3-Mavzu: Akmeologiyaning vazifalari. Mavzu rejasi
III.3. Individga oid, shaxsiy va sub’ektga oid rivojlanishda odamlar tomonidan erishiladigan mikro va makroakmelarni aniqlash
Download 26.5 Kb.
|
Akmeologiyaning vazifalari
III.3. Individga oid, shaxsiy va sub’ektga oid rivojlanishda odamlar tomonidan erishiladigan mikro va makroakmelarni aniqlash
Akmeologiya hal etishi lozim bo‘lgan keyingi vazifa, insonda maktabgacha bo‘lgan yoshda, o‘spirinlik va o‘smirlik yillarida shakllanishi lozim bo‘lgan xislatlarni aniqlashdan iborat, bundan maqsad esa u o‘zini еtuklik pallasida barcha munosabatlarda muvaffaqiyatli namoyon qila olishidir. Shu bilan birga, garchi insonning еtuklik pillapoyasida kuzatiladigan individ, shaxs va faoliyat sub’ekti sifatidagi xususiyatlari doimo uning rivojlanishning avvalgi pillapoyalaridagi xususiyatlari bilan sababiy-oqibatga oid bog‘lanishlar bilan bog‘langan bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida birinchilari, ikkinchilari va uchinchilari ham doimo insonning hayoti kechgan umumiy va shaxsiy vaziyatlariga bog‘liq bo‘lib qoladi. Insonda individga, shaxsga va sub’ektga oid xususiyatlarning namoyon bo‘lish tabiati va darajasini еtuklik pillapoyasining jamiki davomiyligida zichlangan tekislik ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin emasligi haqida yuqorida gapirib o‘tilgan. Ushbu pillapoyani bosib o‘tar ekan, inson parvoz va tushkunlik holatlarini boshidan kechiradi. Bu salomatlik holatiga ham, uning shaxsiy xususiyatlariga ham, va u o‘zini faoliyatning turli ko‘rinishlarida namoyon qilishiga ham tegishli. Ko‘pincha katta yoshli inson organizmida tashqi tomondan sezilmaydigan, sekin yuz beradigan, uning atrofdagi voqelikni va undagi o‘z o‘rnini tafakkur qilishida sodir bo‘ladigan, muloqot tajribasini orttirish va faoliyat yuritish jarayonida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, uning jismoniy holati, harakatlarining ijtimoiy ahamiyati, faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlarida ko‘p yoki kam darajadagi ko‘tarilishlar yuz berishiga sabab bo‘ladi. Ayrim odamlarda individga, shaxsga, sub’ekt-faoliyatga oid xususiyatlari bir nechta, boshqalarda esa faqat bittagina bo‘lishi mumkin. Va ularda inson uchun fuqarolik, mehnat qobiliyati, insonparvarlikning yuqori darajasiga erishilganligi ifodalanadi. Ushbu har bir inson uchun еtukligining qaysidir vaqtga oid bo‘lagiga mos keluvchi rivojlanish darajasi uning “akme”si, u erishgan cho‘qqi hisoblanadi. U erishgan bu “cho‘qqi” qanchalik yuqori bo‘lishi, u qanchalik ko‘p qirrali va boy bo‘lishi, uning o‘z akmesiga erishishdagi harakatlari natijalari qanchalik ulkan va yangilikka oid bo‘lishi, bu albatta, inson o‘z “akme”siga qadar bosib o‘tgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy yo‘lga, u еtuklikka erishgan davrida tushib qolgan ijtimoiy-psixologik vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Biroq, kamroq darajada uning “akme”sining miqdoriy-sifatga oid ko‘rsatkichlar, insonda qanday dunyoqarash hosil bo‘lganligi, qay darajadagi umumiy va maxsus intellekt shakllanganligi, qanday ma’naviy asos vujudga kelganligi va ijodkor qobiliyati qay tarzda rivojlanishiga qarab belgilanadi. Odamlar bir-biridan nomuvofiq vaziyatlarga qarshi tura olish va ularga qarshi chiqqan holda o‘z niyatlarini amalga oshirish ko‘nikmasi bilan farq qiladilar. Ularning o‘zini namoyon qilishning muayyan sharoitlarini e’tiborga olgan holda baholanuvchi “akme”si doimo ular individ sifatida, shaxs va faoliyat sub’ekti sifatida nimaga arzishini (munosibligini) ko‘rsatadi. Yuqorida aytib o‘tilganlar bizga akmeologiya hal etishi lozim bo‘lgan vazifalarning keyingi guruhini ochib beradi: bu akme hodisasini ilmiy jihatdan yoritib berish, turli odamlardagi umumiy va farq qiluvchi jihatlarni ob’ektivlashtirish, akmening sifat va miqdorga oid xususiyatlarini belgilab beruvchi omillar harakatini kuzatish. Oxirgisi inson tomonidan to‘laqonli ravishda akmega erishish va uning amalga oshishi uchun zarur bo‘lgan qonuniyatlar va mexanizmlarni ochib berishning muhimligini anglatadi. Download 26.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling