zamburug’larning kimyoviy tarkibi, oziqaviy qiymati va o‘stirish usullari


Download 123.16 Kb.
bet3/5
Sana09.01.2022
Hajmi123.16 Kb.
#267145
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MA’RUZA.pptx-oxirgi.

Ayrim zamburug’larning kimyoviy tarkibi, oziqaviy qiymati va o‘stirish usullari.

Iste’mol qo‘ziqorini nafaqat foydali, ma’zali oziqaviy mahsulot, Shuningdek oziqaviy qiymati ham yuqoridir. Ma’lumki, insonlar oziqasida oqsillar, uglevodlar, turli mineral tuzlar va vitaminlar ham muximdir. Bu moddlarning barchasi iste’mol zamburug‘larida mavjud. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra iste’mol zamburug‘lari o‘simlik mahsulotlaridan tubdan farq qiladi.

Ularda o‘simlik kraxmali mavjud emas. Uglevodlar guruxidan qo‘ziqorinlarda shirin ta’m beruvchi glikogen va qandlar ishtirok etadi. Qo‘ziqorinlar tarkibiga azotli moddalar oqsil birikmalari kiradi. Azotli asoslar ularning tarkibida go‘sht, tuxum,noxat, arpaga nisbatan ko‘proqdir. Qo‘ziqorinlarning ba’zi turlari oqsilga boy ba’zilarining tarkibida kam miqdorda. Oqsil moddalar qo‘ziqorinlarning sallasida tanasiga nisbatan miqdori ko‘proq bo‘ladi.

Ularning tarkibida yog‘larning miqdori 1 -6%ni tashkil etadi. Ularning tarkibiga inson uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan komponentlar letsitin, provitamin D, Shuningdek yog‘ kislotlar kiradi. Bu moddalar organizm tomonidan ya’shi o‘zlashtiriladi. Qo‘ziqorinlar ularga o‘ziga hos ta’m va xid beruvchi ekstraktiv moddalar va ovqatning yaxshi o‘zlashtirilishi va xazm bo‘lishiniga yordam beruvchi moddalarga boy.

Deyarli barcha iste’mol qo‘ziqorinlar tarkibida B, B1, B2, C, D, va PP vitaminlari tutadi. Aniqlanishicha qo‘ziqorinlarda B1 vitamini miqdori donli mahsulotlardan kam emas. RR vitamini miqdoriularda achitqi, jigaraning tarkibidagi kabi. D vitamini saryog‘ tarkibidan kam emas.

Shampinonlarni o‘stirish texnologik jarayoni to‘rtta bosqichdan iborat:

-substrat (kompost) tayyorlash ;

-qoplash materialini tayyorlash;

-ekish materialini o‘stirish;

-shampinon kulturasini o‘stirish




Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling