3-Mavzi;Muskul sistemasi. Muskullarning rivojlanishi. Reja


Download 177.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi177.15 Kb.
#1832242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Maruza

Muskullarning charchashi. Charchash deb, alohida organ yoki butun organizm yohud to‘qimaning 
faoliyatidan so‘ng ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam olishdan so‘ng 
charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning charchashi ergografda tekshiriladi. 
Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda yoki birorta jismoniy ish 
bajarganda charchaydi. Muskul charchaganda uning qisqarishidagi latent davr uzayadi, kuchi 
susayadi, ta’sirga javob reaksiyasi tszligi pasayadi, organizmning chidamliligi kamayadi. Bola 
qancha yosh bo‘lsa, shuncha tez charchaydi, ayniqsa bir turli muskullar tez charchab qoladi. Bolalar 
harakatsiz turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchoqlikning 
boshlanishida markaziy nerv sistemasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Adinomiya, ya’ni kamharakatlik va muskullarning kam harakatlanishi ichki organlariing 
rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. 6-7 yashar bolalar aniqlikni talab qiladigan va qarshilikni 
yengadigan harakatlar qilmaganidan charchamaganga o‘xshaydi. 7-8 yashar bolalarning mayda 
muskullari yetarlicha uyg‘un qisqarmaydi, aniq, mayda, nozik harakatlarni juda qiyinlik bilan 
bajaradi, binobarin, yozish, rasm chizishda, nina bilan ishlashda darrov charchab qoladi. Bunday 
bolalar katta odamga nisbatan ko‘p harakat qiladi, lekin kam energiya sarflaydi. 7-12 yashar bolalar 
ham harakatlari uyg‘unlashmaganidan tez charchaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar ko‘pi 
bilan 40-45 minut jismoniy mashq qilishi kerak. 11-12 yashar bolalar endi jismoniy kuch va 
chidamlilikni talab qiluvchi harakatlarni bajara boshlaydi. 14 yashar bolalarning nerv sistemasi va 
harakat apparati organlari hali yetarli rivojlanmagan bo‘ladi, shu tufayli katta odamga nisbatan 2,5 
marta, 16 yashar bolalar 2 marta tez charchaydi. 


Turli xil jismoniy mashg‘ulotlarii olib borishda, maktab oldi uchastkasi va ishlab chiqarish 
praktikasida yuqoridagilarni hisobga olish zarur. Shuning uchun bolalar gimnastika bilan 
shug‘ullanganda, mehnat qilganda tez-tez dam berish, ish sur’ati va turiii va bola o‘z holatini 
o‘zgartirib turishi kerak. 
Skeletning xarakat funksiyasi muskullar qisqarishi tufayli vujudga keladi. Odam organizmida 600 
yaqin muskullar bor. Skelet muskullarining qisqarishi odamning ixtiyoriga bog‘liq. Skelet 
muskullari qisqarganda muskullardagi retseptorlardan markazga intiluvchi impul’slar markaziy nerv 
sistemasiga keladi. Natijada skelet muskullarining koordinatiyalashgan xarakati vujudga keladi. 
Organizmdagi barcha muskullar ikki turga: silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullarga bo‘linadi. 
Ko‘ndalang targ‘il qisqarishi. Skeletni qoplab turgan muskullarning ko‘ndalang targil muskullar 
deb ataladi. Ularga qo‘l, oyoq, gavda, nafas olish muskullari kiradi. Ular tez qisqaradi. 
Organizmdagi muskullarning qisqaruvchi qismi tanasi va passiv qismi – paylari bor. Skelet 
muskullari shakliga qarab uzun, kalta, serbar bo‘ladi. Uzun muskullar duk shaklida bo‘lib, qo‘l va 
oyoqda joylashgan. Skelet muskullari organizmda ma’lum shakl berib turadi. 
Skelet muskullari nerv tolasidan kelayotgan qo‘zg‘alish impul’si qisqarish bilan javob beradi. 
Muskulga bitta qisqarish kelsa yakka qisqarish ro‘y beradi. Organizmdagi muskullarning qisqarishi 
yakka qisqarishlar yig‘indisidan asbob yozib olishi mumkin. Muskullarga markaziy nerv 
sistemasidan doimo impul’slar uzoq qisqarib turadi. Muskullar bu impul’slarga uzoq qisqarib 
muskulning shu tetonik qisqarish yoki tetanus deb ataladi. Tetanus ikki xil bo‘ladi: tishchali va 
silliq tetanus. 
Muskulning ishi kilogramometrlar bilan o‘lchanadi, ya’ni yuqoriga ko‘tarilgan yuk og‘irligini, 
ko‘tarilish balandligi ko‘paytmasi bilan o‘lchanadi. Muskullar statik va dinamik ish bajaradi. 
Muskullarning uzoq vaqt qisqarmasdan tura olishi statik ish hisoblanadi. Dinamik ishda muskullar 
yuk ko‘taradi. Statik holatga tik turish kiradi. Muskullar statik ishda dinamik ishga nisbatan kam ish 
sarflaydi. Dinamik ishda ko‘p energiya sarf bo‘ladi, modda almashinuvi ortadi. Dinamik ishda 
muskullar kamroq charchaydi. Statak ishda muskulga qon kelishi kamayadi, ovqatlanish susayadi. 
Muskullarni ish qobilyatini o‘lchash uchun ergograf asbobi qo‘llaniladi. Bolaning 6-7 yoshidan 
boshlab muskulning kuchi orta boradi, 8-9 yoshda muskul kuchining ortishi ancha tez bo‘ladi. 
Muskullar ish vaqtida yoki statik hollarda uzoq muddat qisqarib turishi yoki birorta jismoniy ish 
bajarganda charchaydi. Bolaning yoshi qancha kichik bo‘lsa, u shuncha tez va oson charchaydi
ayniqsa, bir turli muskul faoliyatida, harakatsiz holatda kattalarga nisbatan tez charchaydi. 
Muskullar charchashining boshlanishida markaziy nerv sistemasining hal qiluvchi rol o‘ynashini 


Sechanov I.M., Pavlov., Vvedenskiy N.E. va A.A. Uxtomskiylar o‘z tekshirish ishlarida ko‘rsatib 
berdilar. 7-8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mayda muskullarni qisqarishining koordinatsiyasi yetarli 
bo‘lmaganligi 
sababli ular aniq
, mayda va nozik harakatlarni juda qiyinlik Bilan amalga oshiradilar. 
Shuning 
uchun 
ular 
tez 
charchaydilar. 
7-12 
yoshli 
bolalarda 
harakatlarning 
koordinatsiyalashmaganligi tufayli tez charchash vujudga keladi. Shuning uchun jismoniy tarbiya 
40-45 minutdan ortmasligi kerak. 7-8 yoshli bolalar katta odamga nisbatan ko‘p mayda harakatlarni 
bajaradilar, lekin kam energiya sarf qiladilar. 14 yoshli bolalarda nerv sistemasi va harakat apparati 
yetarli rivojlanmaganligi tufayli katta odamga nisbatan 2:5 marta, 16 yoshda 2 marta ortiq 
charchash vujudga keladi. Bu ma’lumotlar turli xil jismoniy mashg‘ulotlarni olib borishda, maktab 
oldi yer uchastkasida, ishlab chiqarishda e’tiborga olinishi kerak. 
Jismoniy mexnat davrida ish xolatini, tempini, pozasini o‘zgartirish, tez-tez dam berish, ijobiy 
emotsional xolatini vujudga keltirish kerak. 7-8 yoshli bolalarda muskularning aniq, noziq 
xaraqatlarni bajarish qobilyatiga ega bo‘lgan chaqqonlik bo‘lmaydi. Bunday chaqqonlik asta – sekin 
paydo bo‘ladi. Jismoniy mashqlar xarakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan biri 
hisoblanadi. 30 yoshdan so‘ng muskullar qisqarishining yashirin davri uzayadi, xarakat tezligi 
kamayadi. Chapaqay bolalarda chap tomondagi gruppa muskullarni maksimal chastotasi o‘ng 
tomondagi shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha xarakat 
tempi 1,5 martaga ortadi. O‘smirlarda balog‘atga yetish davrida muskullarning kuchi tez ortadi. 
Bolaning 6-7 yoshida yozuvchi muskullar kuchi bukuvchi muskullar kuchiga nisbatan ortiq bo‘ladi. 
Bunga sabab o‘ng qo‘l ko‘p qon bilan ta’minlanadi. 8 – 10 yoshda o‘g‘il bolalar o‘ng qo‘lining 
kuchi qiz bolalardan 1-3kg. ortiq, 13 yoshda 7 kg., 16 yoshda 15 kg., 19 yoshda 17,5 kg., 22 yoshda 
18 kg teng. Chidamlilik ma’lum gruppa muskullarni ish qobilyatini uzoqroq saqlash, o‘ziga xoslilik 
bilan xarakterlanadi. Yosh ortgan sayin dinamik ishga chidamlilik ortib boradi. Chidamlilik 12 – 15 
yoshda o‘g‘il bolalarda ancha ortadi. 

Download 177.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling